PSIXOLOGIYA FANLARINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASHNI
TASHKIL QILISH
Talabalarning bilimlarini nazorat qilish va baholash tartibi Oliy ta’lim vazirligining bo‘yrug‘i hamda joriy oliy ta’lim muassasasining ichki qarori asosida tashkil qilinadi. Biroq oraliq nazoratlari soni va ballarida biroz farq bo‘lishi mumkin.
Umumta’lim o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida talabalarni oraliq nazoratdan o‘tkazish soni ichki tartib asosida belgilanadi. Joriy va oraliq nazorat haqidagi nizom o‘quv muassasasi tomonidan tasdiqlanadi. Umumta’lim maktablarida ko‘pincha an’anaviy usul qo‘llaniladi ya’ni choraklar, yarim yilliklar ko‘rinishida. O‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida esa semestr yakunida yakuniy baholash o‘tkaziladi.
O‘rta maxsus ta’lim muassasalarida talaba bir o‘quv yilida 8 -10gacha yakuniy nazoratlar topshirishi lozim. Maxsus ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida esa uning soni mustaqil ravishda belgilanadi. Bitiruvchi sinflarning davlat imtihoni DAK tomonidan nazorat qilinadi.
Oliy ta’lim muassasalarining baholash tartibi o‘ziga xos bo‘lib ularda joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy ballari taqsimlangan, reyting nizomi Oliy ta’lim tomonidan ishlab chiqiladi.
Talabaning bilim, ko‘nikma, malakalari joriy nazorat, oraliq nazorat, yakuniy nazorat orqali tekshirib boriladi. Joriy nazorat kurs o‘quv mashg‘ulotlari doirasida olib boriladi. Uning shakli va turi o‘qituvchi tomonidan aniqlanadi. Oraliq nazorat butun kurs davomida olinishi mumkin. Uning shak va turlari o‘quv muassasasi tomonidan belgilanadi. Bu yozma ish, test og‘zaki bo‘lishi mumkin. Yakuniy o‘quv kursi yakunlanganidan so‘ng tashkil qilinadi. Uning shakli va turlari komissiya a’zolari tomonidan belgilanadi.
Nazorat-o‘quv faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, dastlab pedagog tomonidan amalga oshiriladi va keyinchalik o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘tadi.
Strukturaviy tarkibiy qism:
● Harakat natijasi modeli.
● Obraz va real harakatni birlashish jarayoni.
● Harakatni davom ettirish yoki korreksiya qilish.
● Qayta axborot, uning asosida esa natijaga nisbatan munosabat o‘zgaradi va doimiy, oraliq va yakuniy maqsadlarga erishish va o‘quv vazifalari yechimini topish usullari ko‘rib chiqiladi.
Xususiyatlari.
→ to‘liqlik.
→ .................
→ adekvatlik.
→ ob’ektivlik.
→ aniqlik.
|
→ o‘z vaqtidaligi .
→ amalga oshiriluvchanlik.
→ uzviylik.
→ tizimlilik.
|
Nazorat turlari.
Ta’lim maqsadining mashtabiga ko‘ra.
|
● strategik.
● taktik.
● operativ.
|
Ta’lim bosqichlariga ko‘ra.
|
● boshlang‘ich (tanlov).
● o‘quv (oraliq bosqich).
● yakuniy.
|
Vaqtinchalik yo‘nalganlikka ko‘ra.
|
● retrospektiv
● ogohlantiruvchi.
● mavjud.
|
Nazorat chastotasiga ko‘ra.
|
● bir martalik.
● davriy.
● tizimli.
|
Nazorat qilinayotgan soha kengligiga ko‘ra.
|
● lokal.
● tanlashga doir.
●oddiy.
|
Ta’limni tashkil etish shakllariga ko‘ra.
|
● individual.
● guruhiy.
● frontal.
|
Maxsus vositaviylik shakliga ko‘ra.
|
● tashqi (ijtimoiy).
● aralash (o‘zaro nazorat).
● ichki (o‘z-o‘zini nazorat qilish).
|
Nazoratni amalga oshirish usullariga ko‘ra.
|
● yozma.
● og‘zaki.
● standartlashtirilgan va standarlashtirilmagan.
● ma’naviy.
● matritsiali va boshqalar.
|
O‘quv materialini o‘zlashtirishga nisbatan o‘z-o‘zini nazorat qilishning namoyon bo‘lish bosqichlari.
(P. P. Blonskiy).
Birinchi bosqich
Har qanday o‘z-o‘zini nazorat qilish usulining yo‘qligi bilan xarakterlanadi. Ushbu bosqichda o‘quvchi ma’lumotni o‘zlashtirmaydi va hech nimani nazorat qilmaydi.
|
Ikkinchi bosqich
“To‘liq o‘z-o‘zini nazorat qilish” bosqichi. Bunda o‘quvchilar o‘zlashtirishtirgan ma’lumot reproduksiyasining to‘liqligi va to‘g‘riligini tekshirishadi.
|
Uchunchi bosqich
Tanlashga doir o‘z-o‘zini nazorat qilish bosqichi, bunda o‘quvchilar eng asosiy masalalarni nazorat qilishadi, tekshirishadi.
|
To‘rtinchi bosqich
Bunda nazorat o‘tmishdagi tajriba asosida amalga oshiriladi.
|
Ta’limda faktlarga doir natijalarni berilgan norma va etalonlar bilan muvofiqlashtirish tekshirish deb nomlanadi. Faktlarga doir natijalarga bo‘lgan munosabat va ularning interpritatsiyasi baholash jarayonini tashkil etadi.
Pedagogik baho agarda qo‘ydagi tamoyillardan kelib chiqsa. o‘zining rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi funksiyalarini bajaradi.
Sh. A. Amonashvili bo‘yicha baholash tamoyillari.
|
Ahamiyatlilik tamoyili uning mohiyati shundan iboratki, pedagogik baho yordamida ta’lim oluvchiga uning rivojlanishni ahamiyati, oldinga borish imko- niyatlarini ko‘rsatadi.
|
Insonparvarlik tamoyili o‘qituvchining har qanday yoshdagi o‘quvchining insoniy xislatlarini hurmat qilishni ko‘zda tutadi. Qo‘pol munosabat, taktning yo‘qligi, pedagogik bahoning sub’ektivligi, o‘quvchi uchun kamsitishdek tuyulishi mumkin.
|
Hamkorlik tamoyili baholash faoliyatida o‘qituvchi va o‘quvchi muloqoti shaklini ko‘zda tutadi.
|
Ko‘pincha o‘quvchilar va talabalar o‘z real o‘quv faoliyati muvaffaqiyatini adekvat baholay olmaydilar. O‘quvchilar o‘z real va potensial imkoniyatlarini adekvat baholashning shakllanishiga o‘quvchilarning o‘zlari o‘quv baholash jarayonida ishtirok etishlarini ko‘zda tutuvchi ta’limni tashkil etish bilan erishish mumkin (V. A. Yakunin). Odatda ta’limni bunday shaklda tashkil etish uch bosqichdan iborat bo‘ladi bu bosqichlarda baholashning tashqi shakllaridan o‘z-o‘zini baholashga o‘tish ifodalanadi.
Baholashning tashqi shakllaridan o‘z-o‘zini baholashga o‘tish bosqichlari.
Birinchi bosqich.
Baholash faoliyatidagi yetakchi rol pedagog tomonida saqlanadi.
|
Ikkinchi bosqich.
O‘quvchilarning baholash faoliyatiga jamoaviy o‘quv ish sharoitida jalb etish. Bu ish jarayonida har bir o‘quvchi o‘qituvchi o‘z sinfdoshlariga nisbatan nazorat baholash funksiyasini qabul qiladi. Shunday qilib o‘quvchilarning o‘zaro baholashi baholashdagi hamkorlikning dastlab shakli sifatida bir tomondan mustaqil baholashning boshlang‘ich shakli sifatida boshqa tomondan yuzaga keladi.
|
Uchinchi bosqich.
O‘z o‘quv faoliyati va xulq-atvorini mustaqil baholashga o‘tish. Bunda o‘z-o‘zini baholashga ikki yo‘nalishda shakllanadi.
● retrospektiv (o‘z faoliyati natijalarini baholash);
●bashoratli (sub’ektning o‘z imkoniyatlarini baholash).
|
O‘quv jarayonida bilim, ko‘nikma, malakalarni nazorat qilish va baholashning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Yo‘naltiruvchi bu funksiya quyidagi tartibda namoyon bo‘ladi: joriy nazorat talabalar kursni qanchalik o‘zlashtirganlarini bilib oladilar va shu tarzda o‘z ustilarida ishlaydilar. Biroq bu faqatgina baholash jarayonida emas yaxshi o‘zlashtirgan talabani muntazam rag‘batlantirishda ham kuzatiladi. Asosan joriy nazorat shunday vazifani bajaradi.
Stimulashtiruvchi funksiya bizga yaxshi ma’lumki bilimlarni tekshirish yoki baholash talabalarning o‘quv materialini o‘zlashtirishi uchun stimul bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan bog‘liq ravishda tizimli holda nazorat shakllarini o‘tkazib turish darkor. Imtihon yoki nazorat vaqtidagi o‘qituvining mezonlari talabani “nimani” va “qanday” o‘quv materialini o‘zlashtirishini ko‘rsatib beradi. Agar o‘qituvchi aniq tushunchalarining izohini, misollarni keltirishi, agar u o‘quv materialini faqatgina idrok qilinganlik darajasini emas, uning mohiyatini tushunilganligini bilimlarni amalda qo‘llanilishini talab etsa, unda talabalar tayyorgarlik vaqtida shunga asosiy e’tiborni qaratadilar. Tizimli ravishda nazorat ishlarini tashkil etilishi fanni tizimli ravishda o‘zlashtirishiga stimul bo‘ladi. Joriy nazoratni muntazam ravishda olib borishning muhim jihati mana shundadir.
Attestatsion nazorat qiluvchi. Ushbu funksiya talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalarini ta’limning ma’lum vaqtida nazorat qilinishi orqali namoyon bo‘ladi. Bu uning kelgusidagi ta’lim yoki mehnat faoliyati uchun muhimdir. Ushbu nazorat ta’limiy dastur va ta’lim sifatiga muvofiq maqsadlarga erishilganligini kafolatidir. Bunga oraliq va yakuniy nazoratni kiritish mumkin. O‘qituvchi oraliq nazorat vaqtida talabaning bilimini baholash bilan birga uning ushbu kursni o‘zlashtirganlik darajasiga kafolat beradi. Qolaversa, ushbu baho talabaning ta’lim dasturi asosidagi tayyorgarligini belgilaydi. Yakuniy nazorat davlat attestatsiya komissiyasi yordamida qabul qilinib, bu talabaning ta’lim dasturidagi maqsadlarda erishilganligini kafolatlaydi.
Ko‘pgina yosh va hamda tajribali o‘qituvchilar talabalarning bilimini nazorat qilish va baholashni murakkab jarayon deb hisoblaydilar. Hozir biz psixologiya o‘qituvchisi qanday muassasa va qaysi fandan dars berishidan qat’iy nazar talabalarning bilimini tekshirish va baholashning asosiy tamoyillarini ko‘rib chiqamiz.
Ob’ektivlik. Bunda talabaning bilimini baholashda sub’ektiv fikrdan xoli bo‘lish nazarda tutiladi. Turli tekshiruv jarayonlari turli darajadagi ob’ektivlikni belgilaydi: a) umumiy va noaniq topshirqlardan ko‘ra aniq va lo‘nda topshiriqlardan foydalanish zarur. B) og‘zakidan ko‘ra yozma v) javobi aniq bo‘lgan topiriqlar g) birgina imtihon oluvchidan ko‘ra bir necha ekspertlar bo‘lgani yaxshi. Ko‘p vaziyatlarda talabalarning bilimini baholashga o‘qituvchining sub’ektiv ustanovkalari ham ta’sir o‘tkazadi. Shu bois ham o‘qituvchi o‘z xatti-harakatini anglagan holda ushbu holatini oldini olishi darkor.
Validlik. Talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalari haqida ishonchli ma’lumotlarni olish bilan belgilanadi. Buning uchun o‘qituvchi nazorat ishini talabaning o‘zi 100% mustaqil bajarishlariga amin bo‘lishi lozim. Ko‘chirish aytib berish va plashatlik eng jiddiy pedagogik muammodir.
Ishonchlilik. Bu talabalarning baholangan bilim, ko‘nikma va malakalarini uzoq vaqt saqlanib turishi bilan belgilanadi. Bu tamoyilni amalga oshirilishi juda murakkab chunki baholash (muayyan mavzu bo‘yicha) 1 marta o‘tkaziladi.
Differensiallashganlik talabalarning egallagan bilimlarini baholashda ularning darajasi va sifatini differensiallashuviga ahamiyat qaratish zarur. Differensiallashuv darajasi zarurat va ta’lim maqsadiga bog‘liq. Ayrim vaziyatlarda imtihonlardagi “o‘tdi-o‘tmadi” muayyan bir topshiriqlarni bajarilishi darajasiga qarab differensiallashadi. Ayrim vaziyatlarda esa yanada aniqroq differensiya, ya’ni “a’lo”, “yaxshi”, “qoniqarli” talab etiladi. Baholashdagi bunday ko‘p miqdordagi baholarni differensiallashuvi o‘qituvchining aniq mezonlar asosida imtihonni olib borishni qiyinlashtiradi.
Tizimlilik. Fan bo‘yicha mavzularni tizimli ravishda so‘rab borilishida kuzatiladi. Agar baholashda ushbu tamoyilga amal qilinmasa, imtihon xuddi “lotoreyaga o‘hshab qoladi”. Ayrim hollarda imtihoni yaxshi topshirishni baxolashning ob’ektivlik ehtimolini kamaytirishi mumkin. Baholashdagi tizimlilikka erishish uchun turli usullar majmuasidan foydalanish zarur. Natijada talabalarning bilimlarini baholanishi bilan birga mustahkamlanib boradi.
Muntazamlilik. Kursni o‘zlashtirish davomida muntazam ravishda baholash jarayonini amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Bu talabalarni muntazam o‘z ustilarida mustaqil ishlashlariga va bilimlarni o‘zlashtirishlariga stimul bo‘ladi. Har bir mavzu bob va fanning yakunida baholash jarayonini tashkil qilish maqsadga muvofiq.
Maxfiylik. O‘qituvchi shunday yo‘l tutish kerakki bahoni talaba va ta’lim dasturining rahbaridan boshqa hech kim bilmasligi lozim. Bu tamoyilda asosan Amerika universitetida amal qilinadi. Ularda bahoning oshkor qilinishi shaxsiy huquqlarni buzilishi hisoblanadi. Biroq Rossiya va bizning ta’lim tizimida bunga ahamiyat qaratilmaydi. Aksincha, talabalarning o‘zlashtirish darajasi, yutuq kamchiliklari jamoani oldida muhokama qilinib, ularning kelgusi faoliyatlari uchun stimul sifatida qo‘laniladi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida ushbu mezonlarni qo‘llanilishi o‘zlashtirilgan bilimlarni aniq ko‘rsatib beradi. Ushbu mezonlarning maqsadga muvofiqligi va bajarilishi ko‘pincha o‘qituvchi yoki o‘qituvchi va talabalar orasida munozara predmetiga aylandi.
Boshqa fanlar kabi psixologiya fanida ham bilimlarni baholashda 2 ta tip qo‘llaniladi:
normativ baholash;
natijalarni taqsimlashga asoslangan baholash.
Normativ baholash imtihon oluvchining avvaldan belgilab qo‘ygan o‘zlashtirishning muayyan normalariga muvofiq tarzda talabalarning bilimi baholanadi. Ish bilan birga talaba namoyon qilgan bilimlarning qanchalik to‘liqligi, aniqligi, chuqurligi baholanadi. Baholashning bunday strategiyasi orqali o‘quvchilar muayyan bilim etaloniga intiladilar va ularga erishadilar. Bunda guruxdagi ko‘pgina talabalar ijobiy baxolanishlari mumkin. Biroq amalda har yilgi baholash egri normal taqsimlanishiga olib kelinmoqda. Muntazam ravishda ijobiy bahoning ortishi o‘qituvchining talabalarini kamayishidan, aksincha o‘qituvchining talabalar bilimiga bo‘lgan talabini ortishi qoniqarli hamda qoniqarsiz bahoning ortishiga olib keladi.
Natijalarni taqsimlashga asoslangan baholash. Bunday baholash strategiyasini Amerikaliklar “Egri chiziqli baholash” deb ataydilar. “Egri chiziq” deganda ushbu fandan barcha talabalarning olgan baholarini egri taqsimlash tushuniladi. Bunday taqsimotga ko‘ra, qoniqarli va a’lo toifasiga qisman, o‘rta darajaga esa aksariyat talabalar mansub bo‘ladi. Demak, 1 talabaning bahosiga guruhdagilarining bahosi ham ta’sir qiladi. Bunday baholash strategiyasida muayyan bir bilimlar etaloni yo‘q, u baholash jarayonida o‘zgarib boradi.
Real muammolardan biri normativ baholashda ob’ektivlikka amal qilish uchun natijalarini o‘rtacha taqsimotiga (nisbiylikka) amal qilinishidir.
Psixologiya fanlarini o‘qitishni rejalashtirish vaqtida talabalarning bilimlarini nazorat qilish va baholashni ham rejalashtirish zarur. O‘qituvchi avvaldan quyidagilarni ko‘rib chiqishi shart:
o‘quv fani bo‘yicha talabalarning o‘zlashtirish darajasini baholash uchun qanday mezon va ko‘rsatkichlardan foydalaniladi
talabalarning davomati va faolligi inobatga olinadimi
bilimlarni tekshirish
qanday nazorat turlari va shakllari qo‘llaniladi
bilimlarning tekshirish muddati
har bir nazorat shaklining oralig‘i qancha muddat bo‘ladi va ularga ajratilgan o‘quv soatlari
joriy nazorat yakuniy nazoratga qanday ta’sir etadi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar 1-darsda o‘quvchilarga ma’lum qilinishi kerak. Bu ularning tayyorlanib yurishlariga turtki bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |