Жиззах давлат педагогика институти ректори проф


 O’ZBEKISTON QADIMGI TURKIY ETNOTOPONIMLARI



Download 371,99 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana26.09.2021
Hajmi371,99 Kb.
#186286
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ozbekiston qadimgi turkiy toponimiyasi jizzax viloyati misolida

2.2. O’ZBEKISTON QADIMGI TURKIY ETNOTOPONIMLARI 

 

Etnonimlardan  nom  olgan  har  qanday  geografik  obyekt  etnotoponim 

hisoblanadi,  ular  viloyat  toponimiyasi  tarkibida  son  jihatdan  ko’p  bo’lishidan 

tashqari, ancha qadimiyligi bilan ajralib turadi. Etnotoponimlarning aksariyat qismi 

oykonimlar,  ular  mintaqa  aholisining  tarixiy  shakllanishi,  taraqqiyoti,  xalqlarning 

qadimiy  munosabati,  integrasiya  va  migrasiyasini  ko’rsatuvchi  muhim  manba 

hisoblanadi.  

To’plangan  etnotoponimlar  tahlili  hudud  miqyosida  ularning  areali  turlicha 

ekanligidan dalolat beradi. Suv bo’ylari, dehqonchilik va chorvachilik uchun qulay 

joylar,  yirik  aholi  punktlarida,  turli  etnik  guruh  vakillari  aralash  yoki  yonma-yon 

yashagan  joylarda  etnotoponimlar  zichroq  tarqalgan.  Viloyat  aholisining  etnik 

tarkibi o’tmishda murakkab, etnografik kartasi ancha rang-barang bo’lgan. Tarixan 

bu  hududda  madaniy  taraqqiyoti  turlicha  bo’lgan  va  xo’jaligining  turli  sohalari 

bilan shug’ullangan urug’ va qabilalar, qavm va elatlar hamda etnik guruh vakillari 

yashaganligi ma’lum. 

Mutaxassislarning  fikricha,  ushbu  hududda  milodning  boshlari  va  birinchi 

ming  yillikda  eroniy  va  turkiy  tillarda  so’zlashuvchi  elatlar,  xalqlar  istiqomat 

qilgan.  Keyingi  davrlarda  turkiy  xalqlarning  ko’payishi  natijasida  eroniy  tillarda 

so’zlashuvchi  aholining  ma’lum  bir  qismi  assimlyasiyalashgan.  Masalan, 

H.Haydarov  yozishicha: «Jizzax  hududlarini  dushman  hujumidan  saqlash 

maqsadida  Abdullaxon  O’ratepa  bekligiga  qarshi  urushda  bir  qancha  qishloqlarni 

istilo  qilib,  u  yerlarda  yashayotgan  to’rtta  o’zbek  qabila  vakillarini  (yuz,  qirq, 

qang’li va saroy) Jizzax va Sangzor vohasiga ko’chirib kelgan».  

Qabila  vakillari  Jizzax  atrofi  va  Sangzor  daryosining  unumdor  yerlarida 

o’rnashib, asosan o’troq hayot kechirib, dehqonchilik va qisman chorvachilik bilan 

shug’ullanganlar. Ular yangi barpo qilgan qishloqlarini ko’pincha o’zlarining urug’ 

va qabila nomlari bilan ataganlar.  Masalan, hozirgi  viloyat hududidagi bir qancha 

qishloqlar  yuz  qabilasi  tarkibidagi  xitoyyuzi,  so’loqli,  solin,  bolg’ali,  tuyoqli, 

chuvulloq,  beshbola  urug’lari,  qirq  qabilasi  tarkibidagi  og’ajon,  moltop 



 

24 


(mullato’p), olmasuvon, sug’umboy, qoraqo’yli, qoryantoq kabi qishloqlar hamon 

o’sha urug’ nomlari bilan atalib keladi.  

Shunindek,  qang’li,  saroy,  qipchoq,  qo’ng’irot  va  boshqa  qabilalarning 

vakillari yashaydigan qishloqlar ham hozirgacha o’sha etnonimlar bilan yuritiladi. 

Shaharlar, tuman markazlari va ularning atroflaridagi aholi punktlarida integrasiya 

va  assimilyasiya  jarayoni  tarixan  uzoq  davrdan  davom  etib  kelayotganligi 

natijasida etnik mansubligi unutilgan.  

Har  bir  hudud  toponimiyasining  boshqa  bir  hududdan  farq  qiladigan  o’ziga 

xos xususiyatlari bo’ladi. Jizzax viloyatining ana shunday muhim xususiyatlaridan 

biri  etnotoponimlarning  juda  katta  o’rin  tutishidir.  Dastlab  etnonimlar  qandaydir 

etnik  guruhlarni  -  urug’  yoki  qabilalarni  bildirgan,  keyinchalik  esa  joy  nomlari  - 

etnotoponimlarga aylangan. Etnonimlarning joy nomlarida aks etishiga qarab qaysi 

urug’ yoki qabila vakillarining qayerlarda tarqalganini bilib olish mumkin.  

Joy  nomlarida  aks  etgan  etnonimlarning  tahlili  shuni  ko’rsatadiki,  ko’pincha 

qabila  yoki  urug’  nomi,  ba’zan  ularning  atrofdagi  aholidan  etnografik  jihatlari 

bilan farqi etnonimning toponimga aylanishiga sabab bo’lgan. Etnonim va toponim 

orasida  uzviy  bog’liqlik  mavjudligini  S.S.Gubayeva  o’z  ilmiy  ishlarida  Farg’ona 

vodiysi misolida ko’rsatib bergan.  

Olimaning  yozishicha, «o’tmishda  aholisi  ko’chmanchi  yoki  yarim  o’troq 

hayot kechirgan hududlardagi joy nomlarida etnonimlar soni ko’p, aksincha aholisi 

qadimdan  o’troq  bo’lgan  hududlardagi  joy  nomlarida  etnotoponimlar  kam.  Buni 

avvallari  ko’chmanchi  yoki  yarim  o’troq  tarzida  hayot  kechirgan  aholi  ko’proq 

qavm-qarindoshlari bilan birga yashashni afzal ko’rganlar».  

O’rganilayotgan  hududda  ham  etnik  guruh  (urug’  va  qabila)  vakillari  hudud 

bo’ylab  notekis  va  murakkab  taqsimlangan.  Biron  tumanda  faqat  bir  urug’  yoki 

qabila vakillarining o’rnashish hollari deyarli kuzatilmaydi. Etnik guruhlarning ana 

shunday  aralash-quralash  bo’lib  yashab  kelishi  toponimiyada  ham  o’z  aksini 

topgan. Masalan, Baxmal tumani hududida Saroy, Kaltatoy, Barlos, Mo’g’ol, Qirq 

yoki qo’shni Zomin tumanida Qang’li, Turk, Nayman, Turkman, Jaloyir, Nebo’sa, 

Qarapchi, Quchchi, Baymoqli  kabi etnooykonimlarni uchratish mumkin.  




 

25 


Rus olimi L.N.Sobolev o’tgan asrning o’rtalarida Zarafshon vodiysiga qilgan 

ilmiy  safari  chog’ida  biron  urug’  yoki  to’p  nomi  bilan  atalgan  aholi  punktlarida 

endi  ko’pincha  boshqa  urug’  vakillari  ham  yashashini  aniqlagan.  Masalan, 

olimning yozishicha, Tuyoqli deb atalgan qishloqda turk etnik guruh vakillari ham 

yashashgan.  Bunday  holatni  Jizzax  viloyati  hududida  ham  kuzatish  mumkin. 

Viloyatning  tog’li  tumanlarida  ko’pincha  qishloqlar  birinchi  bo’lib  ushbu  joyga 

kelib  qishloqqa  asos  solgan  urug’  yoki  to’p  nomi  bilan  atalgan.  Keyinchalik  asli 

kelib  chiqishi  bir  qabiladan,  ammo  boshqa  urug’  va  to’p  vakillari,  ya’ni 

qabiladoshlar ham kelib, qon-qarindosh sifatida birga yashaganlar.  

Masalan,  Baxmal  tumanida  Yumaloqbosh  nomli  aholi  punkti  bor. 

Yumaloqbosh  yuz  qabilasi  tarkibidagi  urug’  nomi.  Qishloqda  yumaloqboshlardan 

tashqari  yuz  qabilasi  tarkibidagi  mullato’p,  kalto’p,  egarchi,  olomon  kabi  etnik 

guruh  vakillari  ham  istiqomat  qilishadi.  XX-asrning  oltmishinchi  -  yetmishinchi 

yillaridan  boshlab  avval  Mirzacho’lning,  keyinroq  Jizzax  cho’lining  o’zlashtirishi 

munosabati bilan ushbu hududlarda yangi qishloq xo’jaligi korxonalari bilan birga 

zamonaviy aholi punktlari ham qurilgan. 

Viloyatning  tog’li  tumanlaridan  yangi  barpo  etilgan  qishloqlarga  ko’chib 

o’tgan  aholi  ko’pincha  avlod  -  avlod  yoki  muayyan  bir  etnik  guruh  (urug’,  to’p) 

vakillarini  tashkil  qilib  qon-qarindoshlar  birga  yashashni  afzal  ko’rgan.  Avval 

urug’ yoki to’p nomi bilan atalgan qishloqda endilikda boshqa etnik guruh vakillari 

ko’pchilikni tashkil qilgan. 

Ba’zan  mahalliy  aholi  cho’lni  o’zlashtirish  uchun  majburan  ko’chirib 

keltirilgan,  bunday  qishloqlarda  odamlar  qolmagan,  ba’zi  hollarda  avvalgi 

qishloqlarining  etnonimga  asoslangan  nomi  ham  yangi  aholi  punktlariga  ko’chma 

oykonim sifatida o’tgan. Masalan, Jizzax tumanida Taroqli oykonimi bor. Bu nom 

qishloqqa aholisining bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi natijasida avvalgi qishloq 

nomi  sifatida  berilgan.  Ko’chma  oykonimlar  haqida  N.Oxunov  bunday  yozgan: 

«Qisqasi,  bir  obyektdan  boshqa  obyektga  borib  o’rnashib  qolgan  aholining  yangi 

joyi  ularning  avvalgi  joy  nomi  bilan  atala  boshlanadi.  Natijada,  bir  obyekt  nomi 



 

26 


ikkinchi  obyekt  uchun  ham  nom  bo’lib  qoladi,  uning  atamasi  sifatida  ishlatila 

boshlanadi».  

Ko’pincha  esa  yangi  tashkil  etilgan  qishloqlar  Yangiobod,  Yangiqishloq, 

Yangiturmush,  Yangihayot  kabi  mazmunan  sayoz,  ammo  o’sha  davr  talabidagi 

nomlar  bilan  almashtirilgan.  Chunonchi,  hozirgi  Jizzax  tumanidagi  Yangiqishloq 

aholi  punktida,  sobiq  Burqut,  Cho’michli,  Arishli  kabi  qishloqlardan  ko’chib 

o’tgan  etnik  guruh  vakillari  yashaydi.  Shunday  nomlash  natijasida  hozirda 

viloyatda  to’rtta  Yangihayot,  oltita  Yangiqishloq  hamda  o’nta  Yangiobod  kabi 

oykonimlar paydo bo’lgan.            

Viloyat  hududida  yarim  o’troq  va  ko’chmanchi  tarzda  hayot  kechirgan 

aholining  o’troq  hayotga  o’tishida  muayyan  tafovutlar  bo’lgan.  Masalan,  Zomin 

tumanida  ikkita  Qutchi,  ikkita  Tig’iriq,  Baxmal  tumanida  uchta  O’ray,  uchta 

Mo’g’ol  nomli  etnooykonimlar  bor.  Mutaxassislarning  fikricha,  buning  asosiy 

sababi  ushbu  etnik  guruh  vakillari  butun  urug’i  bilan  emas,  balki  nisbatan  kichik 

bo’laklarga  bo’linib o’troqlikka o’tishgan.  

Akademik  K.K.Yudaxin  aytganidek, «bir  joyda  yoki  bir-biriga  yaqin 

masofalarda  aynan  bir  toponimning  yoki  umuman  joy  nomining  takrorlanishi 

tasodifiy  hol  emas».  Masalan,  Baxmal  tumanidagi  Saroy  qishlog’i  bilan  Jizzax 

shahridagi  Saroylik  mahallasi  nomi  orasida  muayyan  bog’liqlik  bor.  Mahalla 

oqsoqollarining aytishicha, ularning ota-bobolari aslida Baxmal tumanidagi Saroy 

qishlog’idan ko’chib kelib ushbu hududda muqim yashab qolganlar. 

V.L.Vyatkin  ham  joy  nomlarining  takrorlashiga  e’tibor  berib,  bu  haqda 

shunday  yozgan: «boshqa  hududlardan  ko’chib  kelganlar  orasida  urug’chilik 

yo’qolmagan edi va ular urug’-urug’, shox-shox bo’lib joylashdilar. Bu urug’ yoki 

shoxlarning  har  biri  muayyan  bir  hududni  egallab  olgan.  Shu  bilan  birgalikda 

ularning  biron  urug’i  yoki  shoxi  kelib  o’rnashgan  qishloqlar  (ular  ilgaridan 

bo’lganmi  yoki  yangidan  o’zlashtirilganmi,  bundan  qat’i  nazar),  ko’pincha  shu 

urug’ yoki shoxning nomi bilan ataladigan bo’lib qolgan».  

Etnonimlarning  o’ziga  xos  kelib  chiqishi  tarixi  bor.  Ularni  bilmasdan  turib 

toponimika  bilan  shug’ullanish  qiyin,  chunki  urug’,  qabila  nomlari  ko’pincha 




 

27 


muayyan  ma’noni  anglatadi.  Masalan,  urug’  nomlarini  bilmagan  kishi  Taroqli, 

Bolg’ali, Cho’michli, Qarg’ali, O’roqli, Oytamg’ali kabi etnonimlarni «-li» affiksli 

toponimlarga  kiritishi  mumkin.  Qirq,  yuz,  ming  qabilalari  nomlari  toponimlar 

tarkibida  kelganda  sonni  bildirmaydi.  Quyida  viloyat  hududida  keng  tarqalgan 

ming,  yuz  va  qirq,  jaloyir,  nayman,  saroy,  qangli,  turk  kabi  etnonimlarni  soha 

olimlaring  ilmiy-tatqiqot  ishlaridan  foydalanib  hamda  shaxsiy  kuzatuvlar  va 

yiqqan dala materiallari yordamida sharhlashni lozim topdik.  

Ming  (minglar)  -  viloyatning  qisman  Jizzax,  G’allaorol  va  Forish  tumanlari 

hududida yashaydigan qabila nomi. T.Nafasov yozishicha, «ular XV asrning oxiri–

XVI asrning boshida Dashti Qipchoqdan ko’chib kelgan. Ayrim mutaxassislarning 

fikricha,  minglarni  ba’zan  tumon  yoki  tumonming  deb  ham  atashgan.  Ming 

qabilasi  tarkibidagi  urug’lar  yashaydigan  Jizzax  tumani  Beklar  qishlog’i  va 

G’allaorol  tumani  Mingqishloq  va  Ramazon  qishloqlaridagi  qariyalarning 

aytishlaricha,  ming  termini  «ko’p», «ko’pchilik»,  ya’ni  minglarning  o’tmishda 

boshqa qabilalarga nisbatan ko’psonli bo’lganliklari sababli shunday atashgan.  

X.Doniyorov  fikriga  ko’ra, «minglar  o’zbekning  eng  katta  va  e’tiborli 

qabilalaridan  biridir.  Ular  boshqalarga  nisbatan  oldinroq  o’troq  yashashga 

o’tganligi sababli minglarning asosiy qismi sipolashgan (shaharlashgan) va boshqa 

qabilalarga  nisbatan  oldinroq  o’zlarining  urug’-  aymoqlarini  unutgan».    Ming 

qabilasi  tarkibidagi  urug’lar  soni  bo’yicha  ham  yagona  fikr  yo’q.  Masalan,  XIX-

asrning  ikkinchi  yarimida  Zarafshon  okrugida  bu  qabilani  o’rgangan 

A.D.Grebenkin  ma’lumotlariga  qaraganda  «minglar  uchta  asosiy  urug’  va  ular 

tarkibidagi bir qancha tarmoqlardan iborat bo’lgan: a). to’g’alilar (ahmad, chag’ir, 

tunnamoz,  oqshiq  va boshqalar). b). bog’lonlar (chibli, qora, mirza  va  boshqalar). 

v).  uvoqtamg’alilar  (kiyikxo’ja,  chavutjayli,  algal,  o’ramas,  to’qnamoz,  yarat  va 

boshqalar)».  

N.B.Begaliyevning  yozishicha: «ming  qabilasi  urug’lari  haqidagi  manbalar 

bugungi  kunda  ancha  kam.  O’zlarini  minglarga  tegishli  deb  biluvchi  bir  qator 

urug’lar  borki,  ularning  haqiqatdan  ham  minglarga  tegishli  ekanligini  aniqlash 

ancha qiyin».  




 

28 


Nomlari  keltirilgan  urug’lar  orasida  viloyat  hududida  oykonimlar  shaklida 

uchraydigan  taroqli, cho’michli, qoraqo’yli,  erganakli kabi urug’ nomlari mavjud. 

Ammo,  tahlillar  ko’pincha  bu  urug’larning  yuz  yoki  qirq  qabilalariga  tegishli 

ekanligini  ko’rsatdi. «Mingning  bo’linishiga  oid  materiallarning  deyarli 

uchramasligi»,  faqat  xalqning  asrlar  davomidagi  og’zaki  tasnifi  bo’lib,  yozma 

manbalarda saqlanib qolmaganligi,  qabila  tarkibi ancha  murakkab  va uni bugungi 

kunda aniq klassifikasiyalash qiyin ekanligidan dalolat beradi.   

Yuz  (juz)  -  viloyatning  G’allaorol,  Yangiobod,  Zomin,  Zarbdor,  Jizzax, 

Baxmal  va  Forish  tumanlari  hududida  yashovchi  qabila  nomi.  O’tgan  asrning 

yetmishinchi  yillarida  X.Doniyorov  yuz  qabilasini  uch  katta  bo’lakka  bo’lgan: 

marqa  bolasi,  qarapchi  va  rajab  bolasi.  Viloyat  hududida  yuz  qabilasining  bo’lak, 

urug’, to’p kabi etnik shoxobchalari etnooykonimlar tarkibida keng tarqalgan.  

Masalan,  Zomin  tumanida  yuz  qabilasi  tarkibida  bo’lgan  uyas,  boymoqli, 

quriqozon,  tig’iriq,  beshkuvi,  bog’machchoyi,  mug’ol,  uvol(olmasuvon),  nebo’sa, 

qarapchi, qo’shtamg’ali, parchayuz,  beshyuz, quyonquloqli, sirgali, so’loqli,  og’ar 

va boshqa urug’ nomlari oykonimlar sifatida o’z aksini topgan. Yuzlar tarkibidagi 

urug’  nomlari  bilan  ataladigan  oykonimlar  viloyatning  boshqa  tumanlari 

toponimiyasi tarkibidan ham keng o’rin olgan. 

Yuz  (juz)  terminining  kelib  chiqishi  to’g’risida  turli  qarashlar  mavjud. 

Masalan,  V.V.Radlov  yuz  (juz) «yuzta  urug’ning  birlashmasi,  urug’lar  ittifoqi» 

ma’nosida  bo’lsa  kerak,  deb  hisoblaydi.  V.V.Grigoryev  esa  juz  (yuz)  arab  tilida 

«tarmoq,  bo’lak,  biron  narsaning  qismi»  ma’nolarini  bildiradi  deb  yozadi  va  juz 

terminini xuddi shu ma’noda bo’lsa kerak, deb hisoblaydi.  

X.Doniyorovning  yozishicha, «Q.Najimovning  «Antropologicheskiy  sostav 

naseleniya  Surxandarinskoy  oblasti»  degan  asarida  yuzlar  to’g’risida  anchagina 

yaxshi ma’lumotlar berilgan. Asar muallifining ta’kidlashicha, «yuzlar O’zbekiston 

xalqlari  tarixida  XVII  asrdan  boshlab  Buxoro,  Samarqand,  Xo’jand  va  O’ratepa 

aholisi orasida eslatib o’tilgan». Bizningcha, deb yozadi X.Doniyorov yuz qabilasi 

asosan  XVI-asrda  Shaybonixon  rahbarligida  O’rta  Osiyoga  kirib  kelgan  bo’lishi 

kerak».  




 

29 


Qirq  –  viloyat  hududida  yuzdan  keyin  keng  tarqalgan  qabila.  Qariyalar  uni 

yuzning  ukasi  deb  hisoblaydilar.  Aslida  mingni  ham,  yuzni  ham  va  qirqni  ham 

siyosiy birlashmalar (uyushmalar) natijasida yuzaga kelgan etnik birlashmalar deb 

atash  haqiqatga  mos  bo’lsa  kerak. «Bir  qator  tadqiqotchilarning  ta’kidlashlaricha, 

deb  yozadi  N.B.Begaliyev  qirq  va  yuzlar  yaqin  qarindosh  qabilalardir. 

I.Magidovich ular ko’pincha birgalikda  yashashlari hamda bir umumiy nom bilan 

(qirq  -  yuz) atashlarini  yozadi». Qirq  qabilasi  avvalo  6  ta  katta  bo’lakka  (uruqqa) 

bo’linadi.  Bular:  qoraqo’yli,  qoracha,  moltop,  mulkush,  chaprashli  va 

chortkesardir», deb yozgan edi X.Doniyorov.   

Qabila  vakillari  ko’proq  viloyatning  G’allaorol,  Jizzax,  Zomin,  Zarbdor, 

Forish tumanlarida yashaydi. Masalan, G’allaorol tumanida moltop, abiz, mulkush, 

sug’umboy, chuvulloq, ko’kgumbaz, chubar, qoracha, qoraqo’yli, anoyi, uymovut 

kabi urug’ nomlari oykonimlar sifatida tuman toponimiyasida o’z aksini topgan.  

Jaloyir  –  viloyat  hududida  faqat  Zomin  tumanida  oykonim  sifatida  qayd 

etilgan qabila nomi. Mahmud Koshg’ariy jaloyirlarni mo’g’ul tilida so’zlashganlar 

deb yozgan va bu fikrga V.V.Bartold ham qo’shilgan. Rashididdinning yozishicha, 

jaloyirlar XII–asrda Onon va Kerulen daryolari bo’yida yashashgan. Jaloyir turk va 

mug’ul qabilalarining aralashishi natijasida paydo bo’lgan degan, fikr ham mavjud. 

Aslida turkiy qabila bo’lib, keyinchalik  mo’g’ullar birlashmasiga qo’shilgach, uni 

mo’g’ullar deb atay boshlaganlar.  

Chingizxon  hukmronligi  davrida,  jaloyirlardan  bir  qancha  e’tiborli  beklar  va 

lashkarboshilar  yetishib  chiqqan.  XII-asrning  oxiri  va  XIII-asrning  boshlarida 

jaloyirlarning  katta  qismi  Yettisuv  va  Movarounnahrning  ayrim  viloyatlariga 

ko’chib  kelib  o’rnashgan.  Hozirgi  Zomin  tumani  hududiga  jaloyirlar  XIV-asr 

oxirlarida kelib muqim yashab qolgan.  

Nayman  -  viloyatning  Forish,  Zomin,  G’allaorol,  Yangiobod  tumanlari 

toponimiyasida  o’z  aksini  topgan  qadimiy  qabilalardan  biri.  Masalan,  Forish 

tumanida  nayman  degan  oykonim  bo’lmasa  ham  Uchma,  Birlashgan,  Qamish, 

Deriston,  Qizilqishloq,  Bolamon  kabi  qishloqlarda  asosan  naymanlar  yashaydi. 

XIX-asrning oxirlarida Nurota tog’larining shimoliy  etagida joylashgan qishloqlar 




 

30 


aholisining  etnografiyasini  o’rgangan  rus  olimi  A.P.Xoroshxinning  yozishicha, 

aholisi  tojiklardan  iborat  bo’lgan  Mojarm,  Andagin,  Arsaf  kabi  qishloqlarning 

aholisi ham  o’zlarini nayman deb hisoblaganlar. Ammo, olim bu e’tirofga shubha 

bilan qaragan, chunki hamma tomondan turkiy xalqlar o’rab turgan holatda qanday 

qilib va kimlar ta’sirida ular tojik bo’lib qolganliklarini dalil sifatida keltirgan.  

Naymanlarning  kelib  chiqishi  munozarali.  Bir  guruh  olimlar  (V.V.Bartold, 

B.Ya.Vladimirsov  va  boshq.)  naymanlar  etnogenezini  mo’g’ullar  bilan 

bog’laydilar.  Ular  nayman  so’zining  etimologiyasini  (mo’g’ulcha  naim  «sakkiz») 

o’z  fikrlariga  dalil  qilib  ko’rsatadilar.  Ikkinchi  bir  guruh  esa  (N.A.Aristov, 

S.A.Amanjolov  va  boshq.)  naymanlarni  turk  deb  hisoblaydilar.  Oxirgi  yillarda 

to’plangan ma’lumotlar asosida, naymanlar aslida  sakkizo’g’iz nomli turkiy qabila 

vakili  bo’lib,  mo’g’ullar  o’z  tiliga  moslab  nayman  deb  ataganliklari  tasdiqlangan. 

XIX-asrning oxiri-XX-asrning boshlarida  o’zbek naymanlar ham boshqa qabilalar 

kabi  o’troq  o’zbeklar  tarkibiga  singib,  mazkur  xalqning  shakllanishida  faol 

qatnashganlar.  Bugungi  kunda  Zomin,  G’allaorol  va  Yangiobod  tumanlarida 

Nayman, Naymansoy nomi bilan aholi punktlari mavjud.   

Saroy  -  o’zbek  xalqi  tarkibiga  singib  ketgan  va  o’z  navbatida  bir  necha 

tarmoqlarga bo’linadigan qabilaning nomi. Viloyatning Baxmal tumanidagi Saroy, 

G’allaorol  tumanidagi  Saroy  va  Xonimqo’rg’on  qishloqlarida  hamda  Jizzax 

shahrining Saroylik mahallasida shu etnik guruh vakillari yashaydi. A.D.Grebenkin 

ma’lumotlariga  qaraganda,  saroylarning  asosiy  joylashgan  o’rni  Balx  viloyati 

bo’lib, ular keyinchalik shimol tamonga siljishgan. Olim fikriga asoslanib, Baxmal 

tumanidagi Balxi qishlog’ida yashovchi aholini ham kelib chiqishi shu qabila bilan 

bog’liq degan xulosaga kelish mumkin.  

Qangli  -  viloyatning  Jizzax,  G’allaorol  va  Zomin  tumanlari  toponimiyasida 

o’z  aksini  topgan  qadimiy  etnonim.  Masalan,  G’allaorol  tumanida  Qangli, 

Sherqangli  degan  oykonimlar  bor.  Qabila  vakillari  eramizdan  oldingi  III–II-

asrlarda  butun  O’rta  Osiyoda  buyuk  Qang  davlatini  barpo  etgan.  Mahmud 

Koshg’ariyning  «Devonu  lug’otit  turk», Abdulg’oziyxonning  «Shajarai tarokima» 

asarlarida qangli so’zinig ma’nosi «aravali» deb izohlangan.  




 

31 


Qangli  qabilasining  kelib  chiqishi,  tarqalishi  va  uning  urug’larga  bo’linishi 

masalasini  etnograf  olim  K.Shoniyozov  batafsil  o’rgangan.  Tarixiy  manbalarga 

qaraganda  qangli  qabilasining  ajdodlari  VII-VIII  asrlarda  Sirdaryoning  o’rta 

oqimida,  Orol  dengizi  bo’ylarida,  Talas,  Chu  daryolarining  yuqori  qismlarida, 

Balxash ko’li, Kaspiy dengizi atroflarida yashaganlar va XIX-asrning oxiri va XX-

asrni boshlarida hozirgi hududlariga ko’chib kelishgan.  

Turk  -  viloyatning  Jizzax,  Baxmal,  Yangiobod  va  Zomin  tumanlari 

toponimiyasida  o’z  aksini  topgan  qabila  nomi.  Qabila  bir  qancha  tarmoqlarga 

bo’lingan.  Masalan,  Baxmal  tumanidagi  Barlos,  Paytavabosh,  Turk,  Kaltatoy, 

Lattavand,  Sarmish  kabi  qishloqlarda  shu  etnik  guruhlarining  vakillari  yashaydi. 

Turklar  VI-XVI  asrlarda  hozirgi  O’zbekiston  hududiga  kelib  joylashgan.  Turk 

qabilasi tarkibiga turklashgan mo’g’ul qabilalarining ayrim guruhlari ham kirgan.  

«Turk»  etnik  guruhining  bo’linmalaridan  biri  kaltatoy  urug’idir.  S.Qorayev 

yozishicha: «kaltatoy  turk  qabilasi  tarkibiga  kirgan  urug’lardan  birining  nomi. 

Kaltatoy  urug’i  o’z  navbatida  kichik  shoxobchalarga  (mirzakaltatoy,  muazzamini, 

maxatori,  kaltatoymashat  va  boshqalar)  bo’linadi.  XIX-asrning  oxiri  va  XX-

asrning  boshlarida  kaltatoylar  batamom  o’troqlashgan.  Kaltatoy  -  yosh  toy,  yoli, 

dumi  kesib  qo’yilgan  ikki  yashar  toychoq  ma’nosini  ifodalaydi.  Toy  ushbu 

urug’ning  muqaddas  jonzoti  (totem)  bo’lgan».  Kaltatoy  urug’inig  shevasini 

o’rgangan  olim  Xudoybergan  Jo’rayevning  aytishicha,  Qo’qonda  yashab  ijod 

qilgan  shoir  Mirfozil  Kaltatoy  etnonimning  «qarchig’ay»  degan  ma’nosi  ham 

borligini ta’kidlagan. 

Yuqorida viloyat toponimiyasida keng o’rin olgan asosiy qabilalar va ularning 

urug’lari haqida so’z  yuritildi. Bu viloyat  geografik nomlar  orasida salmoqli  o’rin 

egallagan  etnonimlarni  kelib  chiqish  tarixi,  ularning  areali  va  etimologiyasini 

yoritishda manba bo’lib xizmat qilishi mumkin.   

Jizzax  viloyati  hududidagi  aholi  punktlari  nomlari  tarkibida  uchraydigan 

ko’sa,  ingichka  (Forish  tumani),  kallar,  beshkal  (G’allaorol  tumani),  tentak, 

yumaloqbosh  (Baxmal  tumani),  qorayantoq,  ko’rpa  (Jizzax  tumani),  yalpoqbosh, 



 

32 


tasqara  (Zarbdor  tumani), kuchukboy,  to’qim  (Zomin  tumani) va  boshqalar  aslida 

mayda etnik birliklarning nomlaridir. 

Viloyat  etnooykonimlari  haqida  gap  borganda,  shuni  ta’kidlash  lozim, 

o’zbeklar  bilan  birga  tub  joy  xalq  hisoblangan  tojik,  qozoq,  qirg’iz  xalqlarining 

ham  etnik  birliklari  mavjud,  shu  sababdan  o’z-o’zidan  ma’lumki,  ana  shu 

xalqlarning  urug’lari  nomlari  bilan  ataladigan  joylar  ham  bor.  Masalan, 

Tojikqishloq  (Baxmal  tumani),  Qozoqovul  (Paxtakor  tumani),  Tojikmahalla 

(Zomin  tumani)  va  hokazo.  Jizzax  viloyatidagi  etnooykonimlarning  joylashishini 

tumanlar  kesimida  tahlil  qilinganda  quyidagi  holatni  kuzatish  mumkin.                                      

8-jadval 

 

 

№ 



 

Tumanlar 

 

Etnooykonimlar 



 

 



Arnasoy 

 

____ 



 

 

 



 

 



 

 

Baxmal 



O’ray, Saroy, Kaltatoy, Barlos, Mirzaesagi, Uyas, 

Sartyuzi, Qaropchi, Qirqqishloq, Balxi, Sarmish,  

Bekkeldi, Yumaloqbosh, Kaltatoy, Qoraqishloq, 

O’damali, Qoraqursoq, Boyqo’ng’ir, Chubor, Duvlat, 

Uyluqma, Lattaband, Paytavabosh, Mo’g’ol, Solin.  

  

 



 

Do’stlik 



 

                                                           _____

 

 

 



 

 



Jizzax 

Arishli, Qang’li, Saroylik, So’loqli, Qorasiyroq, Beklar, 

Qorayantoq, Og’ajon, Turkqishloq, Ko’rpa, Tuyoqli, 

Burqut, Taroqli, Eronqishloq, Xurosoni. 

 

 

 



 

 



 

 

Zomin 



Boymoqli, Sirgali, Quyonquloq, Tig’iriq, Usmoni, 

Qutchi, Beshbegi, Turkman, Jaloyir, Chaparashli, 

Beshkuvi, Juvonsiyroq, Axtaxona, Baxmatchoyi,   

Nebo’sa, Qoraqursoq, Nayman, Parchayuz, Beshyuz, 

Tog’ayto’pi, Uvol, Uyas, Qurqozon, Qo’shtamg’ali. 

 



 

33 


 

 



Zarbdor 

 

Juvonsiyroq, Tasg’ara, Yalpoqbosh. 



 

 



Zafarobod 

 

_____ 



 

 



Mirzacho’l 

 

_____ 



 

 



Paxtakor 

 

_____ 



 

 

10 



 

 

Forish 



Bag’anali, Bolg’ali, Ilonli, Ingichka, Eshbo’ldi, 

Mexoyam, Bekjig’ali, Oytamg’ali, Oqdantuqqan, 

Sayyod, Qoraabdal, Qoraxoni, Qorabag’anali, Ko’sa,  

Olaqop, Beshbola, Kalsari, Tuvmajon, Sog’ishmon.  

   

 

11 



 

Yangiobod 

Bolg’ali, Puchuqoy, Mo’g’ol, Erganakli, Uyuvli, Bayot. 

 

 



 

12 


 

 

 



G’allaorol 

Ramazon, Beshkal, Cho’michli, Anoyi, Beshbola, 

Uyas, Mingqishloq,  Turk, Qarapchi, Chayonli, 

Chuvulloq, Xitoyyuzi, Olmasuvon, Boylarovul, 

Sherqang’li, Bolg’ali, Nayman, Saroy, Moltop, 

Mulkush, Abiz,  Uymovut, Sug’unboy, Qang’li, 

Qoraqo’yli, Yettiurug’,  

 

 



13 

 

Jizzax shahri 



 

So’loqli, Qipchoq, Qang’li, Saroylik 

 

 

Etnooykonimlar  viloyat hududida notekis taqsimlangan. Shuni hisobga olgan 



holda  ularning  soni  jihatidan  viloyat  hududini  ikkiga,  ya’ni  tog’li  (janubiy)  va 

tekislik  (shimoliy) qismlarga  bo’lish  mumkin.  Viloyatning  janubiy  qismida,  ya’ni 

tog’li  hududlarda  joylashgan  Baxmal,  G’allaorol,  Yangiobod  hamda  Zomin  va 

Forish  tumanlarining  toponimiyasida  etnooykonimlar  salmog’i  katta,  aksincha 

cho’l  tumanlarda,  ya’ni  Jizzax  cho’lining  o’zlashtirishi  munosabati  bilan  tashkil 



 

34 


etilgan 

Paxtakor, 

Do’stlik, 

Mirzacho’l, 

Arnasoy, 

Zafarobod 

tumanlari 

toponimiyasida etnooykonimlar umuman uchramaydi.  

Buni,  birinchidan  urug’  va  qabilalar,  ya’ni  etnik  guruh  nomlari  qisman 

unitilgan  va  avvalgidek  muhim  ahamiyat  kasb  etmasligi,  ikkinchidan  cho’lni 

o’zlashtirilishi  natijasida  paydo  bo’lgan  aholi  punktlari  nomlari  ko’pincha  buyruq 

asosida paydo bo’lgan nomlar ekanligi bilan izohlash mumkin.  

Mintaqa  etnooykonimlari  orasida  jonivorlar,  xususan,  uy  hayvonlari  nomi 

bilan  atalgan  etnonimlar  eng  qadimiydir,  chunki  odamlar  birinchi  bo’lib  ana  shu 

hayvonlarni xonakilashtirgan. Ular majusiylar davrida paydo bo’lgan. Urug’larning 

muqaddas hayvonlari (totem) bo’lib, kishilar o’zlarini shu hayvonlardan tarqalgan 

deb  hisoblagan,  ilonli  (jilonli),  ilontamg’ali  (jilontamg’ali),  chayonli,  qarg’ali  va 

boshqalar.             

Masalan,  A.Zokirov  Jizzax  viloyati  toponimiyasining  leksik-semantik 

asoslari,  ularning  etnolingvistik  qatlamlari  hamda  region  toponimlarining  paydo 

bo’lishida atoqli  otlar  va appelyativlarning  lingvistik  tahliliga bag’ishlangan ilmiy 

ishida  etnotoponimlarni  qimmatli  lingvistik  manba  hisoblab,  ularning  paydo 

bo’lishida leksik-semantik jihatlariga asosiy e’tiborni qaratgan.  

Viloyat hududidagi qabila, urug’ va undan kichikroq etnik guruh nomlarining 

paydo bo’lishini uchta asosiy  guruhga bo’lgan: a). Tamg’a asosida paydo bo’lgan 

etnonimlar. b). Totem tushunchasi  asos bo’lib xizmat qilgan nomlar.  v). Son asos 

bo’lgan  etnik  nomlar.  Vaqt  o’tishi  bilan  etnik  guruh  vakillari  muqim  (o’troq) 

yashab  qolgan  joylar  ham  keyinchalik  shu  nomlar  bilan  atalgan  degan  xulosaga 

kelgan.  

Ko’pgina  etnonimlar  urug’  -  aymoq  tamg’asi  nomi  bilan  atalgan.  Har  bir 

urug’ning  o’z  tamg’asi  bo’lgan,  ko’pincha  chorvachilik  bilan  shug’ullanganligi 

sababli  ular  qo’ylarni,  echkilarni,  otlarni,  tuyalarni  boshqalarnikidan  farq  qilish 

uchun  turli  shaklda  tamg’alab  qo’yishgan.  Masalan,  viloyat  hududidagi  aholi 

punktlari  nomlari  tarkibida  uchraydigan  taroqli,  cho’michli,  qirg’ili,  bolg’ali  kabi 

urug’larning  tamg’alari  shaklan  ana  shu  uy  -  ro’zg’or  asboblariga  o’xshash 

bo’lgan. Bulardan tashqari,  etnonimlar  orasida kishi ismlari, joy nomlaridan kelib 




 

35 


chiqqan,  kasb  -  hunar  nomi  bilan  yuritiladigan,  jamiyatdagi  ijtimoiy  mavqyesiga 

qarab, urug’ -ajdodlarni  laqabi bilan atalgan va boshqa joy nomlarini ham ko’rish 

mumkin.  

Odamlar  uzoq  evolyusion  davr  davomida  avvalari  urug’  -  urug’  bo’lib, 

keyinchalik  esa  hududiy  -  dialektal  umumiylik  hosil  qilib,  qabila  -  qabila  bo’lib 

yashaganlar. Mutaxasislarning ta’kidlashicha, «odam, inson, o’zimizning kishilar» 

kabi  ma’nolarni  anglatadigan  etnonimlar  eng  qadimgi  hisoblanadi.  Masalan, 

viloyat  hududidagi  bir  qancha  geografik  nomlar  tarkibida  qipchoq  etnonimi 

uchraydi.  Qipchoq  -  o’zbek,  qozoq,  qoraqalpoq  va  boshqa  bir  qator  turkiy 

xalqlarning  shakllanishida  ishtirok  etgan  qadimiy  qabila  nomi.  Qipchoqlar 

ko’chmanchilik 

hayot 


tarzini 

kechirib, 

ko’proq 

chorvachilik 

bilan 

shug’ullanganlar.  



X.Doniyorov  Rashididdinning  «Jome’-at  tavorix»  asarini  o’zbek  xalqining 

qabila  va  urug’lari  to’g’risidagi  muhim  manba  sifatida  o’rganib  qipchoq  qabilasi 

to’g’risida  shunday  ma’lumotni  keltiradi: «O’g’iz  itbaroq  (etbaroq)  qabilasidan 

yengilib, orqaga chekinayotgan vaqtda eri urushda o’lgan bir xotinni to’lg’oq tutib 

qoladi.  Katta  bir  daraxtning  kavagida  ko’zi  yoriydi.  Buni  eshitgan  O’g’iz  xotinga 

achinib,  bolani  o’ziga  o’g’illikka  oladi  va  Qipchoq  deb  ism  qo’yadi.  Rashididdin 

fikricha,  qipchoq  so’zi  turkcha  (o’zbekcha) «qobiq»  so’zidan  olinib,  hamma 

qipchoqlar ana shundan tarqalgan emish».  

Albatta,  har  bir  etnotoponimning  o’ziga  xos  etimologiyasi  bor.  Yuqorida 

ularning  ayrimlarini  tahlil  qilishga  harakat  qildik.  Etnotoponimlar  etimologiyasi 

haqida  keltirilgan  fikrlar  turli  manbalarga  suyanib  yozilgan,  binobarin  uzil-kesil 

variantlar emas, chunki har qanday etimologiya ham nisbiydir.  

 

 

 



 

 

 




Download 371,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish