A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika instituti (Sirtqi) 502-guruh Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi Aliboyeva Gulruxning Falsafa fanidan Forobiyning ijtimoiy va falsafiy qarashlari mavzusida tayyorlagan slaydi REJA : - 1.Abu Nasr Forobiyning hayot va ijod yo’li .
- 2.Forobiy asarlari.
- 3.Forobiyning ijtimoiy va falsafiy qarashlari.
Forobiy uning taxallusi boʻlib, toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon – jahon madaniyatiga katta hissa qoʻshgan Markaziy osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim. Oʻrta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji uning nomi bilan bogʻliq. Forobiy oʻz zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa qoʻshganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitganligi tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomi ulugʻlanib, “Al-Muallim as-soniy” – “Ikkinchi muallim” (Aristoteldan keyin), “Sharq Arastusi” deb yuritilgan.
Forobiy turkiy qabilalardan boʻlgan harbiy xizmatchi oilasida, Sirdaryo qirgʻogʻidagi Forob – Oʻtror degan joyda tugʻilgan. U tugʻilgan hudud Somoniylar tomonidan boshqarilib, arab xalifaligining shimoliy chegarasi hisoblangan. Forobiy boshlangʻich maʼlumotni ona yurtida oldi. Soʻng Toshkent (Shosh), Buxoro, Samarqandda oʻqidi. Keyinroq oʻz maʼlumotini oshirish uchun arab xalifaligining madaniy markazi boʻlgan Bagʻdodga keldi. Bagʻdodda bu davrda musulmon dunyosining turli oʻlkalaridan, xususan Markaziy Osiyodan kelgan koʻp ilm ahllari toʻplanishgan edi. U yerga bora turib Forobiy Eron shaharlari – Isfahon, Hamadon, Rayda va boshqa joylarda boʻldi. Forobiy Bagʻdodda al-Mutaddil (829–902), al-Muqtafiy (902–908), al-Muqtadir (908–932) xalifaliklari davrida yashadi. U bu yerda oʻrta asr fani va tilining turli sohalari, yunon falsafiy maktablari bilan chuqur tanishib, oʻzga diniy eʼtiqod, falsafiy fikrdagi kishilar bilan ilmiy muloqotda boʻldi. Abu Bashar Matta ibn Yunusdan (870–940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Xiylon (860–920)dan tabobat va mantiq ilmini oʻrgandi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, u 70 dan ortiq tilni bilgan.
Taxminan 941 yildan boshlab Forobiy Damashqda yashagan. Shahar chekkasidagi bogʻda qorovul boʻlib, kamtarona kun kechirib, ilm bilan shugʻullangan. Soʻnggi yillar u Halab (Aleppo) hokimi Sayfuddavla Hamdamid (943–967) iltifotiga sazovor boʻldi. Tadqiqotchilar uning Halabdagi hayotini eng samarali davr hisoblaydilar. Chunki bu hokim hurfikrliligi, ilm-fanga eʼtibor berganligi bilan ajralib turgan. U Forobiyni saroyga taklif etadi, lekin Forobiy bunga koʻnmaydi, oddiy hayot kechirishni afzal koʻradi.
Forobiy 949–950 yillarda Misrda, soʻng Damashqda yashab, shu yerda vafot etgan va “Bob as-sagʻir” qabristoniga dafn qilingan deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |