O'zbekiston respublikasi Oliy va õrta maxsus ta'lim vazirligi
Oʻzbekiston Milliy Universiteti Jizzax Filiali 141-20 guruh talabasi Xudayboqov Jasurning Tarmoqlar iqtisodiyoti fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Topshiruvchi: Xudaybaqov Jasurbek
Qabul qildi: Azimov Yusuf
Mavzu: Zamonaviy iqtisodiyotda xizmatlarning o‘rni: mohiyati, klassifikasiyasi, xususiyatlar
REJA:
1. Xizmat kõrsatish sohasining rivojlanish yõnalishi.
2. Zamonaviy iqtisodda xizmatlar turi.
3. Moddiy mahsulotlar bilan bog'liq bõlmagan xizmatlar.
Iqtisodiyotni jadal va muvozanatli rivojlantirishni ta’minlash, chuqur tarkibiy tub o‘zgarishlarni, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya hamda diversifikatsiya qilishni davom ettirish muhim hisoblanadi bugungi kunda dolzaob masalardan biri hisoblanadi. Biznes yuritish uchun yanada qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega yuksak texnologik, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish zamon talabidir. Jahonda konsalting xizmatlarining turli yo‘nalishlarini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish, jumladan, mazkur xizmatning raqobatbardoshligini oshirish, tashkiliy-huquqiy shakllarini tarkib toptirish, iqtisodiy sub’ektlar yoki iqtisodiyot (“maslaxatchi-mijoz”) munosabatlari o‘rtasidagi vazifa va majburiatlarning tartibga solish, xizmatlarning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish kabi ilmiy-tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Konsalting xizmatlari sohasini rivojlantirish nuqtai nazaridan ushbu masalaning metodologik-uslubiy va amaliy jihatlarining tadqiqi bugungi kunda dolzarbligi bilan ajralib turadi.
O‘zbekistonda ham bugungi kunda 100 dan ortiq turli yo‘nalishlarda konsalting firmalari o‘z xizmatlarini taklif qilmoqdalar. Biroq, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati, narxi, xizmatlar hajmi statiskasi va huquqiy asoslari belgilab berilmagan. Shu sababdan iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida konsalting xizmatlarini kengaytirish va takomillashtirish muhim hisoblanadi. Xususan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish» kabi muhim vazafalari belgilab berilgan. Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash, konsalting xizmatlari yo‘nalishlarini kengaytirish sifatida: “manejment” (boshqaruv)ni samarali tashkil qilish, huquqiy, buxgalteriya va audit, innovatsion, investitsion, venchur, IT-konsaltingni takomillashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish zaruriyatini taqozo etadi.
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 fevraldagi «2016-2020 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi 55-son Qarori, 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi 2019-2021 yillarda “O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5544-sonli Farmoni hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur tadqiqot natijalari sifatida muayyan darajada xizmat qiladi.
Innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish, bugungi kunda tashkilot yuqori natijalar va daromadga ega bo‘lishlari uchun, tashkiliy-ishlab chiqish modelini va intensiv ravishda amalga oshirishga imkon beradigan mexanizmlarni ishlab chiqishlar kerak. Aks holda, innovatsiyalar o'zlariga halokatli ta'sir qilishi mumkin, chunki mexanizmlar (haqiqiy taktik xatti-harakatlar) birinchi navbatda innovatsiyalar portfelining mavjudligi bilan belgilanadi. Innovatsion portfel tashkilot rivojlanishining maqsadga muvofiqligi to'g'risida qaror qabul qilish vaqtida, tashkilotning barcha mavjud resurslaridan foydalanishda qo'l keladi.
Bizning fikrimizcha, innovatsiyalarni joriy etish shartlari, birinchi navbatda, tashkilot tomonidan mamlakatdagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarga tezlik bilan moslashish imkoniyatlari sifatida tushuniladi. Ushbu shartlar kompaniyaning tashkiliy tuzilmasini yaratish yoki takomillashtirish uchun zarur boʻlib, faoliyat davomida innovatsiyalarning to'liq integratsiyasini ta'minlaydi. Bu esa, fundamental bilimlar va professional malakalarsiz amalga oshirilmaydigan innovatsion boshqaruv jarayonlari jiddiy intellektual salohiyatini qo'llab-quvvatlashni talab qiladi. Fundamental bilimlarning ahamiyati shundan iboratki, har qanday soha - zamonaviy tizim konsepsiyalariga asoslanib, fanlararo bilim sohasi boʻlgan zamonaviy tizim tushunchalarning integratsiyasiga asoslanadi.
Bugungi kunda innovatsiyalarni joriy qila oladigan, fundamental bilimlar va professional malakaga ega kadrlarni va g'oyalarni qidirish, ko'plab kompaniyalar va tadbirkorlar uchun odatiy holga aylangan. Tor doiradagi mutahassis maslahatchilarga (sog'liqni saqlash, farmatsevtika, genetika, mudofaa, kosmonavtika, yadro fizikasi kabi maxsus sohalarda), kuchli bilimga ega boʻlgan, hamda turli yangiliklarni yaratishga intilishi boʻlgan insonlarni jalb qilish zarurati paydo boʻlmoqda. Innovatsiyalarga boʻlgan intilish va foydani maksimallashtirish buyurtmachi-mizoj (davlat yoki tadbirkor) uchun muhim jihatlardan hisoblanadi. Aksariyat hollarda yaratilgan innovatsiyalarni moliyalashtirishda, amaliyotga joriy etishda va ularga egalik huquqini qoʻlgan kiritish kabi masalalarda ma'lum darajada muammolar yuzaga keladi. Aynan shunday muammolarni yechishda innovatsion konsalting xizmatlarni o'z xizmatlarni taklif etadilar.
Innovatsiya konsalting infratuzilmasida axborot va huquqiy konsalting, intelektual mulk sohasida konsalting, ilm-fanni rivojlantirish texnologiyalarni uzatish bo'yicha konsalting, ishlab chiqarish, texnologik, moliyaviy, savdo va xodimlar konsaltingini ham o'z ichiga olishi lozim. Shu bilan birga innovatsiya jarayoni bilimga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirish, konsaltingning ahamiyatini va birinchi navbatda, yangi tushunchalar va innovatsiyalarni amaliyotga tadbiq etish jarayonlarida "vositachi" rolini kuchaytiradi.
Bizning fikrimizcha, innovatsion jarayonni mustahkamlash va iqtisodiy rivojlanish samaradorligini ta'minlash quydagilarga bogʻliq:
- ilmiy yangiliklarni maqsadli yo'naltirish maqsadida, moliyaviy manbaalarni izlab topishga;
- ishlab chiqarishni devirsifikatsiyalashga;
- innovatsion jarayonning infratuzilmasini takomillashtirishga;
- davlatdagi iqtisodiy-siyyosiy, ijtimoiy oʻzgarishlarga;
- mahalliy va xalqaro bozordagi talab darajasiga va boshqalar.
Innnovatsion tizim innovatsion mahsulotni yaratadi. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda quyidagilar taklif qilinadi:
Birinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi tuman markazlarida innovatsion va venchur konsalting faoliyatini tashkil etish bo'yicha O'zbekiston savdo-sanoat palatasi qoshidagi "Innovatsion va venchur markazi"ni ochish, ushbu markazlarga innovatsion, investitsion va venchur konsalting xizmatlarni taklif etuvchi konsalting firmalarni jalb etish va ularga manfaatli takliflarni taqdim etish; venchur konsalting firmalarining moliyaviy manbasini mahalliy va xorijiy jismoniy, yuridik shaxslarning bo'sh turgan kapitallarini jalb qilish orqali shakllantirish.
Ushbu taklifning amaliyotga tadbiq qilinishi natijasida tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan yoki korxona faoliyatini takomillashtirish bo'yicha sifatli va malakali maslahatga muhtoj boʻlgan fuqarolarga amaliy maslahatlar beriladi; hududlarda investitsiya mablag'larini maqsadli yo'naltirishga yordam beradi; davlat organlarining faoliyatini jamiyat va davlat uchun zarur bo'lgan vazifalarni hal etishga qaratishga yordam beradi.
Iqtisodiyot nazariyasining predmeti kishilarning cheklangan iqtisodiy resurslar sharoitida muqobil xoʻjalik yuritish asosida oʻz ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xattiharakatlari, ularni belgilovchi iqtisodiy shartsharoitlar hisoblanadi. Bu fan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning (firmalar, xonadon, ayrim individ va davlat) iqtisodiy xattiharakatlarini yaxlitlikda oʻrganadi. Uning tadqiqot obʼyekti iqtisodiy hodisalar boʻlib, ular ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va isteʼmol sohasida yuz beradi. Tabiiy sharoit — bu iqlim, tuproqning tu-zilishi, yer osti boyliklarining mik,dori, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, odamlarning ish qobiliyatidan iboratki, bu omillar iqtisodiy faoliyatga taʼsir etmay qolmaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi oʻz predmetini bir qator uslubiy tamoyillarni qoʻllagan holda oʻrganadi: barcha iqtisodiy hodisalarning yaxlitligini, iqtisodiy tizim hosil etishini, bu tizimda ulardan har biri oʻz oʻrniga ega boʻlishini, ular bir-biriga taʼsir etishini nazarda tutadi; iqtisodiy voqelikni qotib qolgan holda emas, balki rivojlanishda va yangilanishda olib qaraydi, bir voqelik oʻrniga boshqasi yuzaga kelishi, shaklan eski hodisalarda yangi mazmun boʻlishini hisobga oladi; insonning xoʻjalik faoliyatiga nafaqat iqtisodiyot, balki tabiat qonunlari ham taʼsir etishiga eʼtibor beradi. Tabiat kishilik jamiyati boʻlmasada, mavjud boʻlaveradi, lekin jamiyat tabiatdan tashqarida boʻla olmaydi, chunki u tabiat resurslarini ishlatish bilan boglik, tabiat iqtisodiyotning moddiy asosi; iqtisodiyotdagi oʻzgarishlar tabiatdagi oʻzgarishlarga qaraganda gʻoyat tez boradi, shu sababli iqtisodiyotning rivojlanish qonunlari doimo oʻzgarib turadi; tabiiy hodisalar kishilar ishtirokisiz oʻzoʻzidan yuz bersa, iqti-sodiy hodisalar kishilar faoliyati orkali yuz beradi, ammo bu faoliyatni obʼyektiv sharoit taqozo etadi; iqti-sodiyot nazariyasi texnologiyani bevo-sita oʻrganmasada, uning iqtisodiyotga taʼsirini chetlab oʻtmaydi, aksincha, hisobga oladi. U texnika-texnologiyani joriy etish yoki etmaslikning iktisodiy chegaralarini nazariy asoslaydi; iqtisodiyotni sof holda emas, balki unga ijtimoiy-siyosiy, ruhiyaxloqiy, milliy-demokratik omillar taʼsirini inobatga olib oʻrganadi. Iqtisodiyot — ijtimoiy xayotning bir qismi, shuning uchun jamiyat ham uning taʼsiridan xoli emas.
Iqtisodiyot nazariyasi siyosatni oʻrganmasada, uning iqtisodiyotga taʼsiri bilan shugʻullanadi, chunki toʻgʻri tanlangan siyosat iqtisodiyotga ijobiy, aksincha boʻlganda esa unga salbiy taʼsir oʻtkazadi. Iktisodiy vaziyatni hisobga oladigan, shu vaziyatda qonunlarning amal qilishi, binobarin, iqtisodiy zarurat mavjudligini, uni yuzaga chiqarish chora-tadbirlarini belgilovchi siyosat iqtisodiy rivojlanishga faol taʼsir etadi. Shu maʼnoda iqtisodiyotni siyosatning ilmiy asosi deb hisoblash mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotdagi turli hodisalar, jarayonlarni oʻrganganda ular qonun-tushunchalar darajasida ilmiy jihatdan izohlab beriladi.
Iqtisodiy tushunchalar — iqtisodiyotni oʻrganishda qoʻllaniladigan na-zariy bilimlar boʻlib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifoda etilishidir. Ular 2 guruhga boʻlib oʻrganiladi: Umumiqtisodiy tushunchalar — iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos tushunchalar, mas, mehnat, ishlab chiqarish, mahsulot, ish kuchi, resurs kabilar. Ayrim ijtimoiy-iqtisodiy tizimga xos tushunchalar, mas, pul, talab, taklif, baho, kredit, emissiya, inflyasiya kabilar ayrim tizimga xosdir. Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy jarayon va hodisalarning belgilarini umumlashtirish asosida iqtisodiy qonunlar taʼriflanadi.
Iqtisodiyot nazariyasining eng asosiy taxdil usuli — bu abstraksiyalash (mavhumlashtirish) asosida xulosalar chiqarishdir.
Gʻarbdagi "Ekonomiks" mualliflari R. Makkonnell va L. Bryu yozishicha, na-zariya — bu laboratoriya fani emas. Shu sababli nazariyada ilmiy abstraksiyalash usuli bosh oʻrin tutadi. Bu usul — iqtisodiy hodisalarni ularga taʼsir etuvchi oʻtkinchi, ikkinchi darajali faktlardan xoli etgan tarzda taxdil etib, nazariy umumlashtirish, ilmiy xulosalar chiqarishdir. Bu usul iqti-sodiy hodisalarning tabiatini bilish, ularga xos qonuniyatlarni ochish imkonini beradi.
Abstraksiyalash asosida tushunchalar va qonunlar taʼriflanadi, ular ilmiy muomalaga kiritiladi. Abstraksiyalash yuz berganda iqtisodiyotga oid asosiy, muqim, doimo yuzaga chiqib turadigan faktlar ajratib olinadi, ular oʻrtasidagi bogʻlanish aniqlanadi. Bularning hammasi tafakkur orqali bajariladi. Abstraksiyalash boʻlmasa gʻoyat koʻp, tartiblanmagan faktlar orasida oʻralashib qolib nazariy xulosa qilib boʻlmaydi. Abstraksiyalash — bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir.
Nazariyada induktiv usul qoʻllanilganda ayrim hodisalarni oʻrganishdan ularni umumlashtirib, xulosalar chiqarishga oʻtiladi. Deduktiv usul qoʻllanilganda umumiy xulosalardan xususiy xulosalarga, umumiylikdan aniqroq hodisalarga oʻtiladi.
Iqtisodiyot nazariyasida tarixiy va mantiqiy usullar ham bor. Tarixiy usul hodisalarni rivojlanishda olib qaraydi. Mantiqiy usul turli hodisalarning ichki mantiqiy aloqalarini aniqlab, umumiy xulosa chiqarishda qoʻllanadi.
Iqtisodiyot nazariyasida miqdoriy va sifat tahlili birgalikda qoʻllaniladi. Miqdoriy taxlil yuz berganda iqtisodiy — matematik modellashtirish ham ishtirok etadi. Bunda iqtisodiy oʻzgarishlar miqdoran taxlil etiladi, ular oʻrtasidagi aloqa bogʻlanishlar ham miqdoran oʻlchanadi, ularning naqadar oʻzgarishi baholanib, prognozlar ishlab chiqiladi. Bu usul yordamida iqtisodiy modellar yaratiladi (qarang Iqtisodiy tarakqiyot modeli). Iqtisodiyot nazariyasida gipoteza va paradigmalar qoʻllanadi. Ilmiy paradigma bu Iqtisodiyot nazariyasida qabul qilingan taxlil usullariga tayangan holda hal etiladigan muammoni qanday yechimi boʻlishini belgilashdir.
Adabiyotlar
1. Pardaev M.Q. Xizmat koʻrsatish tarmoqlari iqtisodiyotining ayrim muammolari.
Monografiya. -T.: "Navruz", 2014.-264 b.;
2. Zaynalov J.R. Xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishda innovatsiyaning ahamiyati // Xizmat koʻrsatish sohasi tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollari. Respublika ilmiy-amaliy anjumani. - SamISI, 2015. B. 229-231;
3. Urazov K.B. va boshqalar. Xizmat ko'rsatish va servis sohasi korxonalarida buxgalteriya hisobining dolzarb muammolari // «Servis» jurnali - 2019. Nº1- B. 107-114;
4. Mirzaev Q.J., Pardaev M.Q. Xizmatlar sohasi iqtisodiyoti. Oʻquv qo'llanma - T.:
"Iqtisod-Moliya" 2014. - 382 b.;
Do'stlaringiz bilan baham: |