Jizzax davlat pedagogioka institut



Download 5,81 Mb.
bet79/285
Sana06.02.2022
Hajmi5,81 Mb.
#433590
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   285
Bog'liq
жис тарбия тарихи

2. Uning tarkibiy tuzilishi: Bosh Assambleya, Kongress, sessiya, ijroqo‘m. O‘z.R Milliy Olimpiya qo‘mitasining asosiy vazifalari.
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Xartiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasining Nizomida qayd etilishicha, ilgor tajribaga va shart-sharoitlarga ega bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari, viloyat markazlari hamda yi-rik sanoat shaharlarida Olimpiya klublari tashkil etilishi mumkin. Bu tashabbus 1985-1987-yillarda S. Ayniy nomidagi Samarqand davlat pedagogika instituti (hozirgi SamDU) jismoniy tarbiya fakulteti jamoasi tomonidan amalga oshirildi va keyinchalik shu asosda Olimpiya Akademiyasi tashkil etish haqidagi g‘oya paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ta’sis etilgach /1992/, barcha viloyatlarning sport qo‘mitalari qoshida Olimpiya klublarini tashkil etish an’anaga aylandi. Ularning boshqaruv faoliyati klub raisi /prezident/ hayat a’zolari va kengash tomonidan olib boriladi.
Olimpiya klublarining asosiy vazifasiga quyidagilar kiradi:
O‘z hududlarida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish;
sport turlarini rivojlantirishga hissa qo‘shish;
o‘quvchi-yoshlar va aholi o‘rtasida Olimpiya g‘oyalarini targ‘ib qilish;
sport musobaqalarini o‘tkazishda ko‘maklashish;
ilg‘or tajribalarni ommalashtirish;
mutaxassis xodimlar bilan hamkorlik qilish;
Respublika sport taraqqiyoti va sportchilariiig erishgan g‘alabalarini matbuot va uslubiy qo‘llanmalarda keng yoritish;
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasining amaliy faoliyatlarini chuqur o‘rganish, qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda ko‘maklashish va hokazo.
Olimpiya akademiyasi va uning vazifalari
O‘zbekiston Olimpiya akademiyasi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga bevosita yordam beruvchi va olimpiya g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi tashkilotdir.
Ta’kidlash lozimki, Xalqaro Olimpiya akademiyasi /XOA/ 1961-yilda tuzilgan. U Gretsiyaning Olimp shahrida joylashgan va 205 dan ortiq mamlakatlarda uning tarmoqlari, ya’ni milliy Olimpiya akademiyalari /MOA/ tashkil etilgan. Xalqaro Olimpiya akademiyasining asosiy vazifasi Olimpiya harakati, jismoniy tarbiya va sport nazariyasini o‘rganish hamda targ‘ib qilishdan iborat. Uning faoliyati Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan boshqarilib, moliyaviy ta’minoti esa Gretsiya Milliy Olimpiya qo‘mitasi zimmasidadir.
Xalqaro Olimpiya akademiyasi har-yili bir haftalik sessiya tashkil etadi va unda falsafiy-g‘oyaviy muammolarga bag‘ishlangan maruzalar eshitilib, seminarlar o‘tkazadi. Ularning asosiy mohiyati Olimpiya harakati tarixi, sport mashg‘ulotlari hamda jismonii tarbiya va sportning uslubiy masalalari bayonidan iborat bo‘ladi. Bu anjumanlarga Milliy Olimpiya qo‘mitalari, taniqli olimlar, murabbiylar, soha vakillari, hatto talabalar, aspirantlar va sportchilarni safarbar etish mumkin.
1987-yil 18-fevralda Davlat sport qo‘mitasi va O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi tashkil qilindi. 1993-yil 18-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi /O‘zROA/ rasmiy ravishda ta’sis etiddi.
O‘zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi faoliyati uning saylangan prezidenti, ijroqo‘m direktori tomonidan boshqariladi. 1994-yilda Olimp shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Olimpiya akademiyasi sessiyasida O‘zbekiston Olimpiya akademiyasi vakillari ilk bor ishtirok etishdi va keyingi-yillarda ham faol qatnashib kelmoqdalar.
O’zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi ijroqo‘mida /Nizomga muvofiq/ 12 kishi, ya’ni etuk olimlar, o‘qituvchilar, murabbiylar, Olimpiya harakatining namo-yandalari jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi o‘z faoliyatini, asosan, Olimpiya g‘oyalari, Olimpiya harakati, Olimpiya o‘yinlarini ommalashtirishga qaratgan. Shu o‘rinda muhim faoliyatlarning natijalarini misol tariqasida keltirish maqsadga muvofiqdir.
1996-yil Olimpiya ta’limi tizimining tashkiliy va ilmiy-uslubiy asoslarini yaratishning hal qiluvchi ja-rayoni amalga oshirildi. Ya’ni turli hududlarda Xalqaro Olimpiya akademiyasi bilan o‘zaro aloqalar ta’minlandi. Ayniqsa, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining tashkil topi-shiga /1894/ va zamonaviy Olimpiya o‘yinlarining /1896/ 100 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan Respublika ilmiy-nazariy anjumanlari /1994, 1996/ muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1997-2000-yillarda Olimpiya harakati va o‘yinlari bilan bog‘liq ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Maruzalar, amaliy takliflar, ilmiy-nazariy tahlillar anjumanlarning ilmiy to‘plamlarida o‘z ifodasini topdi.


Mamlakatimiz sportchilari 2016-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga puxta hozirlik ko‘rmoqda. BIRINCHI Prezidentning 2013-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu boradagi ishlar tizimli asosda olib borILdi.


Mamlakatimiz sportchilari 2016-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga puxta hozirlik ko‘rdi. Birinchi Prezidentimizning 2013-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu boradagi ishlar tizimli asosda olib borildi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi mustaqilligimiz e’lon qilinganidan atigi bir necha oy o‘tib – 1992-yil 21-yanvarda tashkil etilgan. 1993-yil sentabr oyida Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga a’zo bo‘lgan. Shundan buyon mamlakatimiz sportchilari yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlarida muntazam ishtirok etib kelmoqda.
1996-yilgi Atlanta Olimpiadasidan 2012-yilgi London Olimpiadasigacha, 1994-yili Lillixammerdagi qishki Olimpiadadan 2014-yili Sochida o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarigacha bo‘lgan nufuzli musobaqalarda yurtimiz sportchilari 6 oltin, 5 kumush va 10 bronza medalga sazovor bo‘ldi. Osiyo o‘yinlari, o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlari, jahon universiadalarida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar salmog‘i ham tobora ortib bormoqda.
Birinchi Prezidentimizning 2013-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori bu borada dasturilamal bo‘lmoqda. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida aniq chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, tegishli vazirlik va idoralar, sport federatsiyalari tomonidan izchil ishlar olib borilildi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirish uchun qator tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Yangi boshqarma va bo‘limlar tashkil etildi. Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda qo‘mitaning hududiy vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Joylarda sport tadbirlarini keng miqyosda o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni kashf etish ularning muhim vazifasi etib belgilandi. 


Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish va ushbu musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallash imkoniyati yuqori bo‘lgan istiqbolli sport turlari aniqlanib, ular bo‘yicha federatsiyalarning faoliyati atroflicha o‘rganib chiqildi. Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda ayrim federatsiyalar birlashtirildi. Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan sport turlari bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiyalarga homiylar biriktirildi. 
Davlatimiz rahbarining qarori ijrosi doirasida 2013-yil 2-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi O‘zbekiston olimpiadachilarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Jamg‘arma mablag‘lari respublika sport federatsiyalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlashga yo‘naltirildi. 
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston sportchi va murabbiylariga stipendiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanib, xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan sportchi va ularning ustozlari har oyda rag‘batlantirib borilmoqda. Sportimiz faxriylari, yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan terma jamoalarning maslahatchi murabbiylarining oylik maoshlari ham ushbu jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplandi.
Poytaxtimizda qad rostlayotgan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining yangi binosida so‘nggi pardozlash ishlari olib borilmoqda. Bu yerda O‘zbekiston sportchilarini tibbiy-biologik xizmat va sport psixologiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan markaz tashkil etiladi. Olimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoa a’zolari ana shu markazda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Markazda eng zamonaviy tibbiy uskunalar o‘rnatiladi, mamlakatimiz bilan birga Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya kabi qator davlatlardan taklif etilgan yetakchi shifokorlar faoliyat olib boradi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bunday tibbiy markaz dunyoning sanoqli davlatlaridagina mavjud. 
Sportchilarimiz yil davomida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etib, tajriba va mahoratini oshirib bormoqda. Olimpiya sport turlari bo‘yicha o‘n to‘rtta federatsiya va assotsiatsiyalarga biriktirilgan 106 sport bazasida buning uchun barcha zarur sharoit yaratildi.
Murabbiylarning bilim va malakasini oshirish maqsadida xalqaro o‘quv va ilmiy-amaliy seminarlar tashkil qilinmoqda. Bu mashg‘ulotlarga barcha viloyat va tumanlarda faoliyat ko‘rsatayotgan murabbiylar jalb etilmoqda. Ular xalqaro federatsiyalar va sport tashkilotlarining tajribali mutaxassislari boshchiligida nazariy va amaliy bilimlarini boyitmoqda. Olimpiya sport turlari bo‘yicha xalqaro federatsiyalarda mamlakatimiz mutaxassislari faoliyatini kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratildi.
2013-2014-yillarda mamlakatimizga kelgan Osiyo olimpiya kengashi, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi, Xalqaro og‘ir atletika, boks, qilichbozlik, yengil atletika va gimnastika federatsiyalari, Butunjahon kurash ittifoqi, Osiyo taekvondo ittifoqi, Jahon dopingga qarshi kurash agentligi kabi qator xalqaro sport tashkilotlarining rahbar va vakillari O‘zbekistonda olimpiya xarakatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarga yuqori baho berdi.
2014-yili Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o‘tkazilgan XVII yozgi Osiyo o‘yinlari arafasida tashkil etilgan Osiyo olimpiya kengashining 33-assambleyasida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi O‘zbekistonda olimpiya xarakatini rivojlantirish borasida olib borayotgan ishlari, hamyurtlarimizning Osiyo qit’asida sportni yanada yuksaltirishga qo‘shayotgan hissasi uchun Osiyo olimpiya kengashining eng yuksak mukofotiga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston sportchilarining xalqaro maydonlarda erishayotgan g‘alabalari ham tobora ortib bormoqda. Jumladan, 2014-yili Xitoyning Nankin shahrida o‘tkazilgan II o‘smirlar Olimpiadasida yosh sportchilarimiz 4 oltin, 3 kumush va 3 bronza medaliga sazovor bo‘lib, yurtimiz yoshlari hech kimdan kam emasligi va hech qachon kam bo‘lmasligini yana bir bor butun dunyoga namoyish etdi. 
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo‘lib o‘tgan XVII yozgi Osiyo o‘yinlari va II Paraosiyo o‘yinlarida ham sportchilarimiz Vatanimiz sharafini munosib himoya qildi. Osiyo o‘yinlarida 61 nafar sportchimiz sovrindorlar safidan o‘rin egallagan bo‘lsa, Paraosiyo o‘yinlarida yurtdoshlarimiz 22 bor shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Bundan tashqari, 15 nafar paralimpiyachimiz 2016-yili Rio-de-Janeyroda o‘tkaziladigan XV Paralimpiya o‘yinlarining yo‘llanmalarini naqd qilib qo‘ydi.
O‘tgan mavsumda istiqbolli sport turlari bo‘yicha nufuzli musobaqalar – jahon va Osiyo chempionatlari, o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlari, yozgi Osiyo o‘yinlarida hamyurtlarimiz 59 oltin, 50 kumush va 80 bronza, jami 189 medalni qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, badiiy va sport gimnastikasi, trampolin, erkin, yunon rum va xotin-qizlar kurashi, boks, og‘ir atletika, taekvondo (WTF), dzyudo, akademik, baydarka va kanoeda eshkak eshish, yengil atletika, o‘q otish ustalari erishgan g‘alabalar ushbu sport turlari bo‘yicha imkoniyatlarimiz yuqori ekanidan dalolat berdi.
2015-yilgi sport mavsumi mas’uliyatli musobaqalarga yanada boy bo‘ladi. Mamlakatimiz olimpiyachilari jahon va qit’a chempionatlari, nufuzli turnirlarda Braziliyada o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari uchun kurashadi. Ushbu musobaqalarda sportchilarimiz avvalgilardan-da ko‘proq yo‘llanmalarni qo‘lga kiritib, Olimpiadada yuksak o‘rinlarga sazovor bo‘lishdi.


2021-YILDA TOKIO SHAHRIDA (YAPONIYA) BO‘LIB O‘TADIGAN XXXII YOZGI OLIMPIYA VA XVI PARALIMPIYA O‘YINLARIDA O‘ZBEKISTON SPORT DELEGATSIYASINING ISHTIROKINI TA’MINLASH HAMDA OLIMPIYA SPORT TURLARINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Joriy yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilarining har tomonlama tayyorgarligi va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash, ularda oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan sportchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mamlakatimizda Olimpiya va Paralimpiya harakatlarini yanada rivojlantirish maqsadida:
1. 2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlarida (keyingi o‘rinlarda — Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari) ishtirok etadigan O‘zbekiston sport delegatsiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Turizm va sport vazirligi (A. Abduxakimov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (R. Shaabduraxmanov), O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev) zimmasiga quyidagi vazifalarni bajarish yuklansin:
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashish huquqini beruvchi litsenziyani qo‘lga kiritgan sportchilar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining yakuniy bosqichini samarali va sifatli tashkil etish;
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolarining ishtirok etishi uchun ularni sport anjomlari (shu jumladan, maxsus sport anjomlari), rasmiy libos va sport ekipirovkasi bilan ta’minlash;
Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolarining ishtirokini ta’minlash uchun ularni kuzatish, joylashtirish, tantanali ravishda kutib olish tadbirlarini tashkillashtirish.
3. O‘zbekiston sport delegatsiyasining 2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan yozgi XXXII Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi va ishtirok etishi xarajatlari smetasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
2021-yil 24-iyun holatiga Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashish huquqini beruvchi jami 101 ta litsenziya qo‘lga kiritilgan;
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari boshlangunga qadar olimpiya sport turlari bo‘yicha qo‘shimcha kvotalar ajratish, paralimpiya sport turlari (paradzyudo, parapauerlifting, parasuzish, paraakademik eshkak eshish va boshqalar) bo‘yicha qo‘shimcha 17 ta litsenziyani qo‘lga kiritish kutilmoqda.
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini sifatli tayyorlashni tashkil etish bo‘yicha Respublika komissiyasi (A. Aripov)ga Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari boshlangunga qadar ularda qatnashish huquqini beruvchi qo‘shimcha litsenziyalar sonidan kelib chiqib mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan 1 va 2-ilovalarga tegishli ravishda komissiya bayoni bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
Respublika komissiyasi Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik qilish va ishtirok etishning aniq miqdorini belgilasin.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
a) Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
oltin medal uchun — 200 000 AQSh dollari;
kumush medal uchun — 100 000 AQSh dollari;
bronza medal uchun — 50 000 AQSh dollari;
b) mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
6. Milliy antidoping agentligi (N. Tursunov) Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida:
sportchilar tomonidan antidoping qoidalariga qat’iy rioya qilinishi ustidan samarali antidoping nazoratini amalga oshirsin;
O‘zbekiston sport delegatsiyasini antidoping mavzulariga oid tegishli o‘quv-axborot materiallari va turli ko‘rgazmali ma’lumotlar bilan ta’minlasin.
7. Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) O‘zbekiston sport delegatsiyasining Narita xalqaro aeroportida immigratsiya nazoratidan o‘tishiga ko‘maklashsin.
8. Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov):
O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolarining Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashishi uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini ta’minlasin;
kuzatish va kutib olish tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlash va jamoat tartibini saqlash, shuningdek, O‘zbekiston sport delegatsiyasi transport vositalarining Toshkent shahar hududida kuzatuvini tashkil etish bo‘yicha zarur tashkiliy choralarni ko‘rsin.
9. Transport vazirligi (I. Maxkamov):
Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi talabnomalariga asosan joriy yilning iyul — sentyabr oylarida Tokio shahriga reyslar tashkil etilishi, shuningdek, O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun aviachiptalar bron qilinishini;
“Toshkent-Tokio-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslari tashkil etilishi va amalga oshirilishini;
O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tegishli bo‘lgan sport anjomlari va jihozlarining Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti orqali bepul o‘tkazilishini;
Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining umumiy zalida “yashil yo‘lak” tashkil qilish va mazkur yo‘lak orqali O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolarini kuzatishni ta’minlasin.
10. Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov) O‘zbekiston sport delegatsiyasi va ularning qo‘l yuklari (sport ovqatlari, sport anjomlari, jihozlar, tibbiy asbob-uskunalar va preparatlar hamda boshqalar) bojxona nazoratidan o‘tkazish va rasmiylashtirish ishlari tezkorlik bilan amalga oshirilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (R. Shaabduraxmanov) hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev) “Dori-Darmon” AK (U. Salixbayeva), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) bilan birgalikda O‘zbekiston sport delegatsiyasini zarur bo‘lgan jihozlar, tibbiy asbob-uskunalar va preparatlar bilan ta’minlasin.
12. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov) sportchilarning Olimpiada oldi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtiroki to‘g‘risida qisqa metrajli videoroliklar hamda maxsus ko‘rsatuvlar tayyorlanishini va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
13. Turizm va sport vazirligi (A. Abduxakimov) O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (R. Shaabduraxmanov) va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev) bilan birgalikda besh kun muddatda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari davomida tashkiliy ishlarni tezkorlik bilan hal qilish va muvofiqlashtirish maqsadida milliy shtablarni tashkil etsin va faoliyatini yo‘lga qo‘ysin.
14. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasiga Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun sport anjomlari, jihozlar, uskunalar, delegatsiya rasmiy liboslari, sport kiyimlari (ekipirovkasi), sport tibbiyoti jihozlari, tibbiy-biologik preparatlar xarid qilish bo‘yicha xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalarni, shuningdek, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari bo‘lib o‘tadigan sport bazalari, yotoqxona, sport zallari va sport jihozlari ijaralari to‘g‘risida hamda ovqatlanishni tashkil qilish yuzasidan shartnomalarni, istisno tariqasida, davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida tegishli e’lon joylashtirmasdan va elektron savdolarsiz, tendersiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri rasmiylashtirish va to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat berilsin.
15. Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A. Abduxakimov O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hamda sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ni jalb etgan holda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritsin:
a) bir oy muddatda — olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, bu borada kollejlardagi sport ta’lim yo‘nalishlarining olimpiya sport turlari bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning yangi tizimini joriy qilish, trener va mutaxassislarni moddiy rag‘batlantirish tizimini yaxshilash bo‘yicha;
b) 2021-yil 1-dekabrga qadar:
jamoaviy sport turlari (basketbol, gandbol, chim ustida xokkey, voleybol va boshqalar)ni rivojlantirish va ommalashtirish, bu borada iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) tizimini joriy qilish, tuman (shahar), viloyat, respublika va xalqaro musobaqalar va turnirlarni tashkil etish hamda o‘tkazish, trener va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha;
suv sporti turlari (suv polosi, suzish, sinxron suzish, suvga sakrash va boshqalar)ni rivojlantirish, suv sporti saroylarini barpo etish, xususiy suv sporti maktablarini tashkil etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi R.M. Shaabduraxmanov va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi M.M. Tashxodjayev belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish