Osilib turgan, tayanch va oyoqlarda yarim o‘tirgan holatlarda mashqlarni bajarish paytida, shug‘ullanuvchilar osilib turgan, tayanch va oyoqlarda yarim o‘tirganda to‘g‘ri holatni ushlashni hamda ko‘pchilik gimnastika mashqlarda uchraydigan tana va oyoqlar bilan harakat amallarini bajarishni o‘rganishadi.
Osilib turgan, tayanch va oyoqlarda yarim o‘tirgan holatlarda gimnastikachining gavdasi barqaror muvozanatda bo‘ladi. Osilib turgan holatlarda gavdaning umumiy og‘irlik markazi tayanch maydonidan past joylashadi va barqaror holatdan har qanday og‘ish paytida, gavda o‘z og‘irligi ta’siri ostida o‘sha holatiga qaytadi.
Aralash osilib turish holatlarida gavdaning barqarorligi oddiy osilib turgan holatlardagiga nisbatan mustahkam bo‘ladi, chunki og‘irlik markazini tayanchgacha bo‘lgan masofasiga va tayanchning kattaligiga bog‘liq bo‘lgan
gavdaning harakatchanligini darajasi, bunda kichkina. Tayanch maydoni qanchalik katta va undan gavdaning umumiy og‘irlik markazigacha bo‘lgan masofa qanchalik kichkina bo‘lsa, harakatchanlik darajasi shunchalik kichkina, demak gavdaning barqarorligi katta bo‘ladi.
Tayanch va aralash tayanch gavdaning barqaror muvozanati pozalari sifatida qaraladi, chunki ularni bajarish paytida tayanch maydoni yetarlicha katta (ayniqsa, o‘tirgan va aralash tayanchlar holatida), gavdaning umumiy og‘irlik markazi tayanchdan baland joylashmaydi, bir tomonga ham va boshqa tomonga ham barqarorlik burchagi esa, nisbatan katta emas.
Osilib turgan va tayanch holatlarida mashqlarni bajarish paytida, gavda muvozanatining barqarorligi, ortiqcha kuchlanishlarsiz talab qilinadigan pozani qabul qilishi mumkin. Masalan, osilib turish holati to‘g‘ri bo‘lganda gavda rostlangan, qo‘llar va tana o‘rtasidagi burchak to‘g‘ri, yelka kamari maksimal darajada ko‘tarilgan bo‘ladi. Osilib turgan holatda mushaklarning kuchlanishi maksimal darajada bo‘lib, pozani saqlashni va bir qator harakat amallarini bajarishga tayyorlikni ta’minlaydi. Aralash osilib turish holatlarida mushaklarning analogik sharoitda ishlashiga va qo‘llar va tanani o‘zaro to‘g‘ri joylashishini saqlashga doimo intilish kerak.
Tayanch holatlarida gavda rostlangan, yelka kamari tushirilgan, qo‘llar to‘g‘ri holatda bo‘ladi.
Ma’lum qiyinchiliklarni yengib o‘tishga qobiliyatni tarbiyalash paytida, bolalarni o‘ziga o‘zi buyruq berishga o‘rgatish tavsiya qilinadi. Tarbiyalash maqsadida o‘ziga o‘zi buyruq berish, ayrim paytda trenerning buyrug‘iga nisbatan katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunda, o‘ziga o‘zi bergan buyruq albatta bajarilishi kerak, demak o‘z imkoniyatlarini puxta tarzda hisobga olish lozim. O‘ziga o‘zi buyruq berishni ovozni chiqargan holda amalga oshirish kerak, uni o‘rtoqlari va trener ham eshitishlari zarur.
O‘ziga o‘zi buyruq berishga misollar:
«Men orqaga aylanib sakrashni mustaqil bajaraman».
«Nazorat mashqini 9,5 ball darajada bajaraman».
Yosh gimnastikachilar har doim o‘z kuchlarini va sportdagi yutuqlarini o‘rtoqlarining muvaffaqiyatlari bilan solishtirishadi. Ularning har biri eng yaxshi sportchi bo‘lishni istashadi. Bunga erisha olmaganlar qoniqmaganliklarini namoyon qilishadi. Bunday holatda, trener ortda qolishining sabablarini tushuntirishi va ularni bartaraf qilish yo‘llarini ko‘rsatib berishi kerak. Undan tashqari, nazorat tekshirishlarini shunday tashkil qilish kerakki, o‘quvchilar o‘zlarining individual qobiliyatlarini namoyon qila olsinlar va alohida topshiriqlarda yaxshi natijalarni ko‘rsatsinlar.
Yosh gimnastikachilarda o‘zining muvaffaqiyatsizliklarini va ichki kechinmalarini yashirish malakasini tarbiyalash kerak. Bunday holatlarda, o‘quvchini tinchlantirish va o‘ziga ishonchini qaytarish uchun qo‘llab- quvvatlaydigan so‘zlarni aytish kifoya.
Yosh gimnastikachilarni musobaqalarda o‘z raqiblarini hurmat qilishga o‘rgatish kerak. Ular, musobaqalarda yaxshiroq tayyorgarlikka ega bo‘lgan sportchilar g‘alaba qozonishini bilishlari kerak, tayyorgarlik darajasi esa, mehnatsevarlikka, bajariladigan ishga nisbatan munosabatga, eng yaxshi natijalarga erishishga intilishga, ya’ni har bir o‘quvchining shaxsiy sifatlariga bog‘liq.
Mashg‘ulotlarni yaxshi tashkil qilinishi, trener taklif qilgan rejimga rioya qilish, topshiriqlarni bajarishda o‘quvchilarga nisbatan talabchanlik, trenerning shaxsiy o‘rnagi – muvaffaqiyatli tarbiyaviy ishlarning majburiy shartlari hisoblanadi.
Tarbiyaviy ishlarda trener yetakchi rol o‘ynaydi. Uning xulq-atvori, tashqi ko‘rinishi, harakatlari, atrofidagilariga bo‘lgan munosabati o‘quvchilar uchun har doim o‘rnak bo‘lishi kerak. Trenerning obro‘si uning madaniyatiga, aql- zakovatiga, pedagogik mahoratiga, e’tiborligiga va hozirjavobligiga bog‘liq. U, o‘zining o‘quvchilarini va ularning ota-onalarini yaxshi tanishi hamda o‘quvchilari yashaydigan sharoitlarini bilishi kerak. Trener, bolalarni maktabdagi o‘zlashtirishlarini, ko‘chadagi va oiladagi xulq-atvorlarini nazorat qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |