Mavzu yuzasidan misollar:
Yuzi: a) 1 𝑐𝑚2; b) 1 𝑑𝑚2; d) 1 𝑚2; e) 1 𝑎𝑟; f) 1 ℎ𝑎 bo‘lgan kvadrat tomonining uzunligi qancha bo‘ladi?
Rasmda hovli sxemasi tasvirlangan. Undan foydalanib, hovli yuzini toping.
To‘g‘ri to‘rtburchakning eni 45 dm 8 cm, bo‘yi esa enidan 2 marta uzun bo‘lsa, uning yuzini toping.
Rasmdagi uchburchak yuzini hisoblash formulasini yozing. Undan foydalanib, qolgan uchburchaklarning yuzini toping.
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning sirti 6 ta to‘g‘ri to‘rtburchakdan iborat.
To‘g‘ri burchakli parallelepiped yoqlarining tomonlari parallelepipedning qirralari, uchlari esa parallelepipedning uchlari deb ataladi.
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning 8 ta uchi, 12 ta qirrasi va 6 ta yog‘i bor.
Hamma qirralari teng bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped kub deb ataladi.
O‘lchamlari 𝑎, 𝑏 va 𝑐 bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped sirtining yuzi:
𝑆 = 2(𝑎𝑏 + 𝑏𝑐 + 𝑎𝑐)
Qirrasi a bo‘lgan kub sirtining yuzi esa:
𝑆 = 6 ∙ 𝑎2
Mavzu yuzasidan misollar:
Eni 24 cm, bo‘yi 32 cm va balandligi 18 cm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepipedning qirralari simdan yasaldi. Buning uchun qancha sim ishlatilgan?
Qirrasi 3 dm bo‘lgan yog‘och kub sirti qizil rangga bo‘yaldi . Shundan so‘ng u qirrasi
1 dm bo‘lgan kubchalarga bo‘lib arralandi.
Natijada nechta kubcha hosil bo‘ldi?
Ular orasida nechtasining bir yog‘i, nechtasining ikki yog‘i va nechtasining uchta yog‘i bo‘yalgan bo‘ladi? Hech bir yog‘i bo‘yalmagan kubchalar ham hosil bo‘ladimi?
Qirrasi 𝑎 ga teng bo‘lgan kub qirralari uzunliklari yig‘indisini hisoblash formulasini yozing.
Rangli qog‘ozning o‘lchamlari 12 cm va 7 cm. Bu qog‘oz eni 4 cm, bo‘yi 6 cm va balandligi 2 cm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepipedni yelimlab qoplash uchun yetarli bo‘ladimi?
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning o‘lchamlari: a) 3 cm, 6 cm va 7 cm;
b) 11 dm, 13 dm va 13 dm; d) 40 dm, 9 dm va 6 dm bo‘lsa, uning sirti yuzini toping.
O‘lchamlari 40 cm, 30 cm va 20 cm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi taxta bo‘lagi sirtini bo‘yash kerak. Agar 1 𝑑𝑚2 yuzani bo‘yash uchun 2 g bo‘yoq kerak bo‘lsa, parallelepiped sirtini bo‘yash uchun qancha bo‘yoq kerak bo‘ladi?
Birlik kub deb qirrasining uzunligi birlik kesmaga teng bo‘lgan kubga aytiladi.
Biror shaklning hajmini o‘lchash deganda, bu shaklga birlik kubdan nechtasini joylash mumkinligini aniqlashga aytiladi.
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning hajmi bo‘yi, eni va balandligi ko‘paytmasiga teng.
𝟏 𝒄𝒎𝟑 = 𝟏 𝟎𝟎𝟎 𝒎𝒎𝟑 𝟏 𝒎𝟑 = 𝟏 𝟎𝟎𝟎 𝟎𝟎𝟎 𝒄𝒎𝟐
𝟏 𝒅𝒎𝟑 = 𝟏 𝟎𝟎𝟎 𝒄𝒎𝟑 𝟏 𝒎𝟑 = 𝟏 𝟎𝟎𝟎 𝟎𝟎𝟎 𝟎𝟎𝟎 𝒎𝒎𝟑
𝟏 𝒅𝒎𝟑 = 𝟏 𝟎𝟎𝟎 𝟎𝟎𝟎 𝒎𝒎𝟑 𝟏 𝒌𝒎𝟑 = 𝟏 𝟎𝟎𝟎 𝟎𝟎𝟎 𝟎𝟎𝟎 𝒎𝟑
𝟏 𝒅𝒎𝟑 = 𝟏 𝒍𝒊𝒕𝒓 𝟏 𝒌𝒎𝟑 = 𝟏 𝟎𝟎𝟎 𝟎𝟎𝟎 𝟎𝟎𝟎 𝟎𝟎𝟎 𝒍
𝟏 𝒎𝟑 = 𝟏 𝟎𝟎𝟎 𝒅𝒎𝟑 𝟏 𝒌𝒎𝟑 = 𝟏 𝟎𝟎𝟎 𝟎𝟎𝟎 𝟎𝟎𝟎 𝟎𝟎𝟎 𝒅𝒎𝟑
𝟏 𝒎𝟑 = 𝟏 𝟎𝟎𝟎 𝒍𝒊𝒕𝒓
Do'stlaringiz bilan baham: |