yo`naltiruvchilik - o`quvchilarni o`quv materialining asosiy holatlariga, uni kelgusi ish faoliyatidagi o`rni va ahamiyatiga diqqat qilishlariga imkon beradi;
axborotlilik - o`qituvchi ma’ruza vaqtida holat, asosiy ilmiy dalillar va xulosalar mohiyatini ochib beradi;
metodologiklik - ma’ruza vaqtida o`qitish usullari taqqoslanadi, ilmiy izlanishning asoslari namoyon etiladi;
tarbiyalovchilik - ma’ruza o`quv materialiga hissiy-baholash munosabatida bo`lishni uyg`otish;
rivojlantiruvchilik - bilim olish qiziqishlarini, ya'ni mantiqiy fikrlash va isbotlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Seminar - ta'lim beruvchini ta'lim oluvchilar bilan faol suhbatga kirishishiga yo`naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun sharoitni ta'minlovchi, o`quv mashg`uloti shakli.
Seminar mashg`ulotining asosiy maqsadi - nazariy materialni (bilimlarini) tartibga solish, amaliy malaka va ko`nikmalarini hosil qilish va bilimlarini nazorat qilishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |