Jizzax akkumulyator zavodi



Download 292,49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.03.2021
Hajmi292,49 Kb.
#61946
Bog'liq
O‘zA - Jizzax akkumulyator zavodi qanday qilib samaradorlikka erishmoqda



23.09.2019

O‘zA


Jizzax akkumulyator zavodi qanday qilib samaradorlikka erishmoqda?

“Jizzax akkumulyator zavodi” aksiyadorlik jamiyatida keyingi ikki yilda 2017-yildagiga qaraganda

xorijga  mahsulot  eksport  qilish  ikki  baravarga  oshdi.  Joriy  yilda  ishlab  chiqarishni  25  foizga

oshirib, 1 million dona batareya ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Mamlakatimizda  avtomobilsozlik  sanoati  va  qishloq  xoʻjaligi  texnikalari  uchun  barcha  turdagi

qoʻrgʻoshin  kislotali  batareyalar  ishlab  chiqaradigan  “Jizzax  akkumulyator  zavodi”  aksiyadorlik

jamiyati  faoliyat  koʻlami,  rentabellik  darajasi,  ishlab  chiqarish  quvvati,  mahsulotlar  turi,  ishchi-

xizmatchilar soni va ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish hajmi jihatidan nafaqat mamlakatimizda,

balki Markaziy Osiyoda eng yirik korxonalardan biridir.

Sanoatning  ustuvor  yoʻnalishlarini  uzoq  muddatli  istiqbolli  rivojlantirish  dasturlari  asosida

korxonada  keyingi  uch  yilda  ishlab  chiqarishni  boshqarish  va  tashkil  etishga  zamonaviy

yondashuvlar joriy etishda tub oʻzgarishlar yuz berdi.

–  Prezidentimizning  2016-yil  22-dekabrdagi  “Sanoat  tarmoqlari  korxonalarining  jismoniy  ishdan

chiqqan va maʼnaviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish

xarajatlarini  kamaytirishga  oid qoʻshimcha  chora-tadbirlar  toʻgʻrisida”gi qarori asosida  korxonada

O`zbek



ishlab chiqarish modernizatsiya qilindi va yangi liniyalar oʻrnatildi, – deydi korxona texnik direktori

Shuhrat Umarov. – Korxonamizni modernizatsiya qilish uchun 2017-yilda 672 ming AQSH dollari,

2018-yilda  830  ming  AQSH  dollari  sarflandi.  2017-yilda  Turkiyadan  qiymati  150  ming  AQSH

dollarilik  elementlararo  payvandlash  uskunasi,  Rossiyadan  22  ming  AQSH  dollarilik  suvni

yumshatish  liniyasi,  50  ming  AQSH  dollarlik  elektrolit  sovutish  uskunasi  hamda  Italiyaning

“Sovema” kompaniyasidan 140 ming yevrolik akkumulyator plastinalarini suvash liniyasi olib kelib

oʻrnatildi.  Bu  ishlar  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish,  mahsulot  sifatini  yanada

yaxshilashda muhim qadam boʻldi.

Modernizatsiya  qilishdan  oldin  korxonada  sigʻimi  35  amper  soatdan  to  190  amper  soatgacha

boʻlgan akkumulyator batareyalarining 10 turdagisi ishlab chiqarilgan boʻlsa, bugungi kunda ushbu

mahsulotlarning turi 25 taga yetdi. Joriy yilda 1 million AQSH dollaridan ortiq uskunalar yetkazib

berish boʻyicha shartnomalar imzolandi. Ushbu mablagʻ bilan Turkiyada, Germaniyada, Estoniyada

ishlab chiqarilgan yangi texnologik uskunalar olib kelinib oʻrnatildi va ishlay boshladi.

Shuningdek,  2020-yilgacha  texnologik  uskunalar  parkini  yangilash  uchun  2  million  AQSH  dollari

miqdorida investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish natijasida

mahsulot sifati yaxshilanadi va ishlab chiqarish hajmi yanada ortadi.

Ishlab  chiqarishni  diversifikatsiya  qilish  davomida  yiliga  7,5  million  dona  pishiq  gʻisht  ishlab

chiqaradigan mini-zavod qurilishi loyihasi amalga oshirilib, 60 dan ortiq ish oʻrni yaratildi.

6.jpg

Innovatsion  texnologiyalarni  joriy  etishda  har  bir  loyiha  aksiyadorlik  jamiyati  ilmiy-tadqiqot  va



tajriba-konstruktorlik ishlari boʻlimida yetakchi texnik oliy oʻquv yurtlari mutaxassislari bilan chuqur

oʻrganilib, joriy etilayotgani tufayli korxonada yuqori texnik va iqtisodiy koʻrsatkichlarning barqaror

oʻsishi  taʼminlanmoqda.  Ushbu  yondashuv  asosida  qishloq  xoʻjaligi,  yoʻl  qurilishi  va  togʻ-kon

sanoatida  ishlayotgan  ogʻir  transport  vositalariga  moʻljallangan  akkumulyator  batareyalarining

yangi turkumlarini yigʻish texnologiyasi yaratildi.

Yangi texnologiyalar joriy etilishi mahsulot ishlab chiqarishning oʻsishiga olib kelmoqda. 2017-yilda

140 milliard soʻmlik mahsulotlar sotilib, 0,4 milliard soʻm foyda olingan edi. 2018-yilda savdo hajmi

195,7 milliard soʻmni, olingan foyda 3,8 milliard soʻmni tashkil qildi. Joriy yilda savdo hajmini 198,8

milliard soʻmga yetkazib, 6,6 milliard soʻm foyda olish koʻzda tutilmoqda. 2020-yilda savdo hajmini

346 milliard soʻmga, daromadni esa 18 milliard soʻmga yetkazish rejalashtirilgan.

Korxona  mahsulotlari  mamlakatimizning  “Uz  Auto  Motors”,  “SamAvto”,  “MAN”  kabi  yirik

korxonalarning akkumulyator batareyalariga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondirishdan tashqari, Rossiya,

Tojikiston,  Qirgʻiziston  va  Afgʻonistonga  eksport  qilinmoqda.  2017-yilda  eksport  hajmi  600  ming

AQSH  dollarini,  2018-yilda  1  million  200  ming  AQSH  dollarini  tashkil  etdi.  Joriy  yilda  ushbu

koʻrsatkichni 1 million 500 ming AQSH dollariga yetkazish koʻzda tutilmoqda.



Ayni  paytda  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarni  xorijiy  davlatlarning  avtomobil  korxonalariga

yetkazib  berish  boʻyicha  buyurtmalar  portfeli  tuzilmoqda.  Masalan,  Rossiyaning  “KAMAZ”

avtokorxonasi  bilan  kelishilgan  holda  akkumulyator  batareyalarining  tajriba-sinov  partiyasi

joʻnatildi.  Bugungi  kunda  mahsulotlar  dala  sharoiti  hamda  “KAMAZ”ning  stendlarida  laboratoriya

sinovlaridan oʻtkazilmoqda. Sinov ishlari yakunlanishi bilan har yili 1 million AQSH dollaridan ortiq

miqdordagi  10  ming  dona  akkumulyator  batareyalari  yetkazib  berish  toʻgʻrisida  shartnoma

imzolanishi rejalashtirilgan.

Bundan  tashqari,  Belarusning  “MAZ”  OAJ  bilan  muzokara  olib  borilmoqda.  Ular  bilan  6-ST220

batareyalarini  ishlab  chiqarish  narxi  kelishib  olindi.  “MAZ”ga  yiliga  12  ming  dona  akkumulyator

batareyalarini yetkazib berish koʻzda tutilgan.

28.jpg

Korxonada mahsulotlarning sifatiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.



–  2006-yildan  boshlab  zavodimizda  ISO  9001  standartiga  amal  qilinib  kelinmoqda,  –  deydi

korxonaning  istiqbolli  rivojlantirish  va  mahsulot  sifati  boʻyicha  direktori  Botir  Xolmirzayev.  –

Avtomobilsozlik  sanoati  uchun  qoʻllaniladigan  IATF  16949:2016  “Avtomobil  vositalari  sifat

boshqaruvi tizimi standarti” joriy etilib, xalqaro sertifikat olingan. Shuningdek, ISO 50001 energiya

boshqaruv tizimining standarti joriy qilingan va amalda qoʻllanilmoqda. Hozirgi vaqtda ISO 14001

ekologiya sifat boshqaruv tizimi va ISO 45001 sanoat xavfsizligi standartlarini joriy etish jarayoni

davom etmoqda.

Joriy yilda avtomobilsozlik sanoatidagi yetakchi korxonalar orasida “Jizzax akkumulyator zavodi”

AJ 86 foizli koʻrsatkich bilan biriktirilgan sifat tizimi – BIQSning 3-darajasiga erishdi. Keyingi yilda

93 foizli koʻrsatkich bilan 4-darajaga erishish rejalashtirilgan.

Zavodda  analitik  va  sinov  laboratoriyasi  ISO  IEC  17025  xalqaro  standartiga  muvofiq

akkreditatsiyadan oʻtgan. Bu yerda xalqaro sifat standartlariga muvofiq kimyoviy, elektr va mexanik

sinovlar  oʻtkazilayotir.  Ushbu  sinovlarga  muvofiq  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlar  sifati  xorijiy

mahsulotlarning  har  qanday  koʻrsatkichlaridan  kam  emas.  Oʻtgan  yili  Rossiyadan  laboratoriyada

sovuq  aylantirish  tokini  aniqlash  uskunasi  sotib  olindi  va  ishga  tushirildi.  Ushbu  uskuna

batareyalarni tayyor holatda testdan oʻtkazish imkonini beradi.

Mahsulot sifati ishchi-hizmatchilarning malakasiga bogʻliqligi nazarda tutilib, kadrlar tayyorlash va

qayta  tayyorlash  tizimli  yoʻlga  qoʻyilgan.  Shu  maqsadda  korxonada  Jizzax  politexnika  instituti

oʻqituvchilari  jalb  qilinib,  oʻquv  mashgʻulotlari  oʻtkazib  kelinayotir.  Bundan  tashqari,  korxona

mutaxassislari oʻz bilimlarini “Oʻzstandart” agentligi SMSITI malaka oshirish markazi hamda Turin

politexnika  universitetida  oshirib  kelmoqda.  Birgina  2017-yilning  oʻzida  339  ta  ishchi  va  24  ta

mutaxassis,  2018-yilda  317  ishchi  va  11  ta  mutaxassis,  joriy  yilning  birinchi  yarimida  218  ta

operator va 10 ta mutaxassis malakasini oshirdi.



Mavjud boshqaruv tizimlarini sertifikatlash boʻyicha xalqaro organlar tomonidan sifat darajasining

tan olinishi “Jizzax akkumulyator zavodi” AJning ishlab chiqarishni xalqaro standartlar darajasiga

chiqarish  imkonini  hamda  respublika  va  xalqaro  miqyosda  korxonaning  ishbilarmonlik  obroʻsini

yanada oshishiga imkon yaratmoqda.

Korxonada  mahalliylashtirish  dasturi  izchil  amalga  oshirilayotgani  iqtisodiy  samaradorlikning

oʻsishida asosiy omillardan biri boʻlmoqda. Mahalliylashtirish darajasi 2017-yilda 58 foizni tashkil

etgan boʻlsa, 2018-yilga kelib 82 foizga, joriy yilda esa 90 foizga yetdi. Bunga asosan qoʻrgʻoshin

importidan voz kechish tufayli erishildi.

Statistik  tahlillarga  koʻra,  mamlakatdagi  avtoparklarda  har  yili  oʻz  davrini  ishlab  boʻlgan

akkumulyator  batareyalaridan  28  ming  tonna  qoʻrgʻoshin  lomi  hosil  boʻlishi  aniqlandi.  Bu

qoʻrgʻoshin lomining atigi 5-7 ming tonnasi yoki 20-30 foizi yigʻib olinar, qolgan asosiy qismi xorijiy

mamlakatlarga olib chiqib ketilar yoki aholi qoʻlida qolardi. Eski akkumulyator batareyalarini kesish

jarayonida hosil boʻlayotgan 9 ming tonna atrofidagi elektrolit toʻkib tashlanishi esa atrof-muhitga

jiddiy zarar yetkazar edi.

Bularning barchasi inobatga olinib, oʻtgan yili korxona tarkibida chiqindilarni qayta ishlovchi loyiha

qiymati  10  milliard  soʻmlik  “Jizzax  akkumulyator  zavodi  distribyutor”  MCHJ  tashkil  etildi.

Ikkilamchi  qoʻrgʻoshin  lomini  qayta  ishlash  uchun  yangi  uskunalar  oʻrnatilishi  natijasida  rotor

pechining bir meʼyorda ishlashi va qoʻrgʻoshin lomi yigʻishni koʻpaytirishga imkon yaratildi.

14.jpg

Ushbu liniyaning loyihaviy quvvati yiliga 19 ming tonna qoʻrgʻoshin chiqitini qayta ishlab, 12 ming



tonna  toza  qoʻrgʻoshin  olishga  moʻljallangan.  Bu  zavodning  qoʻrgʻoshinga  boʻlgan  talabini  toʻliq

qoplashdan  tashqari,  4  ming  tonna  toza  qoʻrgʻoshinni  eksport  qilishga  imkon  yaratadi.  Shu

hisobdan yiliga 20 million AQSH dollari miqdoridagi valyuta mablagʻi tejalmoqda.

Mahalliylashtirish  tufayli  korxonada  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarni  “oʻzbek  brendi”  ostida

tashqi  bozorda  bemalol  sotish  imkoniyati  yaratildi.  Materiallar  va  butlovchi  qismlarni

mahalliylashtirish  tufayli,  energiya  va  xomashyo  tannarxining  oshishiga  qaramay,  soʻnggi  3  yilda

mahsulot tannarxini 20 foiz atrofida pasaytirishga erishildi.

Korxona  maʼmuriyati  keyingi  3  yil  mobaynida  mahsulot  sotish  narxlarini  oʻzgarishsiz  qoldirish

boʻyicha oʻz oldiga aniq maqsadni qoʻygan.

Bugungi kunda korxonada 12 millatga mansub 650 dan ziyod xodim ishlaydi, ularning 30 foizdan

ziyodini yoshlar tashkil etadi. Barcha xodimlarning ijtimoiy himoyasi kafolatlangan, oylik ish haqlari

har yili oʻrtacha 30 foizgacha oshirib borilayotir.

Korxonaning  9  nafar  xodimi  samarali  mehnati  uchun  davlatimizning  orden  va  medallari  bilan

taqdirlangan.




–  Korxonada  ishchi-xizmatchilar  mehnat  xavfsizligini  taʼminlash,  maishiy  sharoitini  yaratish,

madaniy  hordiq  chiqarishlarini  tashkil  etish  va  turmush  darajasini  oshirishga  katta  eʼtibor

berilayotir, – deydi korxona kasaba uyushmasi Ulugʻbek Oʻrozboyev. – Ishchilar bepul issiq ovqat,

maxsus kiyim va himoya vositalari bilan taʼminlangan, tibbiy xizmat, yillik profilaktik koʻriklar yoʻlga

qoʻyilgan. Korxona maʼmuriyati tomonidan 2017-yilda ishchilarni ijtimoiy himoya qilishga qariyb 3

milliard  760  million  soʻm,  2018-yilda  6  milliard  soʻm  mablagʻ  yoʻnaltirilgan.  Joriy  yilda  ushbu

maqsadlar  uchun  10  milliard  soʻmga  yaqin  mablagʻ  ajratildi.  Xususan,  har  bir  xodimga  oylik

maoshidan tashqari yiliga oʻrtacha 5 million soʻmdan ziyodroq mablagʻ sarflanmoqda.

18.jpg

Korxonada sogʻlom turmush tarzini shakllantirish maqsadida oʻtgan yili futbol maydoni, yugurish



yoʻlakchasi, basketbol, gandbol, voleybol, tennis maydonchalari, kiyinish va yuvinish xonalari qurib

ishga tushirildi. Shuningdek, xodimlar oʻzlarining tashabbuslari doirasida trenajyor zal, fitnes-klub,

basseyn  va  boshqa  sport  turlarini  mujassam  etgan  sport-sogʻlomlashtirish  kompleksi

foydalanishga topshirildi. Turli sport musobaqalari oʻtkazilib kelinmoqda.

Korxona  xodimlarining  Samarqand,  Buxoro,  Xiva  kabi  tarixiy  shaharlarga  sayohatlari  tashkil

etilayotir.  Har  yili  20  dan  ortiq  xodim  respublika  hamda  xorijdagi  dam  olish  maskanlarida  hordiq

chiqarayotir.

Kam  taʼminlangan  ishchilarni  ijtimoiy  qoʻllab-quvvatlash  maqsadida  korxona  tomonidan  imtiyozli

shartlarda  uy-joy  olishga  amaliy  yordam  koʻrsatilmoqda.  Bugungi  kunga  qadar  15  ishchi-xodim

yangi  kottej  va  uy-joylarga  ega  boʻldi.  Bundan  tashqari,  korxonaning  mini  zavodida  ishlab

chiqarilgan gʻisht mahsulotlari xodimlar uchun tannarx bahosida sotilmoqda.

Keyingi  uch  yil  davomida  yosh  oilalar  va  respublika  hamda  xorijiy  oliy  taʼlim  muassasalarida

oʻqiyotgan  yoshlarga  291  million  soʻmdan  koʻproq  homiylik  yordami  koʻrsatildi.  Jumladan,

talabalarning 198 million soʻmlik toʻlov-kontrakt pullari toʻlab berildi.

Korxonada  har  yili  yangi  oʻquv  yili  oldidan,  xodimlarning  birinchi  sinfga  borayotgan  farzandlari

uchun  bayram  tadbiri  tashkil  etilib,  planshet-kompyuter  hamda  oʻquv  qurollari  va  badiiy  kitoblar

esdalik  sovgʻa  sifatida  tarqatilayotir.  Keyingi  uch  yilda  200  dan  ortiq  xodimlarning  farzandlariga

qimmatbaho sovgʻalar berildi.

Uch  yil  oldin  Sharof  Rashidov  tumani,  Uobsoy  qishloq  fuqarolar  yigʻini  hududi  togʻ  yonbagʻridagi

soʻlim  goʻshada  ochilgan  korxonaning  “ENERJI”  bolalar  sogʻlomlashtirish  oromgohida  ishchi-

xizmatchilar farzandlari miriqib dam olishlari uchun maʼmuriyat va kasaba uyushmasi tomonidan

barcha  zarur  sharoitlar  yaratilgan.  Ushbu  oromgohda  Oʻzbekiston  Kasaba  uyushmalari

federatsiyasi  bilan  hamkorlikda  har  yili  korxona  xodimlarining  300  dan  ortiq,  boshqa

korxonalarning  50  nafar,  shuningdek,  Orolboʻyi  mintaqasidan  80  nafar  bolalarning  dam  olishlari



tashkil etilmoqda.


3 270

T.BEKNAZAROV, OʻzA

9.jpg

Download 292,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish