BOShQARIShNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK ASOSLARI
Reja:
Jismoniy tarbiya va sport harakati jarayonida ijtimoiy-psixologik holatlar.
Boshqarish va ta’lim-tarbiya jarayonlarida o‘zaro munosabatlar.
Tarbiya-boshqarishning muhim bosqichidir. Onglilik va salomatlik muvozanatlarini saqlash, milliy qadriyatlardan foydalanish.
Boshqarishda yetakchilik /liderstvo/ mohiyati.
Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-tarbiyaviy va ma’naviy mohiyatlarini o‘rganish, tadqiq qilish.
Inson ruhiyati uning ijtimoiy turmush va ta’lim-tarbiya jarayonida asosiy omildir. Shu sababdan o‘qitish, tarbiya berish, yoshlarning ma’naviy va jismoniy kamolotini tarbiyalab yetishtirish, ularni kasb-hunarga yo‘llashda ijgimoiy-psixologik va pedagogik jarayonlarga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Bu jihatlar jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarish, ayniqsa iqtidorli yoshlarni sportga jalb etish, sportchilar ma-horatini oshirish, ularni sport musobaqalariga ruhiy jihatdan tayyorgarliklarini ta’minlash eng muhim pedagogik jarayon hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil martdagi «Respublika Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil qilish to‘g‘risida»gi qarori mam-lakatimizda milliy qadriyatlarni tiklashni takomillashtirish masalalarini e’tiborga olib qabul qilindi. Bu esa aholini, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarni milliy madaniyatimizni rivojlantirish, ulkan adiblar asarlari va madanny meroslarini qunt bilan mutolaa qilishga da’vat etadi. Buning uchun barcha jamoalardagi kabi jismoniy tarbiya harakatida ham ta’lim-tarbiya va madaniy ishlarni yaxshnlashni taqozo qiladi.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda xalq pedagogikasini takomillashtirishda yetuk mutafakkir olimlarning hisoblari kattadir. Ilmiy-pedagogik meroslarimizni ta’lim tizimiga kiritish va ulardan keng foydalanish fikrlarini olg‘a surdilar.
Jahon xalqlari tarixi va pedagogikasida o‘chmas iz qoldirgan buyuk allomalar Abu Ali ibn Sino, Ismoil Buxoriy, Naqshbandiy, Alisher Navoiy va boshqa sharq olimlarining ma’naviy-marifiy hamda ilmiy-pedagogik meroslari o‘quvchi - yoshlar va mehnatkashlar orasida targ‘ib qilinmoqda.
Sport jamoalarining faoliyatini ijtimoiy-ruhiy jihatdan o‘rganish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishda yetuk yirik olimlarimiz o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Sport tashkilotlari faoliyatini boshqarish va ommaviy sog‘lomlashtirish musobaqalarini tashkil etishda rahbar xodimlar, mas’ul tashkilotchilar /hakamlar, xiz-matchilar, vakillar va hokazolar/, jamoalar umumiy qoidalarga itoat etish, o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lish, sport musobaqalari qoidalariga to‘la rioya qilish, etik-estetik me’yorlarni bilish kabi talablarni bajaradilar.
Sport jamoalari faoliyatida, asosan, quyidagi ijtimoiy-ruhiy va pedagogik jarayonlar muntazam ravishda mavjuddir:
Jamoa rahbari /sport qo‘mita yoki sport jamiyati/ voqelikni kuzatadi.
Murabbiy o‘yinlar va barcha mashg‘ulotlarni tashkil qilish jarayonida ularni kuzatib, tahlil qiladi.
Jamoa ishtirokida rahbarlar va murabbiylar barcha faoliyatlarni, shuningdek, o‘yin /musobaqa/ natijalarini birgalikda muhokama qiladilar.
Muhokama jarayonida g‘oliblar taqdirlanadi va rag‘batlantiriladi. Mag‘lublar tegishli vazifalarni oladilar.
Bu jarayonlar ijtimoiy-psixologik va pedagogik jihatdan bir-biriga chambarchas bog‘lanib ketganligi uchun maqsad bu faoliyatlarni to‘g‘ri uyushtirish, aniq yo‘nalishlar berish, kelgusi ish samaralarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shu jihatdan ham tatabalar va barcha yosh mutaxassislar sportning turlariga karab bu faoliyatlarni chuqur o‘rganishlari, amaliyot jarayonlarida qayta-qayta tajribalardan o‘tkazishlari zarur, toki ular uchun mazkur faoliyatlar odat, ehtiyoj tusiga kirsin.
Jahon sporti harakati, qolaversa, respublikadagi jismoniy tarbiya harakati tajribalarida jamoa, rahbar guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va rasmiy munosabatlar tabiiyligi ma’lum. Ular ish faoliyatini yaxshilash, munosabatlarni mustahkamlash, yuqori samaralarga erishishga qaratilgan bo‘ladi. Bu jarayonlar hayotda oson kech-maydi. Chunki har bir raxbar va ijpochining o‘ziga xos fe’l-atvori, xususiyati, istagi. maqsadi, imkoniyati bo‘ladi. Shu asnoda aytish kerakki, sobiq Ittifoq davrilarida O‘zbekiston juda ko‘p iqtidorli murabbiylar, sportchilar /futbol, kurashda ko‘proq edi/ taklif etilgan. Bu masala katta shartnomalar evaziga hal bo‘lgan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ham murabbiylar va sportchilar o‘rtasida rasmiy shartnomalar tuzilib, ular rahbar tashkilotlar orqali hal etilmoqda. Bu ham o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik jarayonlarni vujudga keltiradi.
Sport jamoalarida shaxs tushunchasi katta ahamiyatga molik bo‘lib, murabbiy o‘zi xoxlagan sportchilarni tanlashi va ular bilan muloqotlar tashkil qilishi mumkin. Bu tabiiy hol. Sportchilar ham shaxs sifatida o‘z istaklari va xohishlariga ega bo‘lishlari, shu asosda muloqot va o‘yinlarda qatnashishlari mumkin. Bu murabbiy va sportchi o‘rtasidagi raqobat, muloqot va boshqa pedagogik jarayonlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni taqozo qiladi. Shu jihatdan sport jamoalarida faqat ixtisoslik bo‘yichagina ishlar olib borilishi yetarli bulmaydi. Shuning uchun ular bilan ijtimoiy-psixologik va pedagogik jihatdan ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish, g‘oyaviy, siyosiy va madaniy tadbirlarni yo‘lga qo‘yish zarur. Bu jihatdan bolalar va o‘smirlar sport maktablari va o‘quv yurtlari, ish-lab chiqarish korxonalari, sport klublari to‘garaklarida tartibli ravishda tashkil qilish, ularni yoshliqdan tarbiyalash kerakdir.
Sport jamoalarining o‘quv mashg‘ulotlari va bevosita sport musobaqalari jarayonila maxsus ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilganiga ancha bo‘ldi. Bu sohada ko‘p taniqli olimlar va yosh mutaxassislar tadqiqotlar o‘tkazib ijobiy natijalarga erishgan. Ularning ta’kidlashicha sportchilar quyidagi toifalarga bo‘linadi.
Eng yuqori malakali sportchilar/xalqaro toifadagi sport ustalari/.
Yuqori darajadagi sportchilar /sport ustalari/.
O‘rta me’yorli sportchilar /1-razryadlilar/.
Oddiy sportchilar /2-3-razryadlilar/.
Sportga endigina qadam quyganlar.
1980 yil Moskvada bo‘lib o‘tgan XXII Xalqaro Olimpiya o‘yinlari hamda keyingi yillarda Moskva, Leningrad, Kiyev, Toshkent va boshqa yirik shaharlarda o‘tkazilgan rasmiy xalqaro sport musobaqalari hamda O`zbskiston Respublikasi xalqlari spartakiadasi, o‘quvchilar va talabalarning spartakiadalari, universiadatari paytida qator ilmiy tadqiqot ishlari o‘tkazilganligining guvohimiz. Bu tadqiqot jarayonlarini tashkil qilish va bevosita o‘rganishda quyidagi xislatlarni aniqlashga muyassar bo‘lingan:
«Eng yaxshi murabbiylarning qaysi jihatlari sizga ma’qul?» — degan savol-javoblarda yuqori darajali sport-chilar talabchanlik odamiylik, hozirjavoblik kabi his-latlarni ko‘rsatganlar.
«Murabbiylarning qaysi jihatlari sizga ma’qul emas?» — degan savolga yuqori darajali sportchilar qo‘pol o‘zini tutolmaydigan, mag‘lubiyatda o‘zini yo‘qotib qo‘yadi-gan va hokazolar deb ko‘rsatganlar.
Sportga endi qadam qo‘ygan yoshlardan «Murabbiylarning qaysi xislatlari sizga yoqadi?» — degan savolga yaxshi muomala qilish, mashqlarni doimo o‘zi ko‘rsatib berishi,yaxshi o‘rgatishi yoqishini ta’kidlaganlar. «Murabbiyning qaysi tomonlarini yoqtirmaysiz?» — degan savolga esa barchaga barobar muomala qilmasligi, do‘q urishi, xatolarni tuzatishda dag‘a’tik qilishi va hokazolarni ko‘rsatishgan.
Yuqorida qayd etilganidek. jamoada murabbiy va o‘yinlar /mashqlar/ jarayonlari yaxlit ijtimoiy - psixologik va pedagogik jarayondir. Sportchilarning o‘z murabbiylariga bergan baholari o‘ta haqqoniy va tug‘riligiga hech qanday shubha bo‘lishi mumkin emas, chunki haqiqatdan ham murabbiylarning ruhiy va jismoniy holatlari doimo o‘zgarib turadi. Vazmin, donishmand va katta tajribali murabbiylar hamma sportchilarga yoqadi. Shu jihatdan olganda, talabalar, yosh murabbiylar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari yaxshi rahbar, murabbiy bo‘lishga intilish-lari, hayotiy ish tajribalarni o‘zlarida mukammal shakl-lantirishlari lozim.
Sport jamoalari rahbarlari, murabbiylar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari ta’lim-garbiya ishlarini yaxshi-lashda barcha sport mashg‘ulotlari jarayoni va avvaldan mo‘ljallangan vaqtlarda suhbatlar o‘tkazishni yaxshi yo‘lga qo‘yishlari lozim. Bunda:
sport mashg‘ulotlari va o‘yindari /musobaqalar/ ijtimoiy-psixologik va pedagogik jarayonlarga aniq qaratilishi;
oldiga aniq vazifalar qo‘yilishi;
suhbat rejalari aniq va ehtiyojga yarasha bo‘lishi;
suhbatning ta’sirli bo‘lishi uchun vaqt va joy mos kelishi;
suhbat jarayonida aniq maqsadlarga erishish;
olingan axborotlar. ma’lumotlar dalil sifatida aniq va to‘g‘ri haqqoniy bo‘lishi;
suhbatda maqsadga erishilgach, uni darhol to‘xtatish, boshqa vaqtda davom ettirishga ehtiyojni uyg‘otish kerak bo‘ladi.
Suhbatlar ma’lum masalalar bo‘yicha chegaralangan, maqsadga qaratilgan va erkin holda bo‘lishi kerak. Imkoni boricha suhbatda barcha qatnashchilar o‘z fikr-mulohazala-rini izhor qilishlari kerak. Uning yakunida doimo barchadan qanoat hosil qilishi va yana davom ettirishga qiziqish uyg‘otishi zarur.
Xulosa qilganda, jismoniy tarbiya jamoalari, sport-klublari, sport jamoalari va aholi o‘rtasida maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ishlar muhim ahamiyatga egadir. Rahbar xodimlar, murabbiylar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari. jamoati xodimlar va sport ixlosmandlari jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish va sport musobaqalarini uyushtirish jarayonlarida e’tiborlarini ma’naviy-ma’rifiy va madaniy faoliyatlarni yaxshilashga qaratish lozim. Sportchilar va tomoshabinlar, murabbiylar va sportchilar hamda tashkilotchi hakamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar eng yuqori saviyada bo‘lishiga qaratilishi lozim. Buning uchun barcha sport jamoalarida, ayniqsa, bolalar va o‘smirlar sport maktablarida, sport mashg‘ulotlarini tashkil qilish jarayonlarida ta’lim-tarbiya ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilishi, umum madaniyat va milliy ma’anaviyatimiz durdonalari, yetuk allomalarning ilmiy-pedagogik meroslari o‘quvchi-yoshlarga singdirilishi kerak. Talabalar bu jarayonlarni chuqur o‘rganishlari va o‘zlarida to‘la mujassamlashtirishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |