Jizzax davlat pedagogioka institut


- Mavzu: O‘RTA ASRLARDA CHET MAMLAKATLARDA JISMONIY TARBIYA



Download 5,81 Mb.
bet32/285
Sana06.02.2022
Hajmi5,81 Mb.
#433590
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   285
Bog'liq
жис тарбия тарихи

6- Mavzu: O‘RTA ASRLARDA CHET MAMLAKATLARDA JISMONIY TARBIYA.
REJA:
1.Taraqqiy etgan feodalizm davrida jismoniy tarbiya
2. Ilk feodalizm davrida jismoniy tarbiya
3. Feodallar harbiy – jismoniy tarbiyasi.
4. Dehqonlarning jismoniy tarbiyasi.
5. Shaharliklar jismoniy tarbiyasi.
1.Taraqqiy etgan feodalizm davrida jismoniy tarbiya.


Tayanch so`z va iboralar:
“Sher tog‘idagi muqaddas Mark jamiyati ”, “erkin qilichbozlar” “ shamshir sohibi” “Pom” o‘yini” “kross” va “nom” o‘yinlar, “shamshir sohibi” unvoni uchun musobaqa.
Taraqqiy etgan feodal jamiyatlarida krepostnoy va qaram dehqonni ekspluatsiya qilish ancha kuchaydi. Bu hol xalq ommasining feodallarga qarshi sinfiy kurashishni keskinlashtirishga olib keldi. Taraqqiy etgan feodalizm davrining oxirlariga kelib, bu kurash g‘oyat keskinlashib qoldi va bir qancha yirik dehqon qo‘zg‘olonlarining ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Shaharlarning o‘z mustaqilligi uchun feodallarga qarshi kurashi ham o‘sha vaqtda kuchayib ketdi.
O‘rta asrlar Osiyo, Yevropa mamlakatlari va Afrikaning bir qancha mamlakatlarining ko‘pchiligida feodal ishlab chiqarish usuli hukmronlik qilgan davr edi. Tarix maydonida Yangi-Yangi xalqlar paydo bo‘lgan va G‘arbiy Sharqiy Yevropaning, Hindi-Xitoyning ko‘pgina davlatlari, Turkiya, Yaponiya va boshqalar qaror topdi. Xitoy, Hindiston, Eron va O‘rta Osiyo hududlarida ilgari paydo bo‘lgan davlatlar ham rivojlana bordi. Xitoy, eramizning III-IV-asrlarida Hindiston va O‘rta Osiyo mamlakatlarida, eramizning III va VII asrlarida Shimoiy Afrikada va Yevropada feodal munosabatlar vujudga keldi. Ba’zi bir xalqlar quldorlik tuzumini chetlab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ibtidoiy jamoa tuzumidan feodal munosabatlarga o‘tdilar. Feodalizm davrida er feodallarning mulki hisoblanar edi. Er oqsuyak feodallarga va chernov feodallariga qarashli bo‘lgan vaqtdagina emas, balki, ba’zi bir sharqiy mamlakatlarda bo‘lganidyoq, feodal davlatiga qarashli bo‘lgan vaqtda ham feodalning mulki hisoblanar edi. Mehnat qurollari, mollar, xo‘jalik imoratlar va urug‘chiliklar feodallarda ham bevosita ishlab chiqaruvchilar, dehqonlarda ham shuningdek hunarmandlarda ham bor edi. Ekspluatatorlar sinfi-oqsuyak feodallar va cherkov feodallari hamda ekspluatotsiya qilinuvchi sinf-krepostnoy dehqonlar feodal jamiyatning asosiy sinflari edi. Ular o‘rtasida butun o‘rta asrlar davomida qattiq sinfiy kurash olib bordi. Bu kurash o‘sha davrdagi ijtimoiy taraqqiyotining barcha sohalariga, shu jumladan, feodal va xalq ommasining jismoniy tarbiyasiga ham hal qiluvchi ta’sir qilar edi.
Cherkov feodal jamiyatning g‘oyat reakson kuchi edi. U antik tarbiya qoldiqlarini yo‘q qilishiga harakat qildi, xalq ijodiga, fanga qarshi kurash olib bordi. Cherkov xalqining jismoniy kamolotga, tomoshalarga intilishini majusiylikning, antik diniy – urf-odatlarining ko‘rinishi deb biladi.
Cherkov sergunohlikka qarshi kurash niqobi ostida xalq hayotidan jismoniy mashqlar va o‘yinlarini zo‘r berib chiqarib tashlay boshladi. Cherkov, xuddi oqsuyak feodal kabi dehqonlar va shaharliklar jismoniy mashqlar yordamida o‘z jismoniy tayyorgarligini yaxshilay olishlari va undan feodallarga qarshi kurashishlari uchun foydalanishlari mumkin deb xavfsiradi.
Ilk o‘rta asr davrida cherkov feodallarning jismoniy tarbiyasiga ham salbiy munosabatda bo‘ldi. U salb yurish davridagina rahbarlarning harbiy-jismoniy tayyorgarligiga bo‘lgan o‘z munosabatini o‘zgartirdi. Bu vaqtlarda cherkov oq suyak feodal aslzodalarning jismoniy tarbiyasini qoralamadi va hatto bu tarbiyani ruhoniylar hamda monaxlar jamiyatiga olib kirdi. Cherkov xudoga va feodal tartiblarning mustahkamligiga bo‘lgan e’tiqodni faqat butlar yordamida emas, balki qilich yordamida ham quvvatlar edi.
Harbiy ish borasida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Eski xalq lashkari o‘rniga hukmron sinf valllaridan tuzilgan feodal qo‘shin tashkil topadi. Harbiy ish feodallarning imtiyozi va majburiyat bo‘lib qoldi. Feodal armiyasining soni xalq lashkarlariga nisbatan ancha oz edi. Feodal qo‘shinda kavaleriya (otliq ritsarlar) rahbarlik mavqeni egallar edi.
Taraqqiy etgan feodalizm jamiyatida xalq ommasining (dehqonlar va shaharliklar) jismoniy tarbiya va hukmron sinf (feodal-ritsarlar) ning jismoniy tarbiyasi mavjud edi. Bu tarbiyaning har ikkalasi, har bir o‘ziga xos yo‘l bilan, sinfiy kurash ta’sirida taraqqiy etib boradi. Xalq ommasining jismoniy tarbiyasi alohida-alohida bo‘lingan harbiy –jismoniy mashqlar va an’anaviy o‘yinlardan iborat edi. Feodallarning jismoniy tarbiya ancha xilma-xil edi. Moddiy resurslar va bo‘sh vaqtning mavjudligi feodallar uchun o‘zlariga harbiy-jismoniy tarbiyaning tugallangan tizimini yaratishga imkon berdi.

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish