Jizzax davlat pedagokika instituti



Download 70,87 Kb.
bet7/12
Sana16.07.2022
Hajmi70,87 Kb.
#810389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Abduraxmonova Mahzuna

Shevalar – tilning lug‘at boyligini oshiruvchi ichki manba hisoblanadi. Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan til shakli mahalliy shevalar hisoblanadi.
O‘zbek adabiy tili uchun Toshkent va Farg‘ona shevalari asos qilib olingan. Aslida, sheva so‘zi fors tilidan olingan bo‘lib, “ovoz” , “til”, “so‘zlashish”, “odat”, “yo‘sin”, “ravish” degan ma’nolarni bildiradi. Sheva biror bir tilning o‘ziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi muayyan qismi hisoblanganligi bois lahja tushunchasidan kichikdir. Lahja shevalar yig‘indisidir.
O‘zbek milliy tili ko‘p lahjali tillardan hisoblanadi. Bu hol uning murakkab rivojlanish sharoiti va etnik jihatdan xilma-xilligi bilan izohlanadi. Jumladan, uning dialektal asosini 1) qarluq; 2) qipchoq; 3) o‘g‘uz lahjalari tashkil etadi. Bu lahjalarning har biri ko‘plab shevalar birligidan tashkil topadi. Boshqacha aytganda, bir-biriga yaqin bo‘lgan shevalar yig‘indisi lahja yoki dialekt deyiladi. Lahja yoki shevalar adabiy tilning muhim ichki manbayi bo‘lsa ham, ular faqat og‘zaki shaklga egaligi hamda fonetik, leksik va grammatik jihatdan o‘ziga xosligi bilan adabiy tildan farqlanadi. Chunki shevalar ma’lum bir hududda istiqomat qiluvchi kishilarning o‘zaro og‘zaki nutqiy aloqasini ta’minlovchi vositadir. Shu bois ularning ishlatilish doirasi adabiy tilga nisbatan cheklangan bo‘ladi.
Badiiy uslubda, ya’ni badiiy asarlar yaratayotganda shevalardan foydalanish voqea, hodisalarga mahalliy, hayotiy va ijtimoiy tus berishda, shuningdek, personajlar nutqini individuallashtirishda katta ahamiyatga ega. “Kishilar turli hissiyotlarini shevalarda hamda adabiy til talaffuzida bildiradilar. Agar bu oʻrinda tilda koʻpchilikni tashkil etadigan fenomen (soʻzlar, grammatik xususiyatlar, talaffuz хilma-xilligi) bir hududda mavjud boʻlsa, bu holatga nisbatan sheva atamasi qoʻllanadi. Shunday ekan, sheva “mamlakat tili” yoki ajdodlar qoʻllagan tilning bir varianti emas, balki tilning ma’lum hududdagi koʻrinishidir. Barchamiz shevadan foydalanamiz. Sheva adabiy til normalariga toʻgʻri kelmaydi va undan farqlanadi”12.
Shevalardan o‘rinli foydalanish badiiy ijodning, umuman, nutqning badiiyligini, uslubning fazilati, ta’sirchanligini oshiradi. Ammo shevalarning ishlatilish doirasi va me’yori chegaralangan. Shevalarni faqat badiiy va so‘zlashuv uslubida qo‘llash mumkin. Rasmiy, ilmiy uslublarda shevaga xos so‘zlarni qo‘llash to‘g‘ri emas. Shuni ham qayd etish lozimki, matbuot, radio va televideniye, maktab va maorif muassasalari ta’siri natijasida adabiy tilning qo‘llanish doirasi kengayib boradi.
Og‘zaki va yozma nutq xususiyatlari, imkoniyatlari jihatidan bir xil emas. “Og‘zaki nutqda kuzatilganidek, yozma nutqning ham uch turi farqlanadi: formal, informal, neytral. Yaqin tanishimizga qiladigan muomala rasmiy shaxsga qilinadigan muomaladan farqlanadi. Yaqin tanishimizga What’s up? It’s awesome that you came to visit! (Yaxshimisiz? Sizni uchratganim zo‘r bo‘ldi!) tarzida qo‘llansa, mansabdor yoki boshliqqa nisbatan Good morning, Mr. …! We appreciate your visit (Assalomu alaykum, janob …! Tashrifingizdan benihoya xursandmiz) kabi murojaat kuzatiladi.
Formal yozuv turida sheva so‘zlari, klishe, turli qisqartmalardan foydalanilmaydi 13.

Download 70,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish