Hududiy boʻlinishi
1
|
Arnasoy tumani
|
Gʻoliblar
|
2
|
Baxmal tumani
|
Usmat
|
3
|
Doʻstlik tumani
|
Doʻstlik (shahar)
|
4
|
Forish tumani
|
Yangiqishloq
|
5
|
Gʻallaorol tumani
|
Gʻallaorol
|
6
|
Sharof Rashidov tumani
|
Uchtepa (qishloq)
|
7
|
Mirzachoʻl tumani
|
Gagarin
|
8
|
Paxtakor tumani
|
Paxtakor (shahar)
|
9
|
Yangiobod tumani
|
Balandchaqir
|
10
|
Zomin tumani
|
Zomin
|
11
|
Zafarobod tumani
|
Zafarobod
|
12
|
Zarbdor tumani
|
Zarbdor
|
Sanoati
Hozirgi Jizzax viloyati qadimdan Buyuk ipak yoʻlida joylashganligi bu xududda savdo madaniyatining tez rivojlanishiga taʼsir etdi. Ilk oʻrta asrlarda jahon bozorida Jizzaxda jun va teridan tayyorlangan mahsulotlarga talab katta boʻlgan. 8—9-asrlarda kulollik, zargarlik, aravasozlik kabi mahallalarining mavjudligi milliy hunarmandchilikning oʻsha davrlarda rivojlanganligidan darak beradi.
Viloyatdagi ishlab chiqarish sanoat tarmoqlarini hududiy jihatdan Jizzax, Gʻalla-orol, Dashtobod, Doʻstlik shaharlaridagi sanoat tarmoqlariga ajratish mumkin. Bular foydali qazilmalarni qazib chiqarish, paxtachilik va irrigatsiya bilan bogʻliq boʻlgan tarmoqlar, paxtani qayta ishlash, elektrotexnika sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, kimyo, yengil sanoat (ip yigiruv, paypoq toʻqish, ustki trikotaj fabrikalari), oziq-ovqat sanoatidir. Viloyatda qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqaruvchi korxonalarning salmogʻi sezilarli. Shulardan Dashtobod qurilish materiallari, Zomin oniks, Baxmal marmar, gʻisht zavodlari, Dashtobod, Doʻstlik un kombinatlari, Jizzax mebel fabrikasi ishlab turibdi. Jizzax viloyatida konchilik tarmogʻi ham rivojlangan. Marjon buloq oltin koni, Qoʻytoshdagi ohak, vollastonit, volfram, Koʻtarmada ohak, Uchqulochda qoʻrgʻoshin konlari faoliyat koʻrsatmoqda. 1991 — 2001-yillar davomida Jizzax viloyatida jahon andozasi darajasidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy qoʻshma korxonalar tashkil qilindi. Viloyatda qoʻshma, kichik va xususiy korxonalar mavjud. Qoʻshma korxonalarda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining salmogʻi tobora ortib bormoqda. „Jibri“ (Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya) qoʻshma korxonasi-yiliga 50 ming t chigitni qayta ishlab oʻsimlik yogʻi ishlab chiqaradi, „Kumush tola“ (Oʻzbekiston—Tojikiston) qoʻshma korxonasi-yiliga 80 t dan ziyod ipak tolasini tayyorlaydi, „Paxta interneyshnl“ (Oʻzbekiston—Suriya) qoʻshma korxonasi-yiliga 10 ming t lintdan sellyuloza ishlab chiqarish quvvatiga ega, „Baxmalsharob“ (Oʻzbekiston—Polsha) qoʻshma korxonasida mineral suvi qadoqlanadi. Shuningdek, paxta tolasidan eshilgan ip tayyorlovchi „Irjartekstil“ (Oʻzbekiston—Pokiston), yogʻ-moy va sovun ishlab chiqaruvchi „Madina“ (Oʻzbekiston—Xitoy), „Jizzax—Telekom“ (Oʻzbekiston —Indoneziya), Qoʻytosh shaharchasida „Vollastonit“ ishlab chiqarish sexi (Oʻzbekiston—Rossiya), sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi „Vostok LTD“, „Belogorsk“ qoʻshma korxonalarining hissasi sezilarlidir.-yiliga 1 mln. dona akkumulyator tayyorlovchi „Oʻzeksayd“ qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi (2002). „Zilolateks“ aksiyadorlik jamiyatida 250 t nitron matosi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |