Insoniy sifatlar – insoniylik, ezgulik, chidamlilik, vijdonlilik, xalollik, javobgarlik, beg’arazlik, saxiylik, xurmat, xayrixoxlik va x.k.
Insonparvarlik – insonni ulug’lash va sevish, kishiga g’amxo’rlik, gumanizm, insoniylikning barcha tamoyillari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratish ma’nosini anglatadi.
Insof – adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg’usi, xalollik, tenglik, sofdillik va xaqiqatgo’ylikdir.
Intizom – maqsadga erishishda, qilinayotgan ishlarda keragicha va maslaxatga muvofiq doimiy ravishda bajariladigan xatti-xarakat.
Iroda – insonning bir maqsad sari ongli intilishi, boshlangan ishni oxirigacha yetkazish qobiliyati, bilimlar tajribalar, kuzatishlar, tarbiya va o’z-o’zini boshqarishning natijasidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |