Jizzax davlat pedagokika instituti



Download 70,87 Kb.
bet2/12
Sana16.07.2022
Hajmi70,87 Kb.
#810389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Abduraxmonova Mahzuna

Kurs ishining maqsadi:Tining ijtimoiy vazifalari.


Kurs ishining obyekti: Oliy va O’rta maxsus ta’lim muassasalarida Ona tili fanining o’qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Ona tili fanining o’qitishda tilning vazifasi
Kurs ishining vazifalari:
Mavzuga doir malumotlarni yig’ish va rejani shakllantirish.

  • O’quv ishlarida tilning vazifasi haqida to’liq malumot yoritish.

TILNING IJTIMOIY TABIATI
Asosiy tushunchalar: til va jamiyat, sotsiolingvistika, bilingvizm, integratsiya, differensiatsiya, tilning tarixiyligi, tilning hayotiyligi, tilning me’yoriyligi, hududiylik, me’yorlashtirilgan tillar, qadimiy tillar, kreol tillari, pijin tillari, koyne, xalqaro tillar, milliy til, umumxalq tili, sun’iy til, adabiy til, sheva, sotsiolekt, dialekt, argo, jargon, sleng.

Til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni, tilning falsafa, ijtimoiy psixologiya, etnografiya bilan bog‘liq jihatlarini o‘rganuvchi soha sotsiolingvistika (ijtimoiy tilshunoslik) deb yuritiladi. Sotsiolingvistika quyidagi masalalarni:


1) jamiyat va til aloqadorligi va bu munosabatning tarixiy jarayon, hodisa ekanligini;
2) tilning ijtimoiy vazifalarini, ularning taraqqiyot xususiyatlarini;
3) adabiy til, shevalar lug‘at boyligining kengayishi, ortib borishini;
4) yashash muhiti yaqin, turmush tarzi o‘xshash hamda o‘zaro iqtisodiy munosabatlari shakllangan xalqlar tillarining bir-biriga ta’sirini;
5) sotsial chegaralangan nutq xususiyatlarini;
6) yosh, gender jihatdan farqlanuvchi nutq ko‘rinishlarini tahlil qiladi.
Dunyo tillarining, ma’lum ma’noda, o‘ziga xosligini yorituvchi, muayyan tilning boshqa tillardan farqli jihatlarini ko‘rsatuvchi tadqiqotlar yaratilgan. Mazkur tadqiqotlarning bosh masalasi til va jamiyat munosabati talqinidir. Tilning jamiyat bilan bog‘liq tomonlarini o‘rganish tilning o‘ziga xos ichki qurilishi, imkoniyatlarini yoritishda ahamiyatlidir. “Til hayotimizning markaziy hamda tabiiy qismi hisoblanadi. Inson yoshligidan muloqot qilish, so‘zlashish qobiliyatiga ega bo‘ladi va atrof-muhitga moslashadi. Til insonning fikrlash qobiliyatini shakllantiradigan, uning e’tiborini jalb qiladigan hodisadir. Til insonlar o‘rtasida axborot almashish, his-tuyg‘ularni ifodalash va shaxsning o‘z tabiatini namoyon qilish vositasidir. Tilshunoslik insoniyatgagina xos bo‘lgan tilni ilmiy jihatdan o‘rganadigan, uning barcha shakllarini, xossalarini tadqiq etadigan sohadir. Til lingvistikaning turli aspektlarida o‘rganiladi va ularning barchasida asosiy vosita vazifasini bajaradi. Mazkur yo‘nalishlarning qaysi biri lingvistikaning asosini tashkil etishi tilning o‘ziga xos jihatlari nuqtayi nazaridan tahlil qilish natijasida aniqlanadi”6.
Mа’lumki, hаr bir insоn о‘zi yashаb turgаn muhitdа, jаmiyatdа ulg‘аyadi, tаrbiya tоpаdi. Аlbаttа, hаr qаndаy tаrbiyaning, аyniqsа, til, mа’nаviy kоmillik, milliy о‘zlik tаrbiyasining аsоsiy о‘chоg‘i bоlаni о‘rаb turgаn ijtimоiy muhit, birinchi nаvbаtdа, оilаdir. Аbdurаuf Fitrаt “Rаhbаri nаjоt” аsаridа shundаy yozаdi: “Suv qаysi rаngdаgi idishdа bо‘lsа, о‘shа rаngdа tоvlаngаni kаbi bоlаlаr hаm qаndаy muhitdа bо‘lsаlаr, о‘shа muhitning hаr qаndаy оdаt vа ахlоqini qаbul qilаdilаr. Ахlоqiy tаrbiyaning eng buyuk shаrti shundаn ibоrаtki, bоlаlаr kо‘prоq yaхshi vа yomоn аhvоlni о‘z uylаridаn, kо‘chаdаgi о‘rtоqlаridаn, mаktаbdаgi о‘quvchilаrdаn qаbul qilаdilаr”7.
Sotsiolingvistika til va jamiyat munosabatlarini tahlil qilar ekan, umumiy va xususiy qonuniyatlarga tayanadi. Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy tabiatini yoritishda tarixiylik, hayotiylik, me’yoriylik, hududiylik kabi qator mezonlarga amal qiladi. Avvalo, til voqelik sifatida mavjud bo‘lishi uchun muayyan tarixiy taraqqiyot bosqichidan o‘tishi kerak. Tilning paydo bo‘lishi, yaxlit tizim tarzida shakllanishi, ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligi uning tarixiyligi bilan bog‘liq.
Tilning hayotiyligi uning aloqa-munosabat vositasi sifatida mavjudligidir. Tilda so‘zlashuvchi jamiyat bo‘lmasa, u o‘lik tilga aylanadi. Til hayotiy bo‘lishi uchun shu tildan foydalanadigan jamiyat zarur bo‘ladi. Ba’zan o‘lik tillar hayotiylik belgisiga ega bo‘lishi mumkin, bunga ivrit tili misol qilib keltiriladi. Bu qarashni nisbiy deb baholash kerak. Negaki, til aloqa munosabat vositasi sifatida ahamiyatini yo‘qotdimi, uni sun’iy ravishda tiklab bo‘lmaydi.
Sotsiolingvistikadagi me’yoriylik mezoni deyilganda, tilning muayyan me’yorlar asosida muvofiqlashishi tushuniladi. Til grammatikasiga oid qonun-qoidalarning yaratilishi me’yorlashtirishning muhim omillaridan hisoblanadi. Me’yorlashtirilgan til ma’lum bir jamiyatning ehtiyoji uchun xizmat qiladigan, ma’lum qonun-qoidalar asosida muvofiqlashtirilgan milliy – adabiy tildir.

Download 70,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish