Tarix ta'limini tashkil etish shakllari: mohiyati va mazmuni.
Yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar tufayli barcha, jumladan, ijtimoiy - iqtisodiy sohalarda, shuningdek, ta'lim tizimida ham keskin o`zgarishlar yuz bermoqda.
O`zbekistonda ilm-fan, texnika va texnologiyasining so`nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta'lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega.
Bizning yangi avlodimiz, bilimli, o`tmishning har qanday illatlaridan ozod
bo`lgan yoshlarimiz bugungi kunda mamlakatimizni demokratlashtirish va liberallashtirish, uni yangilash va ishonchli tarzda ravnaq toptirishning hal qiluvchi harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormoqda. O`quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o`stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo`naltirilgan bilim olishlarini ta'minlash va kasb-hunar kolleji o`quvchilarining kasb- hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirish, tanlangan kasblar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisoslik olishni ta'minlash, tarixiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida ta'lim tizimining barcha kasbiy sohalarida tarix fanlarini o`qitish muhim hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus hamda Xalq ta'limi vazirliklarining 2010 - yil 1- iyuldagi 6/1 va 4/2-sonli qo`shma hay'at majlisi qarori bilan tasdiqlangan va akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun tarixi fanlaridan uzviylashgan o`quv dasturi sifatida uzluksiz ta'lim tizimiga joriy etilgan bo`lib, o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida o`qitilayotgan amaldagi tarix fanlariga umumiy 160 soat shundan “O`zbekiston tarixi” fani1 dasturida 80 soat ma’ruza va 6 soat seminar, “Jahon tarixi” fani2 dasturida 80 soat ma’ruza mashg`ulotini o`tishga mo`ljallangan.
Metodik qo`llanmada tegishli mavzular o`quvchilarning tanlagan kasbiga bog`lagan holda o`qitilishi, ularda kasbiy ko`nikmalarni shakllantirish va kelgusida o`z sohalari bo`yicha yetuk mutaxassislar bo`lib etishishlari uchun tavsiyalar berilgan. Shuningdek, qo`llanmada kasb-hunar kollejlarida tarix fanini o`qitishning o`ziga xos xususiyatlari, tarix fanidan o`quvdasturi, tarix fanini bilim sohalari bo`yicha kasbga yo`naltirib o`qitish yuzasidan tavsiyalar, tarix fanini o`qitish jarayonida ilg`or pedagogik uslub va texnologiyalarni qo`llash bo`yicha metodik tavsiyalar bayon etilgan.
Hozirgi kunda tarix fanlarini o`qitishning muhim muammolaridan biri bu - maqsadli ta'lim-tarbiyani yo`lga qo`yishdir. Ushbu dolzarb masala xususida Prezident
A.Karimovning “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o`rta maxsus, kasb- hunar ta'lim muassasalarini shunday kadrlar bilan ta'minlash tiizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga ko`ra ta'lim jarayonida ilg`or pedagogik uslub va texnologiyalar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta'lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanish borasida ilgari surilgan vazifalar bugungi kunda ta'limni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Tayyorlangan metodik tavsiyalar o`rta maxsus ta'lim tizimi tarix fani o`qituvchilariga ta'lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy talablarga javob berishi uchun amaliy yordam beradi.
Tarix fanlarini o`qitishda tarixiy bilim, tushuncha va tasavvurlarni egallash, ularni izohlash, ko`nikma va malakani shakllantirish orqali o`quvchilar intellektual qobiliyatlarini jadal o`stirishni, ularga kasb-hunarga yo`naltirilgan bilim berishni ta'minlash va kasb-hunar kolleji o`quvchilarining kasb-hunarga
“O’zbekiston tarixi” fanidan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun o’quv dasturi. O’. Usmonov, SH.Karimov, I. Tursunov, A Qozoqboev. - T., 2010.
“Jahon tarixi” fanidan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun o’quv dasturi. M.F.Lafasov, M.Ochilova, M.Kabirova . - T., 2010.
qiziqishini oshirish maqsad qilib olingan. Tarix fanlarini o`qitishning o`ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, o`quvchilarning tanlagan kasbi bilan bog`liq bo`lgan tarixiy bilim, tushuncha, tassavvurni yanada rivojlantirish hamda o`zining sohasiga doir tarixiy bilimlar bilan tanishtirish ularni hayotga va kasbiy faoliyatiga tatbiq etishni o`rgatishdir.
Orta maxsus ta'lim tizimida fanlarni oqitishda umumiy o`rta ta'lim tizimidan farqli o`laroq, mashg`ulotlarning ma’ruza va seminar (amaliy) shakllari bo`lib, ular quyidagi maqsad va vazifalarga yo`naltirilgan:
Ma’ruza - o`qitishni tashkil etishning yetakchi shakli bo`lib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi:
yo`naltiruvchilik - o`quvchilarni o`quvmaterialining asosiy holatlariga, uni kelgusi ish faoliyatidagi o`rni va ahamiyatiga diqqat qilishlariga imkon beradi;
axborotlilik - o`qituvchi ma’ruza vaqtida holat, asosiy ilmiy dalillar va xulosalar mohiyatini ochib beradi;
metodologiklik - ma’ruza vaqtida o`qitish usullari taqqoslanadi, ilmiy izlanishning asoslari namoyon etiladi;
tarbiyalovchilik - ma’ruza o`quvmaterialiga hissiy-baholash munosabatida bo`lishni uyg`otish;
rivojlantiruvchilik - bilim olish qiziqishlarini, ya'ni mantiqiy fikrlash va isbotlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Seminar - ta'lim beruvchini ta'lim oluvchilar bilan faol suhbatga kirishishiga yo`naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun sharoitni ta'minlovchi, o`quv mashg`uloti shakli.
Seminar mashg`ulotining asosiy maqsadi - nazariy materialni (bilimlarini) tartibga solish, amaliy malaka va ko`nikmalarini hosil qilish va bilimlarini nazorat qilishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |