Matematika, 5-sinf. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun.
Ushbu qo`llanma matematika fanini endi boshlaganlar uchun mo’ljallangan. Ayniqsa majburiy fan matematikaga tayyorlanuvchilar uchun yaxshi qo’llanma hisoblanadi. Qolgan qismi tez orada tayyor bo’ladi.
Qo`llanma umumta`lim maktab o`quvchilari, akademik litsey, kasb-hunar kolleji talabalari, abituriyentlar va repetitorlar uchun mo`ljallangan.
Repetitor kursi va qo`llanma yuzasidan taklif va mulohazalar uchun: Telefon: +99893-829-99-46 (Telegramdan murojaat qiling.)
O’qilishi
|
Yozilishi
|
O’n Yuz Ming
O’n ming Yuz ming Million O’n million Yuz million Milliard
O’n milliard
Yuz milliard
|
10
|
100
|
1 000
|
10 000
|
100 000
|
1 000 000
|
10 000 000
|
100 000 000
|
1 000 000 000
|
10 000 000 000
|
100 000 000 000
|
Sanoqda ishlatiladigan sonlar natural sonlar deb ataladi;
Eng kichik natural son 1;
Eng katta natural son mavjud emas;
Natural sonlar qatori cheksiz;
0 natural son emas;
Natural sonlar to’plami N harfi bilan Belgilanadi.
misol: Quyidagi sonni o’qing: 1234567890
Yechim:
Sinflar nomi
|
milliardlar
|
millionlar
|
minglar
|
birlar
|
Sinf xonalari nomi
Son
|
Yuzlar
|
O'nlar
|
Birlar
|
Yuzlar
|
O'nlar
|
Birlar
|
Yuzlar
|
O'nlar
|
Birlar
|
Yuzlar
|
O'nlar
|
Birlar
|
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
0
|
O’qilishi: 1 milliard 234 million 567 ming 890.
misol: Quyidagi sonlarni raqamlarda yozing:
Olti yuz ellik milliard besh yuz million ikki yuz uch ming yetti.
Yechim: 650 ∗ 1 000 000 000 + 500 ∗ 1 000 000 + 203 ∗ 1 000 + 7 = 650500203007
1. Quyidagi sonlarni
|
o’qing:
|
|
a) 125454511
b) 4557568
|
|
d) 10242012
e) 90240240
|
g) 26801549
h) 24501
|
c) 567864534
|
|
f) 6720442
|
i) 8240152
|
2. Quyidagi sonlarni raqamlarda yozing:
o‘n uch ming olti yuz oltmish ikki;
yigirma uch million yetmish ikki ming o‘ttiz to‘rt;
ikki milliard besh yuz uch ming oltmish bir;
yetti yuz sakson milliard to‘rt yuz million bir yuz yeti ming olti;
to'rt million uch yuz ikki ming yetti;
olti milliard uch million sakson besh;
o'n bir million ikki ming olti;
sakson bir milliard ikki million sakkiz;
oltmish to'rt milliard ellik to'rt million sakson sakkiz.
Bir to’g’ri chiziqda yotmagan uchta nuqta va uchlari shu nuqtada bo’lgan uchta kesmadan yasalgan figuraga uchburchak deb ataladi;
Uchburchak, toʻrtburchak, beshburchak va hokazo shakllar umumiy nom bilan koʻpburchak deb ham ataladi;
Ko’pburchaklarning peremetrini topish uchun uning tomonlari qo’shiladi.
𝟏 𝐜𝐦 = 𝟏𝟎 𝐦𝐦
|
𝟏 𝐤𝐦
|
=
|
𝟏 𝟎𝟎𝟎 𝐦
|
𝟏 𝐝𝐦 = 𝟏𝟎 𝐜𝐦
|
𝟏 𝐤𝐦
|
=
|
𝟏𝟎 𝟎𝟎𝟎 𝐝𝐦
|
𝟏 𝐦 = 𝟏𝟎𝟎 𝐜𝐦
|
𝟏 𝐤𝐦
|
=
|
𝟏𝟎𝟎 𝟎𝟎𝟎 𝐜𝐦
|
𝟏 𝐦 = 𝟏𝟎 𝐝𝐦
|
𝟏 𝐝𝐦
|
=
|
𝟏𝟎𝟎 𝐦𝐦
|
Mavzu yuzasidan misollar:
Rasmda tasvirlangan AB kesma uzunligini toping.
AB kesma uzunligini chizg‘ich yordamida o‘lchab natijani tekshiring.
AB kesmani C va D nuqtalar ketma-ket kelgan AC, CD va DB qismlarga ajratadi. Agar AC kesmaning uzunligi 21 mm, CD kesma AC kesmadan 6 mm uzun, DB kesma esa CD dan 7 mm qisqa bo‘lsa, AB kesmaning uzunligini toping.
a) 10 santimetr necha millimetr?
b) 5 detsimetr necha millimetr?
6 metr necha detsimetr?
2 kilometr necha millimetr?
AB kesmani C va D nuqtalar ketma-ket kelgan AC, CD va DB qismlarga ajratadi. Agar AC kesma uzunligi 34 mm, CD kesma AC kesmadan 12 mm qisqa, DB kesma esa AD dan 25 mm qisqa bo‘lsa, AB kesma uzunligini toping.
Millimetrda ifodalang:
a) 5 sm 9 mm; b) 4 dm 6 sm 7 mm; d) 9 dm 2 sm.
Santimetr va millimetrlarda ifodalang:
a) 438 mm; b) 907 mm; d) 223 mm; e) 768 mm.
ABC uchburchakda:
AB = 12 sm, BC = 32 sm, AC = 28 sm;
AB = 5 dm, BC = 3 dm, AC = 4 dm;
AB = 43 mm, BC = 5 sm, AC = 38 mm bo‘lsa, uning perimetrini toping.
8*. Ikki sonning yig‘indisi 2160 ga teng. Agar bu sonlarning ikkilangan yig‘indisiga ularning ayirmasi qo‘shilsa, 4680 hosil bo‘ladi. Shu sonlarni toping.
Tekislik geometriyaning asosiy tushunchalaridan biri. Geometriyada tekislik asosan ta’riflanmaydi;
Toʻgʻri chiziqning cheki (oxiri) yoʻq;
To’g’ri chiziq har ikki uchi tomonga cheksiz davom etadi;
Har qanday ikki nuqtadan faqat bitta toʻgʻri chiziq oʻtkazish mumkin;
Bir nuqtadan chiquvchi cheksiz davom etadigan shakl nur deb ataladi.
Mavzu yuzasidan misollar:
1. Rasmda tasvirlangan quyidagi shakllar o‘zaro kesishadimi?
AB va CD kesmalar;
BA va DC nurlar;
AB kesma va DC nur;
AB nur va CD kesma;
AB to‘g‘ri chiziq va DC nur;
AB to‘g‘ri chiziq va CD to‘g‘ri chiziq.
2*. Birinchi brigada yo‘lning 4,7 km ni asfalt qildi. Bu ikkinchi brigada asfalt qilgan yo‘ldan 1,4 km kam. Uchinchi brigada esa birinchi va ikkinchi brigada birgalikda asfalt qilgan yo‘ldan 2,4 km ko‘proq yo‘lni asfalt qilgan bo‘lsa, uchala brigada birgalikda necha km yo‘lni asfalt qilgan?
Matematika tarixiga oid lavhalar.
Angliyada uzoq yillar uzunlik o‘lchov birliklari sifatida duym va fut qo‘llanilgan. 1 duym taxminan 25 mm ga teng bo‘lib, uning nomi inglizcha «bosh barmoq bo‘g‘ini» nomidan olingan. Fut esa «tovon» nomidan kelib chiqqan va taxminan 30 sm 5 mm ga teng deb olingan: 1 fut = 12 duym.
Hozirda ham bu o‘lchov birliklari ayrim hollarda ishlatiladi. Masalan, televizor, kompyuter, noutbuk, qo‘l telefoni, smartfonlar monitori diagonalining o‘lchovi duymlarda o‘lchanadi.
Reykaga bitta boʻlmasining qiymati (uzunligi) 1 sm boʻlgan shkala tushirilgan deb aytishadi.
𝟏 𝒌𝒈 = 𝟏 𝟎𝟎𝟎 𝒈 𝟏 𝒔𝒓 = 𝟏𝟎𝟎 𝟎𝟎𝟎 𝒈 𝟏 𝒕 = 𝟏𝟎𝟎 𝒔𝒓
𝟏 𝒔𝒓 = 𝟏𝟎𝟎 𝒌𝒈 𝟏 𝒕 = 𝟏 𝟎𝟎𝟎 𝒌𝒈 𝟏 𝒕 = 𝟏 𝟎𝟎𝟎 𝟎𝟎𝟎 𝒈
Do'stlaringiz bilan baham: |