1.1.
Osilib turishlar va tayanchlar
Osilib turgan, tayanch va oyoqlarda yarim o‘tirgan holatlarda mashqlarni
bajarish paytida, shug‘ullanuvchilar osilib turgan, tayanch va oyoqlarda yarim
o‘tirganda to‘g‘ri holatni ushlashni hamda ko‘pchilik gimnastika mashqlarda
uchraydigan tana va oyoqlar bilan harakat amallarini bajarishni o‘rganishadi.
Osilib turgan, tayanch va oyoqlarda yarim o‘tirgan holatlarda
gimnastikachining gavdasi barqaror muvozanatda bo‘ladi. Osilib turgan holatlarda
gavdaning umumiy og‘irlik markazi tayanch maydonidan past joylashadi va
barqaror holatdan har qanday og‘ish paytida, gavda o‘z og‘irligi ta’siri ostida o‘sha
holatiga qaytadi.
Aralash osilib turish holatlarida gavdaning barqarorligi oddiy osilib turgan
holatlardagiga nisbatan mustahkam bo‘ladi, chunki og‘irlik markazini tayanchgacha
bo‘lgan masofasiga va tayanchning kattaligiga bog‘liq bo‘lgan
gavdaning harakatchanligini darajasi, bunda kichkina. Tayanch maydoni qanchalik
katta va undan gavdaning umumiy og‘irlik markazigacha bo‘lgan masofa qanchalik
kichkina bo‘lsa, harakatchanlik darajasi shunchalik kichkina, demak gavdaning
barqarorligi katta bo‘ladi.
Tayanch va aralash tayanch gavdaning barqaror muvozanati pozalari sifatida
qaraladi, chunki ularni bajarish paytida tayanch maydoni yetarlicha katta (ayniqsa,
o‘tirgan va aralash tayanchlar holatida), gavdaning umumiy og‘irlik markazi
tayanchdan baland joylashmaydi, bir tomonga ham va boshqa tomonga ham
barqarorlik burchagi esa, nisbatan katta emas.
Osilib turgan va tayanch holatlarida mashqlarni bajarish paytida, gavda
muvozanatining barqarorligi, ortiqcha kuchlanishlarsiz talab qilinadigan pozani
qabul qilishi mumkin. Masalan, osilib turish holati to‘g‘ri bo‘lganda gavda
rostlangan, qo‘llar va tana o‘rtasidagi burchak to‘g‘ri, yelka kamari maksimal
darajada ko‘tarilgan bo‘ladi. Osilib turgan holatda mushaklarning kuchlanishi
maksimal darajada bo‘lib, pozani saqlashni va bir qator harakat amallarini
bajarishga tayyorlikni ta’minlaydi. Aralash osilib turish holatlarida mushaklarning
analogik sharoitda ishlashiga va qo‘llar va tanani o‘zaro to‘g‘ri joylashishini
saqlashga doimo intilish kerak.
Tayanch holatlarida gavda rostlangan, yelka kamari tushirilgan, qo‘llar
to‘g‘ri holatda bo‘ladi.
Ma’lum qiyinchiliklarni yengib o‘tishga qobiliyatni tarbiyalash paytida,
bolalarni o‘ziga o‘zi buyruq berishga o‘rgatish tavsiya qilinadi. Tarbiyalash
maqsadida o‘ziga o‘zi buyruq berish, ayrim paytda trenerning buyrug‘iga nisbatan
katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunda, o‘ziga o‘zi bergan buyruq albatta bajarilishi
kerak, demak o‘z imkoniyatlarini puxta tarzda hisobga olish lozim. O‘ziga o‘zi
buyruq berishni ovozni chiqargan holda amalga oshirish kerak, uni o‘rtoqlari va
trener ham eshitishlari zarur.
O‘ziga o‘zi buyruq berishga misollar:
1.
«Men orqaga aylanib sakrashni mustaqil bajaraman».
2.
«Nazorat mashqini 9,5 ball darajada bajaraman».
Yosh gimnastikachilar har doim o‘z kuchlarini va sportdagi yutuqlarini
o‘rtoqlarining muvaffaqiyatlari bilan solishtirishadi. Ularning har biri eng yaxshi
sportchi bo‘lishni istashadi. Bunga erisha olmaganlar qoniqmaganliklarini namoyon
qilishadi. Bunday holatda, trener ortda qolishining sabablarini tushuntirishi va ularni
bartaraf qilish yo‘llarini ko‘rsatib berishi kerak. Undan tashqari, nazorat
tekshirishlarini shunday tashkil qilish kerakki, o‘quvchilar o‘zlarining individual
qobiliyatlarini namoyon qila olsinlar va alohida topshiriqlarda yaxshi natijalarni
ko‘rsatsinlar.
Yosh gimnastikachilarda o‘zining muvaffaqiyatsizliklarini va ichki
kechinmalarini yashirish malakasini tarbiyalash kerak. Bunday holatlarda,
o‘quvchini tinchlantirish va o‘ziga ishonchini qaytarish uchun qo‘llab-
quvvatlaydigan so‘zlarni aytish kifoya.
Yosh gimnastikachilarni musobaqalarda o‘z raqiblarini hurmat qilishga
o‘rgatish kerak. Ular, musobaqalarda yaxshiroq tayyorgarlikka ega bo‘lgan
sportchilar g‘alaba qozonishini bilishlari kerak, tayyorgarlik darajasi esa,
mehnatsevarlikka, bajariladigan ishga nisbatan munosabatga, eng yaxshi natijalarga
erishishga intilishga, ya’ni har bir o‘quvchining shaxsiy sifatlariga bog‘liq.
Mashg‘ulotlarni yaxshi tashkil qilinishi, trener taklif qilgan rejimga rioya
qilish, topshiriqlarni bajarishda o‘quvchilarga nisbatan talabchanlik, trenerning
shaxsiy o‘rnagi – muvaffaqiyatli tarbiyaviy ishlarning majburiy shartlari
hisoblanadi.
Tarbiyaviy ishlarda trener yetakchi rol o‘ynaydi. Uning xulq-atvori, tashqi
ko‘rinishi, harakatlari, atrofidagilariga bo‘lgan munosabati o‘quvchilar uchun har
doim o‘rnak bo‘lishi kerak. Trenerning obro‘si uning madaniyatiga, aql- zakovatiga,
pedagogik mahoratiga, e’tiborligiga va hozirjavobligiga bog‘liq. U, o‘zining
o‘quvchilarini va ularning ota-onalarini yaxshi tanishi hamda o‘quvchilari
yashaydigan
sharoitlarini
bilishi
kerak.
Trener,
bolalarni
maktabdagi
o‘zlashtirishlarini, ko‘chadagi va oiladagi xulq-atvorlarini nazorat qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |