4-modda. Jamoat birlashmalari tuzilishi va faoliyatining qoidalari
Jamoat birlashmalari o‘z a’zolari (qatnashchilari)ning ixtiyoriyligi, teng huquqliligi, o‘zini o‘zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va harakat qiladi.
Barcha jamoat birlashmalari o‘z ustavlarida, boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan vazifalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari doirasida ish ko‘radilar.
Fuqaroning jamoat birlashmasi faoliyatida qatnashishi yoki qatnashmasligi uning huquqlari va erkinliklarini cheklash yoki unga imtiyozlar berish uchun, shu jumladan davlat tashkilotida lavozimni egallash sharti yoki Qonunda ko‘zda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik uchun asos bo‘la olmaydi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonunlar, shuningdek mehnatkashlarning ijtimoiy ta’minoti va ijtimoiy sug‘urta qildirish to‘g‘risidagi qonunlar jamoat birlashmalari apparati xodimlariga nisbatan joriy etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |