Jizzax davlat pedagogika institui



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana29.05.2022
Hajmi0,54 Mb.
#616957
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi 2

2.1
 
Yosh gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarlik ta’rifi 
Har tomonlama jismoniy tayyorgarlik jismoniy tarbiya bilan organik tarzda 
bog‘liq va uning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bolalar va o‘smirlarda asosiy jismoniy 
sifatlarni rivojlantirish, ularning uyg‘un rivojlanishi, salomatligini yaxshilash, 
to‘g‘ri qaddi-qomatni shakllantirish uchun zarur. Har tomonlama jismoniy 
tayyorgarlik jarayonida odamning barcha fiziologik funksiyalari va ayniqsa, uning 
harakat funksiyasi qayta quriladi, bu, umuman jismonan tarbiyalash uchun va 
xususan, sport harakatlari ko‘nikmalarini o‘zlashtirish uchun juda muxim. 


Fiziologlar tomonidan odamning vegetativ va harakat funksiyalari o‘rtasida 
bog‘liklik aniqlangan. 
Jismoniy sifatlar izolyasiyalangan holatda mavjud bo‘lmaydi, ular odamning 
mushak faoliyati bilan doimiy o‘zaro harakatda bo‘ladi. Bir jismoniy sifatlar 
boshqalariga ta’sir ko‘rsatadi. 
Asosiy jismoniy sifatlarning rivojlanishi yosh gimnastikachilarni sport 
gimnastikasidagi harakat amallariga o‘rgatishga qay darajada ko‘maklashishini 
tekshirib ko‘rish qaroriga kelindi. 
Uch yil davom etgan eksperimental tekshirishda 80 nafar yosh gimnastika 
chilar ishtirok etishdi. Ishning barcha davri davomida mashg‘ulotlar xaftasiga 3 
marta o‘tkazildi: birinchi yili ikki soatdan, ikkinchi va uchinchi yillari esa, har biri 
3 soatdan. 
Birinchi yili mashg‘ulotlarda qo‘llanilgan mashqlarning 40-50% yosh 
gimnastikachilarni yoshiga oid xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning harakat 
faoliyatlarini sifat tomonlarini rivojlantirishga yo‘naltirildi. Vaqtning ko‘p qismi 
tezkorlik va chaqqonlikni, kamroq qismi esa – egiluvchanlikni va tezkor- kuch 
sifatlarni rivojlantirishga sarflandi. Qolgan vaqtning 50-60% 10-12 yashar bolalar 
uchun oddiy bo‘lgan harakat amallariga (xoreografik mashqlarga, akrobatikaga, 
sakrashlarga, gimnastika asboblardagi mashqlarga) o‘rgatishga sarflandi. 
O‘qishning birinchi yilida mashg‘ulotlarning yillik sikli bosqichlarga 


ajratilmadi. U ikkinchi yil uchun tayyorgarlik hisoblandi. Shunga qaramasdan, shu 
yil davomida jismoniy tayyorgarlik normativlari bo‘yicha hamda akrobatika, 
sakrashlar va gimnastika asboblardagi alohida mashqlar bo‘yicha musobaqalar 
ko‘rinishidagi nazorat sinovlari ikki marta o‘tkazildi. 
Mashg‘ulotlar uchun tanlangan mashqlar har tomonlama jismoniy 
rivojlanishni va shartli reflektorli aloqalarning zahirasini to‘plashni ta’minlashi 
kerak edi. 
O‘qitishning ikkinchi yili mashg‘ulotlar yillik sikl bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, 
u, tayyorgarlik (8-9 oy), musobaqa (1 oy) va o‘tish (2oy) bosqichlariga ajratildi. 
Tayyorgarlik bosqichida har bir mashg‘ulot vaqtining 40-50% umumiy va 
maxsus tayyorgarlikka sarflandi. Bosqichning yakunida jismoniy tayyorgarlik 
normativlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Musobaqa bosqichida jismoniy 
tayyorgarlik bo‘yicha ish xajmi 20-30 foizgacha kamaytirildi. Vaqtning ko‘p qismi 
texnik tayyorgarlikka sarflandi. Nazorat sinovlari natijalarini hisobga olgan holda, 
har bir o‘quvchi uchun individual tarzda, mazkur davrda yetarlicha rivojlanmagan 
jismoniy sifatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan vaqt aniqlandi. 
O‘tish bosqichida bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida bo‘lishgan. 
Vaqtning 50-60% umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka (uchdan ikki qismi 
umumiy va uchdan bir qismi maxsus tayyorgarlikka), qolgan qismi esa, akrobatik 
va gimnastika mashqlarni o‘zlashtirishga ajratildi. O‘quv yilining yakunida jismoniy 
tayyorgarlik normativlari bo‘yicha nazorat sinovlari o‘tkazildi. 
O‘qitishning uchinchi yili jismoniy va texnik tayyorgarlikning nisbati 
bo‘yicha ikkinchi yildagi o‘qishdan farq qilmadi. Jismoniy tayyorgarlikka ajratilgan 
vaqt quyidagi tarzda sarflandi: kuch mashqlari – 30%, tezkor-kuch mashqlari – 30%, 
egiluvchanlikka qaratilgan mashqlar – 20% va maxsus chidamlilikni 
rivojlantiruvchi mashqlar – 20%. Bunda, o‘quvchilarning individual morfologik 
xususiyatlari hisobga olindi, trenirovkaning u yoki bu bosqichida ortda qolgan 
jismoniy sifatlarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi. 
Tajriba tekshiruvining butun bosqichi davomida jismoniy tayyorgarlik 
me’yorlari bo‘yicha 6 ta sinov va o‘quv dasturining mashqlari bo‘yicha 5 ta 


musobaqa o‘tkazildi. Ushbu musobaqalar va sinovlar natijalarining nisbati har bir 
o‘quvchining jismoniy tayyorgarligi, uning texnik tayyorgarligiga qay darajada 
ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida fikr yuritish imkonini berdi. Harakat amallarini 
o‘zlashtirilganligi bo‘yicha davomat va jismoniy tayyorgarlik ma’lumotlari besh 
ballik tizim bilan baholandi. 
Agarda, birinchi yili harakat amallariga o‘rgatish natijalari bilan jismoniy 
tayyorgarlik o‘rtasidagi aloqa kuchsiz ifodalangan bo‘lsa, o‘qitishning ikkinchi va 
uchinchi yillarida u ancha aniq ifodalanadi. 
A’lo va yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan ko‘pchilik o‘quvchilar 
sport gimnastikasi mashqlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishganligi aniqlandi. 
Harakat amallarining shakllanishi jarayonini harakat sifatlariga bog‘liqligi, 
jismoniy tayyorgarlik me’yorlarini ishlab chiqishga undadi. Ularni yosh 
gimnastikachilarni tayyorlash tizimida qo‘llanilishi harakat faolligini yaxshilashga 
va jismoniy faoliyatini o‘qish yillari bo‘yicha yaxshilanishiga hamda jismoniy 
tayyorgarlikni yosh gimnastikachilarning o‘qish yillari va tayyorgarligini alohida 
bosqichlari bo‘yicha yaxshilanishiga yordamlashadi (1-jadval). 
Yosh gimnastikachilar normativ talablarini o‘zlashtirishga tayyorgarligi 
vaqtida, quyida bayon qilingan maxsus mashqlarni muntazam bajarishlari kerak: 

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish