2. Metallurgiya sanoati chiqindilarini qurilish materiallari ishlab
chiqarishdagi nazariy asoslari
Shlaklarga xom ashyo sifatida baho berilganda, qurilish materiallari uchun
muhim xarakteristika bo‘lib ularning kimyoviy tarkibidagi asosiy va nordon
oksidlarning miqdorlarini o‘zaro nisbati hisoblanadi - ya’ni, asoslanma moduli:
M
o
-(SaO+ MgO)/(SiO
2
+ Al
2
O
3
),
M
0
>1 bo‘lsa, Shlaklar asosiyga tegishli;
M
0
<1 bo‘lsa nordonga.
Shlak eritmalarining kimyoviy tarkibi, ularning fizik xossalariga, tuzilishiga,
qotishmalari va qotib bo‘lgan Shlaklarning xususiyatiga bevosita ta’sir etadi.
Shlaklar tarkibda kalsiy oksidini ko‘payishi Shlaklarda erish haroratini
oshirishni va oquvchanlik xususiyatini pasayishini taqazo etadi.
Shlak tarkibiga kirgan oksidlar turli xil minerallarni hosil qiladi. Oksid
sistemasi yaratishga mos diagramma taxlil qilingandagi natijadan ma’lumki,
Shlaklarda qirqqa yaqin ikkilik va uchlik birikmalar mavjudligi aniqlangan, bunda
silikatlar, aminosilikatlar, alyuminatlar va ferritlar yetakchi o‘rinni egallaydilar.
Qariyb hamma metallurgiya Shlaklarida u yoki bu qiymatda kristallangan
mahsulotlar bilan birga shisha sifatidagi faza bo‘ladi.
Ag‘darilgan va sekin qotirilgan asosiy Shlaklarda, shisha miqdori ortiq
emas, biroq domna Shlaklarida bu miqdor 98% ga etadi. Shisha termodinamikli
turg‘un bo‘lmagan fazadir, u ma’lum darajada Shlakni kimyoviy aktivligini
aniqlaydi. Ma’lum bo‘lishicha, Shlakli shishalar suv bilan o‘zaro ta’siri minerallar
kristalliga nisbatan anchagina shiddatliroq o‘tadi.
Qurilish materiallari ishlab chiqarishda barcha turdagi metallurgiya Shlaklari
ichida domna Shlaklari anchagina keng qo‘lamda qo‘llaniladi, Shlakni umumiy
balansini ilg‘or darajada ishlatilishiga asosan, ular tarkibining sement korishmasiga
yaqinligi, gaz sovitish jarayonida gidravlik aktivlikka ega bo‘lishi va boshqalar
sabab bo‘ladi. Domna Shlakining asosiy hajmi kesilgan va quyma po‘latlarni
eritishda olinadi. Domna Shlaklari flyuslarining (karbonat kalsiy va magniy), temir
rudasining bo‘sh turi va koks qumi bilan o‘zaro ta’siri mahsulotidir. Shlak
tarkibida temir rudasi va koks tarkibining farqi mamlakatning turli hududiga mos
va bog‘liq holda farqlanadi.
Rossiyaning markaziy tumanlari va janubiy metallurgiya zavodlari
chiqaradigan Shlaklar tarkibida A1
2
O
3
(6...10%) kam miqdorda va tarkibida SaO
(50% gacha) nisbatan ko‘p, shuningdek, sulfid oltingugurti 3...4%gacha etadi.
Ural va Kuznetsk metallurgiya havzalarida temir rudalar, alyuminiy oksidiga
boy va kam oltingugurtli koks; tarkibida A1
2
O
3
20%i gacha va sulfidli oltingugurt
1% gacha Shlaklar eritiladi.
Birinchi guruh Shlaki uchun M
0
>I, ikkinchi guruh uchun esa M0.<1
ko‘rinib turgan farq gidravlik aktivlik va boshqa xususiyatlaridandir. Umuman
olganda, asosiy Shlakli shisha nordonga nisbatan ancha katta gidravlik aktivlikka
ega.
Shlakning kimyoviy aktivligi sifat koeffitsienti K quyidagi formula
bilan aniqlanadi:
MgO 10% gacha tarkibida bo‘lganda:
K = CaO+Al
2
:O + MgO/SiO
2
+TIO2
MgO 10%dan yuqori bo‘lganda:
K = CaO + Al
2
O+10/SiO
2
+TiO
3
+(MgO-10)
Shlakli qayta ishlash usulining keng tarqalganini mohiyati
granulyasiya qilish ya’ni, keskinlik bilan suv, bug‘, havo yordamida Shlak eritmasi
sovitiladi, natijada shishasifat o‘lchami 10 mm gacha bo‘lgan donalar vujudga
keladi. Granulsiyani 2 usuli qo‘llaniladi: ho‘l va yarim quruq
Ho‘l granulyasiyada eritilgan Shlaklarni keskin qotishi ko‘pincha yod bilan
to‘ldirilgan temir-beton hovuzlarda hosil qilinadi. Ho‘l granulyasiya
hosil qilish qurilmasi murakkab emas, yuqori ishlab chiqarishga ega,
texnologik jarayonni bajarish uchun ko‘p mablag‘ sarf qilinmaydi. Biroq ho‘l
granulyasiya yuqori namlikka ega (10..30%), bu esa qish mavsumida muzlashga
olib keladi, transportga ortish bahosi ko‘tariladi, ma’lum darajada sarf-xarajat
qilib isitib quritish sharti kelib chiqadi. Yarim quruq granulyasiya ancha
effektli, Shlaklarni kombinatsiyalangan usulda qotirishga asoslangan: avval suv
bilan, keyin havoda. Granullangan Shlakning oxirgi namligi 4-7% ga etadi.
Asosan domna Shlaki granullanadi. Granullangan domna Shlaklarining
asosiy miqdori Shlak-portlandsement ishlab chiqarishga yuboriladi. Ularni
mahalliy klinkersiz bog‘lovchi, Shlak ishqorli beton, mineral paxta, Shlaksitalli
mahsulotlarni olishda va sementli, asfaltli betonlarni to‘ldiruvchisi sifatida
foydalaniladi.
MDX da po‘lat eritishdan chiqqan Shlaklarning 60% dan ko‘pi marten, 35%
dan ko‘pi konverter ishlab chiqarilishi jarayonida olinadi. Po‘lat eritishdagi
Shlaklarning 30%i qayta ishlanadi, shuningdek ferro eritishdagi ishlab
chiqarishda Shlakning asosan chaqiqtosh, Shlak unidan esa mineral o‘g‘it sifatida
foydalaniladi.
Rangli metallurgiya Shlakini hozircha ozgina qismidan sement ishlab
chiqarishda temirsimon to‘ldiruvchi (komponent) va aktiv mineral qo‘shimcha
sifatida, shuningdek mineral paxta va quyma mahsulot ishlab chiqarishda
foydalaniladi.
1>1> Do'stlaringiz bilan baham: |