Pul nazariyalari pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga ta’siri haqidagi nazariyalardir. Bu nazariyalar kapitalistik ishlab chiqarish usuligacha bo‘lgan davrda vujudga keldi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli davrida, pul-tovar munosabatlari xo‘jalik sohasining hamma tarmoqlarini qamrab olgan davrdagina pul nazariyasi keng tarqaldi.