Kichik guruhlarda ishlash qoidasi:
Kichik guruhlarda ishlashda o`quvchilar mashg`ulotlarda faol ishtirok etish uchun katta imkoniyatlarga ega bo`ladilar, yyetakchi rollarni bajaradilar (bahsni olib boradilar yoki guruhning ishini namoyish qiladilar, guruh qarorini spiker sifatida barchaga yetkazib beradilar), bir-birlari bilan tajriba almashadilar, turli fikrlarni qadrlashni o`rganadilar.
Barcha muhokamada qatnashishi va o`z fikrini bildirishi, bir-biriga yordam berishi uchun kichik guruhlarda ishlash usuli qo`llaniladi. Guruhlar 5-7 kishidan iborat bo`lib, jamoa bo`lib ishlashni o`rganish uchun vaqti-vaqti bilan guruhlar a'zolari tarkibi o`zgartirib turiladi. Vaqtdan maqsadli foydalanish uchun kichik guruhlarda ishlash qoidalariga va tarkibiga rioya etish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |