Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari – faoliyat ko’rsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan, bolalar, o’smirlar, ijodiyot saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar sog’lomlashtirish muassasalari.»1
Ta’lim muassasalariga rahbarlik qilishning eng asosiy tamoillaridan biri bu albatta rejalilik tamoilidir. Bu tamoil yordamida tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda izchillik va uzliksizlikka erishiladi. Bu esa jamoa tamonidan olib borilayotgan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning istiqbolli tamonlarini ko’rsatib turadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar quyidagi hamkorlik tizimi asosida rejalashtirilishi pedagogik samaradorlikka erishtiradi Bular:
- tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari rahbarligida;
- sinf rahbarlari ishtirokida;
- metodik birlashmalar ishtirokida;
- tajribali o’qituvchilar ishtirokida;
- maktab kutubxona raxbariyati ishtirokida;
- o’quvchi-yoshlar tashkiloti yetakchilari ishtirokida;
- o’quvchilar uyushmasi raxbarlari ishtirokida;
- ota-onalar komiteti a’zolari ishtirokida;
- to’garak rahbarlariningishtirokida;
- yoshlar saroylari xodimlari ishtirokida;
- yosh texniklar saroylari xodimlari ishtirokida;
- yosh tabiatshunoslar uylari xodilari ishtrokida;
- turli sport to’garak va maktablarining murabbiylari iishtirokida;
- san’at va musiqa maktablarining o’qituvchilari yordamida tuzish va bu rejani maktabning yig’ilishida muhokamadan o’tkazib tasdiqlatib olish kerak.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish o’ziga xos qoidalarga egaligi B. Normurodova tomonidan tayyorlangan «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» deb nomlangan o’quv qo’llanmada quyidagicha bayon qilingan.Bu “
Har bir sinf jamoasining tarbiyalangan darajasini o’rganish.
O’quvchilarning oilavny hayoti, ota-onaning farzand tarbiyalashdagi burchi va vazifasini qanday his etishi.
Kundalik o’zgarishlarga o’quvchilarshshg munosabati.
O’quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an’analar haqidagi bilim darajasi.
Qomusiy ma’rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi zamon shoir, yozuvchilarning ijodiyotidan namuna bilishlari. Mazkur qoidalar bog’chada sodda holda qo’llaniladi.
Yuqoridagilarni aniqlashda suhbat, anketa usullaridan foydalanish o’rinlidir. Shundagina har bir o’qituvchi-tarbiyachilarning betakror, bir-biriga o’xshamagan tarbiyaviy tadbir rejalari bunyodga keladi. Bunday rejalar tarbiyaviy ta’sirga ega bo’lib maqsadga erishtira oladi.»
Do'stlaringiz bilan baham: |