Sport tashkilotlari va ularning boshlang‘ich jamoalarida smeta tuzish tartiblari.
O‘quv yurtlariga ega bo‘lgan vazirliklar, qo‘mitalar va boshqa davlat tasarrufidagi tashkilotlar jismoniy tarbiya va sport ishlariga yuqorida qayd etilgandek pul ajratadi va sarflaydi.
Iqtisodiy islohotlar va bozor munosabatlarining turli bosqichlarida sport sohasida xo‘jaliklarni yuritish, sport inshootlari va buyumlarini ijaraga berish, pullik xizmatlarni tashkil qilish, tijorat ishlarini yuritishni davr taqozo etmoqda. Bunday tadbirlarni tashkil qilish, tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlantirishda , «To‘qimachi», «Yoshlik», «Paxtakor». «Navbahor», «So‘g‘diyona», «Neftchi» va boshqa ko‘pgina klublar katta faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular barcha faoliyatlarini pul bilan ta’minlashda to‘la imkoniyatlarga egadir. Ya’ni o‘z o‘zini ta’minlash xo‘jalik hisobidagi jamoalardan hisoblanadi.
Bunday ish tajribalari hozirgi kunda ham ma’lum darajala keng qo‘llanilmoqda. Masalan, Futbol federatsiyasi, Boks federaiiyasi, O‘zbek kurash assotsiaiiyasi va boshqalarga davlat tashkiloti rahbarlari boshchilik qiladilar. Boshqarish va moliyalashtirishning bunday usullari katta va ommaviy sportning rivojlanishiga hissa qo‘shishi turgan gap.
Yuqorida davlat budjeti to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Budjet bu maxsus moliyaviy hujjat bo‘lib, kelgan daromadlarning yig‘indisi va uni sarflash tartibidir. Bu qonuniy, huquqiy, moliyaviy hujjat kasaba uyushmalari, konsernlar, assotsiatsiyalar, turli uyushmalarda ham mavjud. Bunday budjetlarda boshqa sohalar kabi jismoniy tarbiya va sportga ajratilgan mablag‘lar aniq belgilanadi. Bunday idoralar va tashkilotlarning jismoniy tarbiya va sportga ajratadigan pul mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasining mehnat kodeksida bevosita talqin qilingan.
Respublika kasaba uyushmalari «O‘zbekiston» sport jamiyati, «Dinamo», «Yeshlik», «Talaba», «Vatanparvar» sport jamiyatlarining o‘z budjetlari mavjud. Ular o‘z xazinalarini quyidagi manbalardan to‘ldiradi:
Jamiyat a’zoligi badallari.
Pullik xizmatlar, jamg‘armalar hamda homiylarning ajratmasi.
Tijoratdan tushumlar.
Budjetdagi mablag‘lar quyidagi sohalarga sarflanadi:
Sport va o‘yin maydonlarini qurish, ta’mirlash.
Sport buyumlari va jihozlarini xarid qilish.
Sport musobaqalari va ommaviy sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish.
Murabbiylar va xo‘jalik xodimlari hamda rahbarlarga ish haqi berish.
O‘quv mashg‘ulotlari, yig‘iknlar tashkil qilish.
Bu harajatlar maxsus moliyaviy hujjat — smeta orqali amalga oshirilada. Smeta tashkilotlar va jamiyatlarning ish sohasiga qarab turli xil moddalardan tuzilgan bo‘lishi mumkin.
Quyida o‘quv yurtlari smetasidan namuna keltiriladi.
- ish xaqi
01.2.00 - ish xaqidan to‘lovlar
01.3.00 - yo‘llanma, turli xizmatlar
01.4.00 - kommunal xizmatlar uchun xarajatlar
01.5.00 - aloqa xizmatlari xarajatlar
01.6.00 - joriy remont uchun xarajatlar
01.7.00 - turli xarajatlar
01.8.00 – asbob uskuna va jihozlar
01.9.00 - turli boshqa xarajatlar (soliqlar va boshqa)
02.0.00 - Foiz to‘lovlar
03.0.00 - Subsidiyalar va boshqa transfert to‘lovlar
04.1.00 - kapital xarajatlar
04.2.00 - qurilish xarajatlari va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |