Жиззах вилоят жисмоний тарбия ва спорт бошқармаси Жиззах олимпия захиралари коллежи


Forobiyning asarlarini mazmuniga qarab quyidagi guruhlarga boʻlish mumkin



Download 380,51 Kb.
bet2/2
Sana25.02.2022
Hajmi380,51 Kb.
#464287
1   2
Bog'liq
502-guruh ALIBOYEVA GULRUX --- FALSAFA

Forobiyning asarlarini mazmuniga qarab quyidagi guruhlarga boʻlish mumkin:


Falsafaning umumiy masalalariga, yaʼni bilimning umumiy xususiyatlari, qonuniyatlari va turli kategoriyalariga bagʻishlangan asarlar
“Substansiya haqida soʻz” (“Kalom fi-l javhar”), “Masalalar manbai” (“Uyunul masoil”), “Qonunlar haqida kitob” (“Kitob fi-l navomis”), “Falak harakatining doimiyligi haqida” (“Kitob fi-l harakat al-falaka doimatun”) va b.;
Inson bilish faoliyatining falsafiy tomonlariga bagʻishlangan, yaʼni bilishning shakllari, bosqichlari, usullari haqidagi asarlar. Mantiq (logika)ning turli muammolariga doir asarlari ham shunga kiradi
“Kattalarning aqli haqida soʻz” (“Kalom fi-l aql al-Kabir”), “Yoshlarning aqli haqida kitob” (“Kitob fi-l aql as-sagʻir”), “Mantiq haqida katta qisqartma kitob” (“Kitob al-muxtasar al-kabir fi-l mantiq”), “Mantiqqa kirish kitobi” (“Kitob al-madxal ila-l mantiq”), “Isbot kitobi” (“Kitob al-burxon”), “Sillogizm shartlari kitobi” (“Kitob sharoit al-qiyos”), “Jon (ruh)ning mohiyati haqida risola” (“Risola fi mohiyat an-nafs”) va b.;
Falsafa va tabiiy fanlarning fan sifatidagi mazmuni, tematikasi haqidagi asarlar:
“Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi” (“Kitob fi ixso al-ulum va at-taʼrif”, qisqacha nomi “Ixso al-ulum”), “Falsafa tushunchasining maʼnosi haqida soʻz” (“Kalom fi maʼoni ism al-falsafa”), “Falsafani oʻrganishdan oldin nimani bilish kerakligi haqida kitob” (“Kitob fi ashyo allati yaxto-ju antallama kabl al-falsafa”). “Falsafaga izohlar” (“Taoliq fi-l hikmat”) va b.;
Moddaning miqdori, fazoviy va hajmiy munosabatlarini oʻrganishga bagʻishlangan, yaʼni matematika fanlari – arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqaga oid asarlar:
“Hajm va miqdor haqida soʻz” (“Kalom fi-l xiyz va-l miqdor”), “Fazo geometriyasiga kirish haqidagi qisqartma kitob” (“Kitob al-madxal ila-l handasat al-vaxmiyati muxtasarsan”), “Astrologiya qoidalari haqida mulohazalarni toʻgʻrilash usuli haqida maqola” (“Maqola fi-l jihat allayati yassexxu alayxo al qavl bi axkom an-nujum”), “Musiqa haqida katta kitob” (“Kitob ul-musiqa al-kabir”), “Musiqa haqida soʻz” (“Kalom fi-l musiqiy”), “Ritmlar turkumlari haqida kitob” (“Kitob ul fi ixso-il-iqo”) va b.;
Modda xossalari va turlarini, noorganik tabiatning, hayvonlar va inson organizmining xususiyatlarini oʻrganuvchi, yaʼni tabiiy fanlar – fizika, kimyo, optika, meditsina, biologiyaga bagʻishlangan asarlar
“Fizika usullari haqida kitob” (“Kitob fi usul ilm at-tabiat”), “Alkimyo ilmining zarurligi va uni inkor etuvchilarga raddiya haqida maqola” (“Maqola fi vujub sanoat al-kimyo va-r radd ala mubtiluho”), “Inson aʼzolari haqida risola” (“Risola fi aʼzo al-insoniya”), “Hayvon aʼzolari toʻgʻrisida soʻz” (“Kalom fi aʼzo al-hayvon”) va b.;
Tilshunoslik, sheʼriyat, notiqlik sanʼati, xattotlikka oid asarlar:
“Sheʼr va qofiyalar haqida soʻz” (“Kalom fi sheʼr va-l qavofi”), “Ritorika haqida kitob” (“Kitob fi-l xitoba”), “Lugʻatlar haqida kitob” (“Kitob fi-l lugʻat”), “Xattotlik haqida kitob” (“Kitob fi sanʼat al-kitobat”) va b.;
Ijtimoiy-siyosiy hayot, davlatni boshqarish masalalariga, axloq, tarbiyaga bagʻishlangan, yaʼni huquqshunoslik, etika, pedagogikaga doir asarlar:
“Baxt-saodatga erishuv yoʻllari haqida risola” (“Risola fi-t tanbih ala asbob as-saodat”), “Shaharni boshqarish” (“As-siyosat an-madaniya”), “Urush va tinch turmush haqida kitob” (“Kitob fi maoyish va-l xurub”), “Fazilatli xulqlar” (“As-siyrat al-fazila”) va b.1
Forobiyning falsafiy taʼlimoti mohiyat-eʼtibori bilan anʼanaviy ilohiyot – kalomdan tubdan farq qilib, ilmiy gʻoyalar bilan yoʻgʻrilgandir. Forobiy falsafasiga koʻra, olam yagona mavjudotdan iborat, yagona vujud – vujudi vojib, yaʼni azaliy vujud – birinchi sabab hamda vujudi mumkin – yaratilgan, kelib chiqqan vujudlar natijalaridan iboratdir. Alloh – azaliy vujud (vujudi vojib) hamma narsaning ibtidosi, barcha vujudlar – vujudi mumkin undan asta-sekinlik bilan pogʻonama-pogʻona kelib chiqadi, buning soʻnggi pogʻonasi moddadir. Uning fikricha, tabiat moddaning turli shakllarining paydo boʻlishi, sabab-oqibat munosabatlari asosida, muayyan izchillik va zarurat boʻyicha kechadigan tadrijiy jarayondir. Forobiy “Masalalar mohiyati”, “Oʻzgaruvchan narsalar haqida” risolalarida modda fazoda ham, vaqtda ham cheklanmagan, intihosiz degan fikrni ilgari suradi. Shu tarzda panteizmning Sharqdagi koʻrinishi vujudiyun taʼlimotini yangi gʻoyalar bilan boyitdi.
Borliqning kelib chiqishi haqida Forobiy taʼlimotida – mavjudot 4 unsur – tuproq, suv, havo, olovdan tashkil topadi; osmon jismlari ham shu unsurlarning birikuvidan vujudga keladi. Moddiy jismlarning oʻzaro farq qilishiga sabab, ularning ibtidosidagi unsurlarning turlicha boʻlishidir: olov – issiqlik sababi; suv – sovuqlik, namlik; tuproq – qattiqlik sababi. Forobiy butun mavjudotni sabab va oqibat munosabatlari bilan bogʻlangan 6 daraja (sabab)ga boʻladi: Alloh (as-sabab al-avval), osmon jinslari (as-sabab as-soniy), aql (al-aql al-faol), jon (an-nafs), shakl (as-surat), materiya (al-modda). Bulardan Alloh – vujudi vojib, yaʼni zaruriy mavjudliqdir, qolganlari esa – vujudi mumkin, yaʼni imkoniy mavjud narsalardir. Bular bir-birlari bilan sababiy bogʻlangan.
Forobiy uchun dunyo gʻuncha boʻlib, asta-sekin oʻzining rang-barang tomonlarini va bitmas-tuganmas boyliklarini tobora koʻproq namoyon qilib ochila boradi. Borliqning bunday talqini tabiiy-ilmiy gʻoyalarning yanada rivojlanishi uchun keng yoʻl ochdi. Abu Ali ibn Sino va undan keyingi mutafakkirlar oʻzlarining falsafiy qarashlarida shu borliq tizimi asosida ish olib bordilar.
Ilm, bilish va aql haqidagi taʼlimot Forobiy asarlarida izchil va mukammal ishlangan. Ilm olish masalasiga u inson mohiyatini tushuntirib berishning tarkibiy qismi sifatida qaradi.
Forobiy fikricha, insonning bilishini, ruhiy qobiliyatlarini miya boshqaradi, yurak esa barcha aʼzolarni hayot uchun zarur boʻlgan qon bilan taʼminlovchi markazdir, barcha ruhiy “quvvatlar”, jumladan bilish qobiliyati muayyan aʼzoga bogʻliq.
Insonning ibtidosida, avvalo “oziqlantiruvchi quvvat” paydo boʻlib, uning yordamida inson ovqatlanadi. Shundan soʻng “tashqi quvvat”, yaʼni bevosita tashqi taʼsir natijasida sezgi organlari orqali vujudga keluvchi “quvvat”lar – 5 turlidir: teri-badan sezgisi; taʼm bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; koʻrish sezgisi. Bularning hammasini Forobiy “hissiyot quvvati” (“quvvai hissiyya”) deb atab, hissiy bilish qismlari sifatida qaraydi. “Ichki quvvat”ga esda olib qolish, xayol (xotira, tasavvur), his-tuygʻu, nutq (fikrlash) “quvvat”lari kiradi. “Ichki quvvat”da Forobiy aqliy bilish bosqichini nazarda tutadi. Ilmni egallash shu quvvatlar orqali amalga oshiriladi.
Forobiy “Fozil shahar aholisining maslagi” risolasida jamiyat (“inson jamoasi”)ning kelib chiqishi haqida bunday yozadi: “Har bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun koʻp narsalarga muhtoj boʻladi, u bir oʻzi bunday narsalarni qoʻlga kirita olmaydi, ularga ega boʻlish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tugʻiladi… Bunday jamoa aʼzolarining faoliyati bir butun holda, ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur boʻlgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari koʻpaydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga oʻrnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi”.
Forobiy shaharni ijtimoiy uyushishning yetuk shakli, insoniyat kamolotga erishishining zaruriy vositasi, deb hisoblaydi. Butun insonlarni oʻzaro hamkorlikka, xalqlarni tinchlikka chaqiradi, dunyoda yagona inson jamoasini tuzish haqida orzu qiladi. mutafakkir inson qadr-qimmatini kamsituvchi jamiyatga qarshi chiqadi. “Davlat arbobining hikmatlari” risolasida esa u doimiy urushlar va bosqinchilikka asoslanuvchi jamiyatni adolatsiz, johil jamiyat sifatida qoralaydi.
Forobiy oʻzining fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga boʻladi. Kishilarning diniy mazhabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy xususiyatlariga, qobiliyatlariga, avvalo aqliy iqtidoriga hamda ilmlarni oʻrganish, hayotiy tajriba toʻplash jarayonida orttirgan bilim va koʻnikmalariga katta ahamiyat beradi. Itoatkorlikka daʼvat etuvchi taʼlimotlarni keskin qoralaydi.
Forobiy “Baxt-saodatga erishuv yoʻllari haqida risola”, “Baxt-saodatga erishuv haqida risola” asarlarida oʻzining orzu qilgan fozil jamiyatini yana ham yorqin tasvirlaydi. “Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishdir, – deb yozadi u, – bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qoʻlga kiritiladi”. Forobiy davlatni yetuk shaxs (monarxiya), yetuk xislatlarga ega boʻlgan bir necha shaxslar (aristokratiya) va saylangan shaxslar (demokratiya) yordamida boshqarish shakllarini qayd etadi.
Forobiy jamiyat oʻz rivojida yetuklikka tomon intilishi, shuning uchun kurash olib borishi va nihoyat fozil jamiyat, fozil shahar darajasiga koʻtarilishi haqida fikr yuritadi.
U shunday yozadi: “Fozil jamiyat va fozil shahar (yoki mamlakat) shunday boʻladiki, shu mamlakatning aholisidan boʻlgan har bir odam kasb-hunar bilan shugʻullanadi. Odamlar chin maʼnosi bilan ozod boʻladilar… Ular orasida turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo boʻladi”. Forobiy bunday fozil jamoani boshqaruvchi podshoh, rahbarlarga ham maʼlum talablar qoʻyadi. U xalq haqida doimo gʻamxoʻrlik qilishi, boshqalar manfaatini oʻz manfaatidan ustun qoʻya bilishi zarur. Bunday jamoani idora etuvchi yoki idora etuvchilar guruhi oʻzlarida muhim olti xislatni ifodalashlari kerak, yaʼni adolatli, dono boʻlishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan koʻra bilishi, boshqalarga gʻamxoʻr boʻlishi kerak.
Forobiyning fozil jamoa haqidagi taʼlimoti, uning komil inson haqidagi fikrlari bilan uzviy bogʻlanib ketadi. Fozil jamoada komil inson xislatlari vujudga keladi. Masalan, axloq-odobli yetuk inson oʻn ikki fazilatga ega boʻlmogʻi lozim. Bu fazilatlar insonlarning oʻzaro munosabatlari mustahkamlanib, yaxshilik tomon yoʻnalishida vujudga kela boradi. Forobiyning fozil jamoa va komil inson haqidagi taʼlimotlari soʻnggi olim-mutafakkirlarga katta taʼsir koʻrsatdi.
Forobiy oʻz davridayoq buyuk olim sifatida mashhur boʻlgan. Sharq xalqlarida u haqda turli hikoya, rivoyatlar vujudga kelgan. Oʻrta asr olimlaridan ibn Xallikon, ibn al-Qiftiy, ibn Abi Usabiʼa, Bayhaqiylar oʻz asarlarida Forobiy ijodini oʻrganib, uning gʻoyalarini rivojlantirganlar. Xususan, ibn Rushd Forobiy asarlarini oʻrganibgina qolmay, ularga sharhlar ham (“Sillogizmga nisbatan al-Forobiyning fikri”, “Abu Nasrning mantiqqa doir asarida ifodalangan fikrning bayoni” “Al-Forobiy, xususan uning “Organon” izohlariga turli sharhlari” va b.) yozdi. Averroizm nomi bilan mashhur boʻlgan uning falsafiy taʼlimotining shakllanishi dastlab Forobiy va ibn Sino faoliyati bilan bogʻliq. Averroizm ilmiy tendensiyalarni ifodalovchi ilgʻor yoʻnalish sifatida keng yoyilgan va Uygʻonish davrining koʻp ilgʻor mutafakkirlari dunyoqarashiga taʼsir koʻrsatgan.
Taraqqiyparvar insoniyat Forobiy ijodiga hurmat bilan qarab, uning merosini chuqur oʻrganadi. Ovroʻpo olimlaridan B. M. Shtrenshneyder, Karra de Vo, T. U. Buur, R. Xammond, R. de Erlanje, F. Deteritsi, G. Farmer, N. Rishar, G. Ley, Sharq olimlaridan Nafisiy, Umar Farrux, Turker, M. Maxdi va boshqalar Forobiy merosini oʻrganishga muayyan hissa qoʻshdilar. Keyingi yillarda uning ijodi va taʼlimotiga bagʻishlangan bir qancha tadqiqotlar, asarlar yuzaga keldi.
Oʻzbekiston va Qozogʻistonda Forobiy nomiga qoʻyilgan koʻcha, maktab va kutubxonalar mavjud.

E’tiboringiz uchun rahmat

  • E’tiboringiz uchun rahmat

Download 380,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish