Sport klublar tarkibida quyidagi ish turlari mavjud:
Ishchi va mehnatkashlarning bo‘sh vaqtlarida sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar, o‘yinlar, gimnastika va h.k.ni tashkil etish.
Sport turlari bo‘yicha terma jamoalar (komanda) tuzish, mashg‘ulotlar tashkil qilish, ularning shahar, tuman, viloyat va respublika sport musobaqalaridagi ishtirokini ta’minlash.
Sport turlari bo‘yicha korxona xodimlarining bolalari uchun sport maktabini tuzish.
Sog‘lomlashtiruvchi guruhlar tashkil qilish.
Sport inshootlarini ko‘paytirish, ta’mirlash, ularda pullik xizmatlarni tashkil qilish (mashg‘ulotlar, musobaqalar, ijara va h.k.).
Do'stlaringiz bilan baham: |