Uyaning tag qismini tozalash. Bu ish hamma arixonalar va arizorlarda bajarilishi shart, chunki uya tag qismidagi iflosliklar, o'lgan arilarning chirishi natijasida qo'lansa hid chiqadi, bu esa arilarni bezovtalantiradi. Bundan tashqari yuqumli kasallikdan o'lganlari bo'lsa, kasallik tarqalib ketishi mumkin.
Arixonadagi uyalaming tagi alohida olinadigan bo'lsa, tozalash ancha qulay bo'ladi. Buning uchun oldin 10-15 ta shunday uya tag qismlari tayyorlab qo'yiladi. Teshikcha orqali 2-3 marta tutun kiritilib, so'ngra uyaning ustki qismlari olib qo'yiladi va tag qism- lar asalarichilar uychasiga, vagoncha yoki chodir ichiga olib kirib o'sha yerda tozalanadi. Ish shunday holida bajarilsa, unumli bo'ladi.
Ariboqilayotgan uyalaming tag qismi alohida ajralmaydigan bo'lsa, u holda tozalash ishlarini bahorgi taftish o'tkazish vaqtigacha qoldirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |