1.Loyiha texnologiyasi haqida tushuncha.
Loyihaviy ta’lim - ta’lim modeli bo`lib, unda o`qituvchi tomonidan loyihalash ko`rinishiga ega, muammoni izlash, uni tadqiq etish va hal etish, muayyan, beqiyos, shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega natija (mahsulot)ga erishish, uni ommaviy taqdim etish va jamoatchilik tomonidan baholanishini tashkil etish va rejalashtirishni anglatuvchi, mustaqil o`quv faoliyati tashkil etiladi.
Loyiha (design - dizayn) - ba'zi murakkab ishlanmalarni yaratish bo`yicha
hujjatlar yig`indisi.
Loyiha (projekt) - tushunchasi kengroq ifodalanib, ma’lum natija (loyihaning beqiyos mahsuli)ga ega maqsadli faoliyatni tashkil etish uchun biror-bir tashkiliy shaklni belgilash uchun foydalaniladi.
Loyihalashtirish - («loyiha» so`zidan) - real natijaga olib keluvchi, qat’iy tartibga solingan harakatlar izchilligini o`z ichiga oluvchi muammoni o`zgartiruvchi faoliyatni anglatadi. Loyiha - ko`pincha iqtisodiy-ijtimoiy yo`nalishda, qurilish, ilmiy ishlarni amalga oshirish xolatlarida qo`llanilgan. Bu atama pedagogikaga XX asr boshlarida kirib kelgan. Bunday yo`nalishdagi o`qitish loyiha asosida istiqbolli o`qitish metodi deb karaladi.
Ta’lim ma’nosidagi loyihalashtirish - o`qituvchi tomonidan o`quvchining muammoni izlash, uni hal etish bo`yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkil etishdan to (intellektual yoki moddiy mahsulotni) ommaviy baholash uchun uni hal etish usulini taqdim etishgacha mustaqil harakat qilishini ta'minlovchi maxsus (laboratoriya sharoitlarida) tashkil etilgan maqsadli o`quv faoliyatidir.
Loyiha asosida o`qitish o`quvchining mustaqil ishlashi, fikr yuritishi, o`zi o`zlashtirib olishini kafolatlaydi. Bu metod o`quv maxsulini olishda samarali bo`lib, o`quvchining o`quv-biluv faoliyatini tashkil etishda keng tavsiya etiladi.
Interfaollikni loyiha asosida tashkil etish hozirgi kunda eng aktual, yuqori samara beruvchi metod sifatida tan olinmoqda. Dars jarayonida loyihalar ustida ishlash aniq-sotsial-ijtimoiy masalalar yechimiga qaratiladi.
Jumladan, ilmiy izlanishlarni, ijodkorlikni, axborotlarni, amaliy masalalarni yechish va hal etishda qulaylik tug`diradi.
Loyiha asosida tashkil etilgan darslarda o`quvchilar fikr almashadilar, izlanadilar, hamkorlikda yechimini topadilar. Loyiha asosidagi darslarning boshqa usullardan farqi shundaki, o`quvchilar axborotlarni izlab topib, qayta ishlab, umumlashtirib o`zlari himoya qiladilar".
Dars loyihalari individual va guruhlarga mo`ljallab tuziladi. Yakka shaxsga qaratilgan loyihalarning afzalligi shundaki: umumo`quv-biluv ko`nikmalarini egallashda o`quvchining o`quv mehnatiga shaxsiy mas’uliyati juda yuqori bo`ladi. Chunki uning pirovard natijasi o`quvchi shaxsining o`zigagina bog`liq bo`ladi.
Loyiha asosida guruhlarga bo`linib darsni tashkil etishda o`quvchilar orasida o`zaro hamkorlik, hamijodkorlik holatlari asosida ish yuritiladi va ishni bunday asosda tashkil etishda dars samaradorligi kafolatlanadi.
Har bir o`quvchi o`zining bor qobiliyatini ishga soladi. Loyiha yechimini topishga faol kirishadi.
Loyihali darslarni tashkil etish juda murakkab jarayon, bunda har bir o`quvchining mustaqil ishlashini tashkil etish muammosi yotadi. Ya’ni qaysi vazifalarni o`qituvchi bajarishi kerak, qaysilarini o`quvchilarning o`zlari xal etishlari kerak va qaysilarini o`zaro hamkorlikda amalga oshirishni oldindan ko`ra bilish kerak, bularning hammasi loyihada ko`zda tutilmog`i talab etiladi.
O`quvchilarning mustaqil ishlashi ko`pgina omillarga jumladan: yoshiga, shaxsiy xarakteriga, moyilligiga, istak-xohishlariga, ilgari loyiha asosida ishlagan-ishlamaganligiga, loyiha mazmunining murakkabligiga, guruhlarda ishtirok etuvchilarning o`zaro munosabatlariga bog`liq bo`ladi. Loyiha asosida dars jarayonini olib borishda o`quvchining imkoniyati, qobiliyati, umumtayyorgarlik darajalari hisobga olinmog`i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |