Pul va uning sotib olish quvvati orasidagi munosabat pul nazariyalarining markaziy masalalaridan biri bo‘lib kelgan. Xullas, iqtisodchilarning pulning mohiyati, uning funktsiyalari va pul muomalasiga bo‘lgan qarashlari pul nazariyalarini keltirib chiqardi. PULNING METALLIK NAZARIYASI - Pulning metallilik nazariyasi XVI asrda fransuz olimi Nikolo Orezme tomonidan nazariya sifatida shakllantirildi. Keyinchalik angliyalik iqtisodchi olimlar U.Stefford, T.Men, P.Nors, Chayld, Fransiyada A.Monkreten, Germaniyada U.Yust; Italiyada G.Skaruffi, F.Galiyani tomonidan rivojlantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |