JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MUSTAQIL ISH
LOGOPEDIK TEXNOLOGIYA.
Mavzu
:
Logopedik tekshiruvning asosiy
bosqichlari
.
Bajardi: Defektologiya yo’nalishi talabasi
Uralova Luiza Shuxratovna
.
Logopedik tekshiruvning asosiy
bosqichlari.
Reja:
1.
Turli rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni saralash.
2.
Logopedik tekshiruvning predmeti, obyekti, subyekti.
3.
Logopedik tekshiruvning maqsadi va vazifalari
.
Turli rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar maktabgacha yoshdagi va
maktab yoshidagi bolalar bilan korreksion rivojlantiruvchi ishlar tashkil etiladi.
Korreksion rivojlantiruvchi ishlarda psixolog, logoped, tarbiyachi, nevrapotolog,
psixonevrolog kabi mutaxasisslar bilan olib boriladi. Tajribadan ma’lumki, turli
rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalardagi kamchiliklarni bartaraf etishda ularning
yosh xususiyatlari inobatga olgan holda takshkil etiladi. Ayniqsa bolani bog‘cha
yoshida erta korreksion rivojlantiruvchi ishlarni olib borish, bu bolani hayotga erta
moslashtrishni ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bо‘g‘ini sifatida
О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash
uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart sharoitlar yaratadi,
bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota onalarga
yordam beradi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetguncha oilada hamda
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim
tarbiyasiga qо‘llaniladigan davlat talablariga muvofiq, jismoniy, ma’naviy va
intellektual jihatdan maktabda о‘qishga tayyorlashni nazarda tutatadi.
Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim takshilaotlarining
vazifalar hisoblanadi:
Maktabgacha ta’limga qо‘yiladigan davlat talablari hamda ular
asosida ishlab chiqilgan ixitisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida ta’lim tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlariga
qо‘yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta’lim tarbiya olishlarini
va korreksion pedagogik ishni ta’minlash;
Korreksion ta’lim tarbiya jarayonini shaxsga yо‘naltirilgan, individual
tarzda tashkil etish;
Uralova Luiza Shuxratovna
Bolaning ijtimoiy xissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi
uchun zarur korreksion –rivojlantiruvchi ta’lim tarbiya muhitini
yaratish;
Bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf
etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni tashkillashtirish;
Bolalarni ijtimoiy hayotga va maktab ta’limiga sifatli tayyorlash.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga jismoniy yoki psixik
rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan 3-7 yoshdagi bolalarning quyidagi toifalari qabul
qilinadi:
1.Nutqida nuqsoni bо‘lgan bolalar; (alaliya, bolalar afaziyasi, rinolaliya,
dizartriya, duduqlanish nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalar)
2.Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar; (1-4 guruh karlik va zaif eshituvchi
bolalar)
3.Kо‘rishida nuqsoni bо‘lgan bolalar;(kо‘zi ojizlar, zaif kо‘ruvchi bolalar)
4.Psixik rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar;(psixik rivojlanishning orqada
olishi, psixik nutqiy rivojlanshining orqada olishi, bolalar autizmi)
5.Aqliy rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar;( aqliy rivojlanishida orqada
qolishning yengil darajasi, aqliy rivojlanishida orqada qolishning о‘rta darajasi)
6.Tayanch harakatlanish a’zolarida nuqsonlari bо‘lgan bolalar (ortopedik
jarohatlarning asoratlari, idiopatik о‘zgarishlar( bо‘yin, kо‘krak,umurtqa).
Turli rivojlanshida nuqsoni bо‘lgan bolalar bilan tashkil etiladigan logopedik
ishlarda logopedik tekshiruvning ahamiyati juda kattadir. Logopedik tekshiruvda
bolaning barcha nutq komponentlari va nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari
о‘rganiladi.
Logopedik tekshiruv ishlarining samarali natijasi asosan maxsus maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida kо‘proq kо‘zga tashlanadi. Maxsus maktabgacha ta’lim
tashkilotlari faoliyati maxsus dastur asosida ishlab, dastur 4 ta о‘quv yiliga
mо‘ljallangan bо‘lib, о‘quv yili boshidan 2 hafta davomida olib borilgan
Uralova Luiza Shuxratovna
tekshiruvdan sо‘ng tanlab olinadi. Bolalarning har tomonlama dastur materiallarini
qay darajada о‘zlashtirishlarini tekshirish uchun yilning oxirida vaqt ajratiladi.
О‘qish kuni 2 sentabrdan 31 maygacha davom etadi. 1 iyundan 31 avgustga qadar
yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi.
Mashg‘ulotlar jadvali 5 kunlik ish kuniga mо‘ljallab tuzilib, defektolog va
tarbiyachilar tomonidan nutq о‘stirish, tevarak atrof bilan tanishtirish, badiiy
adabiyot bilan tanishtirish, matematika, tо‘g‘ri talaffuzga о‘rgatish, tasviriy
faoliyat bilan tanishtirish, qurish-yasash, mehnat, jismoniy tarbiya, о‘yin
mashg‘ulotlari olib boriladi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, maqsadga erishish
uchun muayyan korreksion ta’lim-tarbiya ishlarga kompleks yondoshilib, ya’ni
davolash tadbirlarini pedagogik ish jarayoni bilan chambarchas bog‘lab olib borish
kerak.
Bolalar ta’lim-tarbiyasiga qо‘yiladigan asosiy vazifalarni о‘z oldiga maqsad
qilib qо‘yadi.
1.
Bolalarning umumiy rivojlanishini shakllantirish.
2.
Mavjud kamchiliklarini korreksion-pedagogik va tibbiy sog‘lomlashtirish
usullar orqali bartaraf etishga erishish;
3.
Ijtimoiy hayotga moslashtirish;
4.
Bolalarni maktab ta’lim-tarbiyasiga tayyorlash.
Logopedik tekshiruvning predmeti: turli xil rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan
bolalarda nutq shakllanishi xususiyatlariga va nutq kamchiliklarini aniqlashdan
iborat.
Logopedik tekshiruvning obyekti: nutqiy va nutqiy bо‘lmagan jarayondir.
Logopedk tekshiruvning subyekti: nutqida nuqsoni bо‘lgan shaxs (bola).
Zamonaviy pedagogik tajriba shuni kо‘rsatadiki, о‘qituvchi bilan о‘quvchi
о‘rtasida munosabat subyekt – subyekt sanaladi. Shu boisdan ham nutqida nuqsoni
bо‘lgan bola obyekt emas, subyekt hisoblanadi.
Logopedik tekshiruvning maqsadi: bolada kuzatiladigan nutq kamchiliklarining
rivojlanishi olidini olishda korreksion rivojlantiruvchi ishlarni aniqlash va bolaga
Uralova Luiza Shuxratovna
tо‘g‘ri ta’lim tarbiya berish.
Logopedik tekshiruvning maqsadidan kelib chiqgan holda vazifalar belgilanadi:
1.
Ta’lim tarbiya jarayonini olib borishda aniq reja asosida nutq
kamchililiklarini bartaraf etishda korreksion logopedik ishlarni tashkil
etilish.
2.
Chuqur о‘rganish orqali bolada kuzatiladigan salbiy xusuisyatlarni aniqlash.
3.
Pedagogik faoliyat davomida nutq kamchiliklarini aniqlash va ularda
kuzatiladigan о‘zgarishlarni belgilash.
Do'stlaringiz bilan baham: |