Erkin zarba maydonning qoida buzilgan joyidan o’yinga kiritiladi. Intizomiy jazolar
Ogohlantirish ko’rsatish bilan jazolanuvchi qoida buzilish holatlari
Agar o’yinchi quyidagi 7 qoida buzilish holatlarining birini sodir etsa, xakam tomonidan sariq kartochka ko’rsatish orqali ogoxlantiriladi:
sport qoidalariga xilof ravishda harakat qilsa;
so’zlari yoki harakatlari orqali hakamning qaroriga norozilik bildirsa;
o’yin Qoidalarini doimiy ravishda buzsa;
sun’iy ravishda o’yinni davom etishiga halaqit qilsa;
burchak, jarima to’pi yoki erkin zarba amalga oshirilayotgan paytda masofaviy joylashishni buzsa;
hakamning ruxsatisiz maydonga chiqsa yoki maydonga qaytsa;
hakamni ruxsatisiz ongli ravishda maydonni tark etsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |