Jizzax davlat pedagogika institui


Kuch va tezkorlikni rivojlantirish uchun mashqlar



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana29.05.2022
Hajmi0,54 Mb.
#616957
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi 2

Kuch va tezkorlikni rivojlantirish uchun mashqlar: 
1.
Osilib turgan holatda qo‘llarni tez sur’atda bukish va rostlash: 
a)
osilib yotgan holatda (osilgan arqonda, har xil balandlikdagi 
qo‘shpoyada, yakkacho‘pda) qo‘llarni tez sur’atda 6-8 marta bukish va rostlash; 
b)
osilib turgan holatda qo‘llarni bukish bilan sakrab osilish va qo‘llarni 


sekin rostlash (ketma-ket 6-8 marta). Takrorlashlar 3 marta har bir 30 
sekundlik 


dam olishdan keyin; 
v) osilib turgan holatda tortilish, sekin sur’atda 3-4 marta (har biri 5-6 sek. 
bo‘lgan 3 ta to‘xtashlar bilan). 
2.
Yotgan holatda tayanchda qo‘llarni bukish va rostlash (qo‘llar gimnastika 
o‘rindiqda, oyoqlar gimnastika devorning 4-5-reykalarida): 
a)
yotgan holatda tayanchda (qo‘llar gimnastika o‘rindiqda, ichi to‘ldirilgan 
to‘pda, bir-birining ustiga qo‘yilgan 3-4 ta matda) qo‘llarni bukish va rostlash (tez 
va sekin) 5 martadan. Takrorlashlar 3-4 marta. Dam olish 30-40 sek.; 
b)
xuddi shuning o‘zi, faqat polda yotgan holatda tayanchdan; 
v) ichi to‘ldirilgan to‘p bilan turgan holatda qo‘llarni bukish va yuqoriga 
rostlash; 
g) xuddi shuning o‘zi, faqat to‘pni yuqoriga otib ushlab olish bilan; 
d)
chalqancha yotgan holatda tayanchdan (qo‘llar gimnastika o‘rindiqda) 
qo‘llarni bukish va rostlash; 
e)
tayanchda qo‘llarni bukish va rostlash. 
3.
Gimnastika devorida osilgan holatda, to‘g‘rilangan oyoqlarni oldinga 
90°ga ko‘tarish. 
Tayyorgarlik mashqlari: 
a)
chalqancha yotgan holatda ichi to‘ldirilgan to‘pni oyoq kaftlari bilan 
ushlab, to‘g‘rilangan oyoqlarni ko‘tarish. Mashq tez va sekin bajariladi; 
b)
xuddi shuning o‘zi o‘tirgan holatda; 
v) gimnastika o‘rindig’ida o‘tirgan holatda oyoqlar qayd qilingan, qo‘llar 
bosh ortida, orqaga egilish va rostlanish. Mashq tez va sekin 3-4 martalik seriyalar 
bilan bajariladi, takrorlashlar har bir seriyada 8 marta; 
g) osilib turgan holatda oyoqlarni rad etilguniga qadar tez ko‘tarish; 
d) osilib turgan holatda oyoqlarni ko‘tarish va 3-4 sek. 
ushlab turish. 
Takrorlashlar 2-3 marta. 
4.
Gimnastika devorda orqa bilan osilib, oyoqlar to‘g‘rilangan holda kuch 
bilan egilib osilish: 


a)
gimnastika otda sonlarni tekkizgan holatda yotib tanani bukish va 


rostlash, oyoqlar qayd qilingan, qo‘llar bosh ortida. Ketma-ket 10-12 marta sekin va 
tez bajariladi; 
b)
tik turish holati, ichi to‘ldirilgan to‘p bosh ortida, sekin va tez egilishlar va 
tanani orqani to‘g‘ri ushlagan holda rostlash. Takrorlash 6-8 martadan; 
v) qorinda yotgan holatda qo‘llar yuqoriga ko‘tarilgan, tanani bukish, 
bukilgan holat 3-5 sek. ushlab turiladi; 
g) sonlarni tekkizgan holatda tayanchda yotib, oyoqlar gimnastika devori 
reykasiga qayd qilingan, ichi to‘ldirilgan to‘pni ko‘tarish bilan egilish. Takrorlash 
5-7 marta; 
d) gimnastika devorida orqasi bilan osilgan holat, ichi to‘ldirilgan to‘p to‘piq 
bo‘g‘inlarida siqib ushlanadi, to‘pni oyoqlar bilan ko‘tarib, egilib osilish holatiga 
o‘tish. 
Yosh gimnastikachilarni birinchi bosqichdagi texnik tayyorgarligi, ularni 
texnikaning asoslariga o‘rgatishdan, to‘g‘ri qaddi-qomatni va mashqlarni bajarish 
paytidagi gimnastika stilni shakllantirishdan iborat. 
Texnik tayyorgarlikning ushbu barcha komponentlari osilib turgan va 
tayanch holatlaridagi, akrobatik, xoreografik va sakrash mashqlariga o‘rgatish 
paytida shakllanadi. 
Har bir mashug‘ulotda texnik tayyorgarlikka vaqtning 20-30% ajratiladi. 
Yosh gimnastikachilar mazkur bosqichda gimnastika mashqlar texnikasining 
asoslarini o‘rganishadi. Ular, osilib turgan va tayanch holatidagi asosiy pozalarni 
hamda birinchi bosqichda o‘zlashtirilgan gavdaning alohida qismlarini va tana 
og‘irligi bilan harakatlarni takrorlashadi hamda takomillashtirishadi va asosiy siltash 
mashqlarini har xil strukturaviy guruhlarda o‘zlashtirishga o‘tishadi. Ushbu 
mashqlarning o‘ziga xos xususiyatlari mashqlar bajarilayotgan gimnastika 
snaryadlarning konstruksiyasi bilan belgilanadi. 
Harakatlarning xarakteri gimnastikachiga tashqi va ichki kuchlarning 
ta’siriga, inersiya kuchlarini qo‘llashga, o‘zgaruvchan tezlik va tezlashish bilan 
harakatlanishlarga ham bog‘liq. 
Tananing harakatlanishi vaqtidagi tezlashish gimnastikachiga ta’sir 


qilayotgan tashqi kuchlarga va uning tanasi og‘irligiga bog‘liq. Gimnastika uchun 
tipik bo‘lgan, gimnastikachi tanasining holatiga va harakatlariga, gavdaning 
umumiy og‘irlik markazini aylanish o‘qiga yaqinlashishiga yoki uzoqlashishiga 
bog‘liq ravishda o‘zgaradigan aylanma harakatlar paytida inersiya lahzasi mavjud. 
Inersiya lahzasini o‘zgarishi tananing aylanishi tezligini (burchak tezligini) 
o‘zgarishi bilan bog‘liq. Burchak tezligi inersiya lahzasidan qaytar aloqaga ega: u 
qanchalik kichik bo‘lsa, burchak tezligi shunchalik katta bo‘ladi va aksincha. 
Gimnastika mashqlarni bajarishdagi ahamiyatli mexanizmlardan biri – gavda 
inersiyasi lahzasini o‘zgarishi hisobiga erishiladigan gavda aylanishi tezligini 
kattalashtirish yoki kamaytirish malakasi hisoblanadi. 
Texnikaning asoslarini o‘qitish, nisbatan oddiy va oson bajariladigan 


mashqlar yordamida 10-12 yashar bolalarni ushbu harakat amallarini tejamkor va 
ratsional bajarishga o‘rgatishdan iborat. 
Bolalarga tayyorgarlikning dastlabki bosqichida o‘rgatilishi kerak bo‘lgan 
mashqlarni bayon qilishdan oldin, ularni zamonaviy o‘qitish usullaridan 
foydalangan holda qanday o‘rgatish kerakligida to‘xtaymiz. Faqat, o‘rganilayotgan 
material va kontingentning xususiyatlari bilan mos keladigan turli xildagi o‘qitish 
usullari va uslubiyotlarini mohirona qo‘llashgina ijobiy natijalar beradi. 
Bolalarga qisqa va mantiqiy tushuntirish kerak. Ular, ma’lum bir harakat 
tajribasiga ega bo‘lib, o‘ziga tanish bo‘lgan yoki eshitgani bo‘yicha ularga o‘xshash 
bo‘lgan mashqlarni bajara olishadi, o‘rganayotgan mashqlarni tahlil qila oladilar, 
atamalarni tushunishga va trenerning ko‘rsatmasiga ko‘ra o‘quv vazifalarini 
bajarishga qobiliyatlidirlar. 
Aytilganlarni hisobga olgan holda, quyida harakat amallariga o‘rgatishning 
yangi usullaridan biri – algoritmik tipdagi ko‘rsatmalar usuli taklif qilinadi. 
Professor L.N.Landning (1966 y.) fikriga ko‘ra, bu usul bilan nafaqat aqliy 
muolajalarga, balki harakat amallariga ham o‘rgatish mumkin. 

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish