2. Vittorano de Feldre maktabi, I.Eronim Merkurialisis, J.J.Russo, I.Pestalotsii, T.Morlarning jismoniy tarbiya haqidagi mulohazalari.
Vittorano daFeltre maktabi.
Romboldino Vittorano da Feltre (1378-1446-yilar) Italiyada pedagogika sohasida ko‘zga ko‘ringan dastlabki gumanist edi. Vittorano Mantuan hukmdori va uning saroyidagi kishilarning bolalarini tarbiyalab, saroyda Yangi tipdagi maktab yaratdi va uning rahbari bo‘ldi. Uning maktabida o‘quvchilarning bilimga qiziqishi, aqliy va jismoniy havasi har tomonlama rag‘batlantirilar edi. O‘quvchilarni erinchoqligi, beadabligi va manmanligi uchun ayovsiz jazolar edilar. Quruq yodlash o‘rnini ko‘rsatma ta’lim metodlari egalladi.
Vittorano o‘quvchilarning sog‘lig‘i va jismoniy kamoloti to‘g‘risida, ayniqsa, ko‘p g‘amxo‘rlik qilar edi. u o‘quvchilarni sof havoda harakatli o‘yinlar o‘ynashga o‘rgatar, suvda suzishga va jismoniy mashqlarni bajarishga odatlantirar edi; bu esa o‘quvchilarning jismoniy kuchini, epchilligini va chiroyli qiliqlarini taraqqiy etirar edi. Uning maktabi o‘quv rejasida o‘yinlar, qilichbozlik, harbiy mashqlar, otda yurish va suvda suzish ko‘zga ko‘rinar o‘yinni egallar edi. Vittorano o‘quvchilarning axloqiy sifatlarini tarbiyalash to‘g‘risida ham g‘amxo‘rlik qilib, ularda o‘z qadrini bilish tuyg‘usini, gigiyena elementlari qoidalariga rioya qilish odatini va hokazolarni hosil qilar edi. Vittorano do Feltre maktabi oqsuyak ota-onalar bolalarini tarbiyalash borasida ilgari tashlangan katta qadam edi.
Mekurialisning davolash meditsinasi. Mashhur italiyan gumanist doktori I. Merkurialis (1530-1606-yillar) gimnastikaga doir oltita kitob yozdi. Dastlabki uch kitob jismoniy mashqlar tarixini yoritishga, so‘nggi uch kitob esa jismoniy mashqlarni meditsina jihatidan tahlil qilishga bag‘ishlangandir. Merkurialis meditsinani davolash meditsinasi va saqlovchi meditsina deb ikkiga ajratadi. Saqlovchi meditsinani u buzuqchilikka va oziq-ovqat hamda tanani ortiqcha iste’mol qilishga qarshi kurashga mo‘ljalladi; bunday hollar oqsuyaklarning vakillariga muvofiq edi.
Merkurialis gimnastika va boshqa jismoniy mashqlarni saqlovchi meditsina vositalari jumlasiga kiritadi. U barcha mashqlarni haqiqat (davolash), harbiy (hayotiy, zaruriy) va soxta (atletik) mashqlarga bo‘lgan edi.
Merkurialis ayrim mashqlarning ahamiyatini baholab, ko‘proq jismoniy kuch talab qiladigan mashqlarni salbiy tavsifladi va sog‘lomlashtirish-gigiyena jihatdan foyda berish mumkin bo‘lgan mashqlarnigina bajarishni tavsiya qildi. U mushtlashishni inkor qilmadi, lekin yakkama-yakka mushtlashishni emas, balki kishining soyasi bilan mushtlashishni taklif qildi, chunki kishining soyasi bilan mushtlashishi “katta kuch ishlatishini” talab qilmaydi. Merkurialis suvda suzishni emas, balki cho‘milishni maqtaydi va balik ovini taklif qiladi. U jismoniy tarbiyaning musobaqa metodini foydali deb hisoblamadi va sportni inkor qildi. Merkurialisning “bir vaqtlar katta e’tiborga sazovor bo‘lgan gimnastika san’atini tiklash uchun harakat qilishi” haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Uning xizmati shundan iboratki, u davolash-profilaktika mashqlarini tikladi va ularni meditsinaning muhim vositalari sifatida himoya qildi.
Merkurialis ko‘zga ko‘ringan cherkov arboblarining saroy doktori, so‘ngra esa imperator Maksimlion II-ning ham doktori edi. U feodal buyuk aslzodalarning boshliqlariga ko‘rsatgan xizmatlari uchun o‘sha vaqtlardayoq eskirib qolgan ritsarlik unvoni bilan taqdirlangan edi.
3.Gumanistlarning g‘oyalari
Gumanistlar o‘rta asr ilohiy qarashlariga qarama-qarshi o’laroq, inson shaxsini ulug‘ladilar, insonga uning kuchi va qobiliyatiga ishonch bilan qaradilar. Ishonch bilan qarashlardagi bunday o‘zgarish odatda “gumanizm” (insonparvarlik) tayyorligi bilan anglashiladi. So‘ngra o‘rta asr davridagi gumanizm ikki asosiy manbadan: qadimgi xalqlar tarbiyasi va xalq ijodidan oziqlandi. So‘nggi o‘tish asr davrining gumanizmi asosan qadimgi dunyoda yaratilgan nimaniki bo‘lsa, asosan shuni tiklashdan iborat edi. Burjuaziya va feodal aslzodalar esa o‘zlarini narigi dunyo hayotiga emas balki yerdagi hayotdan lazzatlanish uchun tayyorlashga harakat qila boshladilar. O‘rta asrning ozgina badanga topinishi his uyg‘otadigan sog‘lom badanga topinish bilan almashtirdi. Bu hol arxitektura, haykaltaroshlik, rassomlik va adabiyotda o‘z aksini topdi.
Gumanistlar o‘rta asrdagi quruq pedagogikaga qarama-qarshi o‘laroq, kishining faqat aqligina emas, balki tanasining tarbiyalashga qaratilgan Yangi pedagogikani ilgari surdilar. Ular o‘z hukmronligini o‘rnatish, uzoq muddatli sayohatlar qilish, Yangi yerlar kashf etish, bu Yangi yerlarga ko‘chib kelgan xalqlarni talash va bo‘ysundirishga qodir bo‘lgan uddaburon, jismoniy jihatdan etuk insonlarning tarbiyalashishini istar edi.
Rablening jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi fikrlari.
Fransuz gumanist yozuvchi Fransua Rable (1494-1553-yilar) o‘z g‘oyalarini qadimgi yozuvchilarning asarlaridan ko‘ra, ko‘proq xalq ijodidan olar edi. U o‘z asarlarini lotin tilida emas (o‘sha vaqtlarda yozganlaridek), balki ona tilida yozar edi. Rim, Jeneva va Sarbonna bir necha bor uni lanatlagan va har xil yo‘llar bilan ta’qib qilgan edi. O‘sha vaqtlarda Rablening asarlariga bo‘lgan talab g‘oyat darajada katta edi. Uning “Gargantyua va Pantagryul” nomli romani ikki oy ichida shunchalik ko‘p nusxada tarqalgan ediki, hatto Tavrot o‘n-yil ichida shunchalik tarqalmagan edi. Bu roman barcha tillarga tarjima qilingan bo‘lib, hozirga qadar qayta-qayta nashr etilib kelmoqda. Rable o‘zining asarlarida kuchayib kelayotgan ideologiyani maqulladi va dunyoni ilmiy anglash g‘oyasi targ‘ib qildi.
Rable sxalastlar ustidan achchiq kulib: “O‘g‘il bolaning o‘z murabbiylari rahbarligida ilohiy kitoblarni o‘rganganidan ko‘ra, umuman o‘qimagan maqul, chunki ularning fani-bema’nilik, ularning bilimdonligiga esa batamon uydirmadir ” – degan edi. U o‘quvchilarning erkin fikrlashiga va erkin harakat qilishga olib keladigan tarbiyani ilgari surdi. Rable tarbiya orqali inson shaxsiy axloqiy, aqliy va jismoniy tomonlarini tarkib toptirishni istadi. U butun tarbiya va ta’limni o‘quvchilar uchun yoqimli formada ifodalashni tavsiya qiladi.
Tarbiyalanuvchilar uchun tartib zarurligini, ularning maishiy hayoti uchun gigiyena zarurligini, jismoniy mashqlarning aqliy mashg‘ulotlar va ovqatlanish tartibi bilan birga olib borish kerakligini talab qilgan. U badanni yuvib turishni, massaj qilishni, terlagandan so‘ng kiyimni almashtirishni; mashqlarni va jismoniy kuch me’yorini asta-sekin murakkablashtirib borishni tavsiya qigan. Rable faqat qadimgi mashqlarni emas, balki o‘sha vaqtlarda shaharliklar va dehqonlar o‘rtasida odat bo‘lgan jismoniy mashqlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar bergan.
Tarbiyalanuvchilar yugurish, sakrash va irg‘itish; kamondan, eski og‘ir miltiq va zambarakdan otish; ko‘krak bilan, chalqanchasiga, yon bilan suzish va suvga sho‘ng‘ish; nayza, qilichbozlik, shamshir, rapira, oy bolta, xanjar bilan shug‘ullanish; otda yurish, arqonga, daraxtlarga va qoyalarga tirmashib chiqish bilan shug‘ullanish; yelkanli va eshkakli qayiqni boshqarish, ov qilish, kurash, shaxmat, yog‘och otda gimnastika mashqlarini bajarish, gantellar yordamida mashq qilish; to‘p o‘ynash va raqs tushishlari lozim edi.
Rablening fikricha, uning xayoli bilan yaratilgan “Telem qal’asi” tarbiya muassasining namunasidir. Muassasaning nizomi: “Nimani xohlasang, shuni qil” degan tamoyildan iborat edi. Bu ishlab chiqarish tashkiloti emas, balki boylar uchun mo‘ljallangan o‘ziga xos o‘quv-tarbiya muassasasi bo‘lgan. Unda stadion, ippodrom, suzish uchun hovuz, uch pog‘onali hammomlar, teatr, sayr qilish bog‘i, to‘p o‘ynash uchun manejlar, otxonalar, lochin xizmati va itxona bor edi. Rable o‘z davrining ilg‘or g‘oyalari bilan bab-baravar qadam tashlab, gumanizm g‘oyalarining o‘rnatilishi uchun ko‘p xizmat qilgan.
Barcha gumanistlarining progressivligi shundaki, ular o‘rta asrning tarbiyasiga va tarkidunyochilik g‘oyalariga qarshi faol kurashdilar, inson shaxsining erkin kamol topishini quvvatladilar va jismoniy tarbiyani umumiy tarbiya tizimining ajralmas bir qismi sifatida ilgari surdilar. Lekin gumanistlarining aksariyati xalq to‘g‘risida emas, balki jamiyatning bir to‘da boshliqlari to‘g‘risida, xalqdan ajralgan va xalqni ekspluatatsiya qilgan kishilar haqida g‘amxo‘rlik qilganlar. Bu gumanistlar o‘zlarining barcha g‘ayratlarini cherkov obro‘yiga qarshi kurashga qaratib, jamiyatning konservativ kuchiga aylanganlar. Xalqqa tayangan va xalq baxt-saodati yo‘lida mehnat qilgan gumanistlarning ijodi esa so‘nggi o‘rta asr demokrat gumanistlarining ijodi sifatida bizning davrgacha etib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |