“Taksonomiya”
tushunchasi grekcha - tartib bilan joylashtirish bo`lib, biologiya
fanidan olingan. U obyektlarni, ularning o`zaro bog`liqligiga asoslanib va
toifalari murakkablashib boradigan ketma-ketlikda joylashtirib turkumlash va
tizimlashtirishdir. Blum taksonomiyasini qo`llash, o`qitish maqsadlarini
umumlashgan holda bayon qilish imkoniyatini beradi. Undan foydalanilganda
pedagog maqsadlarni ajratadi va aniqlashtiradi hamda tartibga soladi. Bu
taksonomiya yordamida pedagog nafaqat o`quv maqsadlarini aniqlashtirishga,
balki ularni o`zaro bog`liq bo`lgan qat’iy kema-ketlikda joylashtirishga muvaffaq
bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |