Jizzax davlat pedagogika instituti aqchayev farruh shavkatovich tarix fanini o


Tarix fanidan seminar va amaliy mashg`ulotlar olib borishda quyidagi seminarni tashkil etish va olib borish usullari tavsiya etiladi



Download 7,79 Mb.
bet90/176
Sana29.12.2021
Hajmi7,79 Mb.
#82618
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   176
Bog'liq
TARIX FANINI O`QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR

Tarix fanidan seminar va amaliy mashg`ulotlar olib borishda quyidagi seminarni tashkil etish va olib borish usullari tavsiya etiladi:


1- Rolli hamda ishbop o`yinlar.

Zamonaviy ta’limni tashkil etishda rolli hamda ishbop o`yinlardan samarali foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Talabalarda muayyan faoliyat yuzasidan egallangan nazariy bilimlarni amaliy ko`nikma va malakalarga aylantirish, ularda ta’limiy faollikni yuzaga keltirish, ularni ijtimoiy munosabatlar jarayoniga keng jalb etishda rolli hamda ishbop o`yinlar o`ziga xos o`rin tutadi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida qo`llash nihoyatda qulay bo`lgan bir qator o`yinli texnologiyalar yaratilgandir.

O`yinli texnologiyalar ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlash, talabalarda muayyan faollikni yuzaga keltirish, shuningdek, bilim, ko`nikma va malakalarni hosil qilishga xizmat qiluvchi vaqt oralig`ini qisqartirish, ta’limni jadallashtirishga yordam beradi.

O`yinli texnologiyalardan foydalanishda bir qator psixologik xususiyatlar ham namoyon bo`ladiki, buning oqibatida har bir talaba o`zining shaxsiy imkoniyatlarini namoyish eta oladi, ijtimoiy hayotda o`zi egallagan o`rinni barqarorlashtiradi, o`z-o`zini boshqarish ko`nikmalarini hosil qiladi. O`yinli texnologiyalar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy ko`nikma va malakalarga aylanishini ta’minlabgina qolmay, balki talabalarda muayyan axloqiy, irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga yordam beradi.

O`yinlarni tashkil etishda quyidagi maqsadlar ko`zda tutiladi:


    • ta’limiy (didaktik) maqsad;

    • tarbiyaviy maqsad;

    • faoliyatni rivojlantirishga yo`naltiruvchi maqsad;

    • ijtimoiy maqsad.

O`yin psixopedagogik jarayon sanalib, u quyidagi tuzilmaga ega bo`ladi:



Didaktik o`yinlarning umumiy tavsifi.
O`yinli texnologiyalar turli shaklda bo`lsada, ularning barchasi o`z mazmuniga ko`ra yagona maqsad sari yo`naltirilgan, ya’ni ular talabalarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, kengaytirish, egallangan nazariy bilimlaridan amaliyotda mustaqil va samarali foydalana olish ko`nikmalarini hosil qilish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni uyushtirishga tayyorlash, ijtimoiy faollikni shakllantirish, etuk axloqiy sifatlarni tarkib toptirish, teran va sog`lom fikr, keng dunyoqarash egasi bo`lgan komil shaxsni kamol toptirishdan iborat vazifani hal etadi.


Download 7,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish