Sotsial taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuch sifatida u yoki bu
tabiiy omillami ilgari surilishi pozitivistik-naturalistik maktablami
tasniflash imkonini yaratadi.
Masalan, bioorganik maktab asosiy e'tiborini sotsial yaxlitlik
strukturasiga,
irqiy-antropologik
maktab
-
inson
biologik
xususiyatlaming, asosan irqiy mansubligi va genotipining ijtimoiy
hayotga ta’sirini, sotsial darvinizm - yashash uchun kurash va tabiiy
tanlov, geografik maktab esa - geografik muhitning ta’sirini
mutlaqlashtirdi va h.k.. Quyida biz ulami birma-bir ko‘rib chiqamiz.
2.
Sotsiologiyadagi mumtoz tabiiy fan metodologiyasi obro‘-
e'tibori va undagi mexanistik dunyoqarash, vulgar-materialistik
tendensiya xususiyatlarini mexanistik maktab faoliyatida yaqqol
ko‘rish mumkin.
Bu maktab ta’limoti boshqa ko‘pgina naturalistik maktablar
uchun yashirin g‘oyaviy baza vazifasini o‘tadi.
1
A H istory o f C lassical Sociology. Translated by H. Cam pbell Creighton, M.A. (O xon). Progress
Publishers. - P. 57-58.
83
Mexanistik maktabga shartli ravishda shunday sotsiologik
konsepsiyalami taalluqli hisoblash mumkin: ular sotsial jarayonlami
va voqealami jismoniy jarayon va voqealar bilan tenglashtiradilar.
Shuningdek, sotsial olamni tushuntirish uchun keng ma’noda
mexanika, fizika, energetika va hokazolaming tushunchalaridan
foydalanadi. Mexanitsistlar jamiyatni statistik qismlardan tashkil
topgan agregat degan tushunchani keng rivojlantirdilar. Jamiyatning
«agregat» konsepsiyasi sotsiologiyada statistik metodni qo‘llashga
asosiy omil boidi.
XIX asr sotsiologiyasida mexanistik nazariyani keng ishlab
chiqqan olim - bu amerikalik iqtisodchi va sotsiolog Genri Charlz
Keri (1793-1879). Uning mexanistik g‘oyalar aks etgan asosiy asarlari
quyidagilar: uch jildlik «Sotsial fan asoslari» (1858-1860), «Jismoniy,
sotsial, psixik va axloqiy fanlar munosabatidagi qonun birligi» (1872).
U o‘zining bu asarlarida Spenseming mexanistik evolyutsiyasini
yoqlab chiqadi.
Mexanikaning umumiy reduksionizm mantig'idan kelib chiqib,
Keri materiyaning hamma shakllarini boshqaradigan umumiy oddiy
qonunlami
izlaydi.
Masalan,
aholining
assotsiatsiya
va
konsentratsiyasi sotsial shakllarini fizikaning tortishish va itarilish
qonunlari bilan tushuntirishga harakat qiladi. Uning uchun inson - bu
jamiyatning
molekulasi,
insonlar
assotsiatsiyasi
esa
«buyuk
molekulyar tortilish qonuni» ning bir ko‘rinishidir. 0 ‘z qarashlarida
G.Ch.Keri juda sodda umumlashma va analogiyalami keltiradiki, unga
ko‘ra, ishlab chiqarish va iste'mol moddaning oddiy o‘zgarishi, savdo-
sotiq esa - moddaning makonda almashinuvi va h.k..
XX asr boshlarida tabiatshunoslik fanlaridag inqilob sotsiallikni
miqdoriy-mexanistik tarzda tushuntirishga to‘sqinlik qila olmadi.
Sotsial voqyelikni miqdoriy-mexanistik ravishda tushuntirishga
intilgan taniqli ximik olim - bu Vilgelm Fridrix Ostvald (1853-1932)
hisoblanadi. O'zining «Madaniyat haqidagi fanlaming energetik
asoslari» asarida shuni alohida ta’kidlaydiki, energetika ijtimoiy fanlar
uchun evristik tamoyillami ishlab chiqishga qodirdir. Energetik nuqtai
nazardan madaniy jarayon - bu energiyani bog‘langanlikka
aylanishidir. Qanchalik ko‘p miqdorda bog‘langan, foydali energiya
olinsa,
shunchalik
madaniyat
taraqqiyoti
salmoqli
bo‘ladi.
Energiyaning yoyilishi qonuniga asoslangan bu universal mezon
84
nafaqat ijtimoiy taraqqiyotning ko‘lamini o‘lchaydi, balki, organizm
yashovchanligining uzayishini ham kuzatib borish imkonini beradi.
V.F.Ostvald shu tariqa boshqa sotsiologik va
iqtisodiy
kategoriyalami energetizm nuqtai-nazaridan tushuntirishga o‘tadi,
xususan, ijtimoiy tartib va davlatni energiyaning ijobiy almashinuvi
shart-sharoiti sifatida olib qaraydi.
Matematik tabiatshunoslikning ustuvorligi XX asr boshlarida
mexanistik tafakkuming keng yoyilishga sabab bo‘ldi. Sotsial fizika
g‘oyalarini V.M.Bexterev, L.Vinyarskiy va A.Barselo, A.Lotka,
V.Pareto va boshqalar u yoki bu tarzda rivojlantirdilar1.
0 ‘zlarining
bir
qator
jiddiy
kamchiliklariga
qaramay
mexanitsistlarning ayrim xatti-harakatlari sotsiologiya fanining
rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, ular sotsiologiyada o‘lchov
va statistika nazariyasini tadbiq etilishiga baholi qudrat o‘z hissalarini
qo‘shdilar.
3.
Darvinizm ta’limoti u yoki bu ko'rinishda sotsiologik
ta’limotlar va fikrlarga ma’lum darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatgan,
jumladan bu holat Gabriel Tard, Lester Uord, Franklin Giddings, Emil
Dyurkgeym tomonidan bildirilgan nuqtai nazarlar va ilgari surilgan
g‘oyalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Ushbu ko‘rsatib o‘tilgan mualliflar va boshqa bir qator
sotsiologlar tomonidan ilgari surilgan g‘oyalarda darvinizm ta ’limoti
farazlarni ishlab chiqishda o‘ziga xos turtki beruvchi ahamiyatga ega
bo‘lishi yoki yordamchi uslubiy qurol sifatida foydalanilishi qayd
qilinadi. Shunday tariqa tabiiy-ilmiy darvinizm sotsial-darvinizm
ta’limotiga aylantirilishi kuzatiladi.
Ushbu o'rinda qayd qilib o‘tish kerakki, Ch.Darvinning o‘zi ham
va shuningdek, darvinizm ta’limotining boshqa asoschilari, jumladan
Alfred Uolles va Tomas Geksli kabi olimlar ham biologik
tushunchalami bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijtimoiy fan sohalariga
o‘tkazilishiga qarshilik bildirishgan. Shu sababli, keyinchalik «sotsial
darvinizm» deb nomlangan yo‘nalishning asoschisi sifatida aynan,
Ch.Darvinni
ko‘rsatib
o‘tish
mumkin
emas.
Evolyutsiya
nazariyalarining tamoyillarini tizimli tarzda ijtimoiy fan sohalariga
tadbiq etgan dastlabki vakillardan biri - bu G.Spenser hisoblanadi, u
tomonidan tabiiy tanlov, hayot uchun kurash va yashab qolishga
1 A History o f C lassical Sociology. Translated by H. Cam pbell Creighton, M.A. (Oxon). Progress
Publishers. - P. 59-61.
85
intilishda moslashish mexanizmlarini belgilab beruvchi qonuniyatlar
nafaqat sifat jihatidan biologik mazmunga egaligi, balki ijtimoiy
fenomenlar ham hisoblanishi ta’kidlab o‘tiladi. Aynan, ushbu muallif
tomonidan sotsial-darvinizm ta’limotining asl tamoyillari ishlab
chiqilgan, deb hisoblanilsa xato bo‘lmaydi.
Sotsial darvinizm mukammal ishlab chiqilgan sotsial oqim
hisoblanmaydi. Biroq ushbu ta’limot tamoyillarining boshqa ijtimoiy
fanlar sohalarida keng tarqalishi, shuningdek, publitsistika va badiiy
adabiyotda aks etishi qayd qilinadi.
Odatda, sotsiologiya tarixiga oid adabiyot manbalarida o‘z
fikrlarini bildirib o‘tgan ayrim sotsial darvinizm ta’limoti vakillari
umuman olganda, evolyutsion nazariyaga mutlaqo qarshi fikr
bildirishgan boiib, ular tomonidan ushbu tushunchadan deyarli
foydalanmaslik qayd qilinadi, boshqa ayrim vakillar esa - faqat ushbu
taiimotning
ayrim
tamoyillarinigina
o‘zlari
ishlab
chiqqan
konsepsiyalarga moslashtirishlari kuzatiladi.
Sotsial darvinizm
ta’limoti vakillari orasida o‘z nuqtayi nazarlari va qarashlariga ko‘ra,
vulgar materialistlar va idelistlar ham mavjud boiib , shuningdek
ijtimoiy «realistlar» yo‘nalishida ijod qilgan vakillarda ijtimoiy bir
butunlik uni tashkil qiluvchi individlardan tashqari holatda qarab
chiqilishi kuzatiladi, «nominalistlar» esa - haqiqiy mavjudlik va
mazmun - mohiyatni faqat individlar asosida yondoshish bo‘yicha
tahlil qilishni maqsadga muvofiq, deb hisoblashadi, bundan tashqari
irqlar va antiirqlar, burjuaziya reformistlari (islohotchilar) va ijtimoiy
rivojlanishda tartibsizlik tamoyillari tarafdorlari ham o‘ziga xos
farqlanishga ega fikrlar va g‘oyalami ilgari surishgan1.
Agar,
sotsial
darvinizm
maktabining
dastlabki
yaqqol
farqlanuvchi yo‘nalishlaridan biri - bu bevosita ziddiyatlar
konsepsiyasi
asosida
shakllangan
yo‘nalish
boiib,
biologik
evolyutsiya nazariyalari asosidagi tamoyillar ishlab chiqilishga olib
kelgan, shuningdek ikkinchi yo‘nalish - bu bilvosita shakllangan
yo‘nalishlar yoki boshqa nazariyalarga asoslanuvchi yo‘nalishlardan
tashkil topadi. Aynan, sotsial darvinizm maktabining keltirib o‘tilgan
ikkinchi yo‘nalishlarida faoliyat olib borgan sotsiologlaming ayrim
fikrlariga nisbatan batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Bular: Uolter Bejgot,
1 Qarang: Гофман А.Б. Семь лекций no истории социологии: У чебное пособие д ля вузов. - 5-е
изд - М.: Книжный дом «Университет», 2001. Лекция № 5.
86
Lyudvig Gumplovich, Gustav Ratsenxofer, Albion Smoll, Uilyam
Grem Samner.
Uolter Bejgot (1826-1877) - Angliyalik publitsist, iqtisodchi va
siyosatchi olim, o‘zining «Fizika va siyosat» kitobida (1872)
birinchilardan bo‘lib, darvinizm nazariyalarini ijtimoiy fanlarga tadbiq
etishga dastlabki urinishlami amalga oshirlgan. Bejgot tomonidan
tabiiy tanlovning asosan, kishilik jamiyatining taraqqiyotining
boshlang‘ich davrlarida ulkan rol o‘ynaganligi qayd qilib o‘tiladi.
Bejgot tomonidan quyidagi fikrlar keltiriladi: «Boshqa sohalarda
«tabiiy tanlov qonuniyati»ning amal qilinishiga qarshi fikr bildirish
mumkindir, biroq so‘zsiz ravishda bu qonuniyat kishilik jamiyati
tarixining boshlang‘ich davrlarida yetakchi o‘rin tutadi, ya’ni bu
davrda kuchlilar kuchsizlarni kuchi yetgani darajasida o ‘ldirishlari
kuzatilgan»1.
Bejgot tomonidan bildirilgan fikrlarga ko‘ra, dunyoda odamlar
o‘rtasida yashash uchun kurash qonuniyati asosan individlar o ‘rtasida
emas, balki individlar guruhlari o ‘rtasida amalga oshadi. Jumladan,
birorta millatning boshqalari ustidan hukmronlik qilishga intilishi
kuzatiladi, millat ichida esa - ayrim ijtimoiy guruhlaming boshqalari
ustidan ustunlik qilishga intilishi qayd qilinadi, va bu holatni Bejgot
asosiy ijtimoiy qonuniyatlardan biri sifatida ko‘rsatib o‘tadi.
Bejgot tomonidan guruhlar o‘rtasidagi ziddiyatlaming muhim
ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o ‘tilishi bilan birgalikda, guruh
ichida kuzatiluvchi, taqlid qilish asosida shakllangan jipslikka katta
e'tibor qaratiladi. Jumladan, uning o‘zi ham Tard g ‘oyalarining
davomchisi sifatida maydonga chiqadi va o‘zi ishlab chiqqan
konsepsiyaning markaziy g‘oyalarini «taqlid qilish» tamoyili asosida
bayon qilib bergan.
Bejgot tomonidan taqlid qilish tendensiyalari bilan birgalikda,
shuningdek qarama-qarshi mazmun-mohiyatga ega bo‘lgan tendensiya
ham mavjudligi ta’kidlanadi: ya’ni - odamlaming olg‘a intilishlari
ulaming taqlid qilinuvchi oldingi ajdodlardan farqlanadi va bu holat
o‘z navbatida, taraqqiyot yuzaga kelishi ehtimolligini belgilab beradi.
Bejgot tomonidan bildirilgan fikrlarga ko‘ra, taraqqiyot uchun optimal
shart-sharoitlar keltirib o'tilgan har ikkala tendensiyalar o ‘rtasida
o‘zaro turli nisbatlar saqlanuvchi jamiyatlarda shakllantiriladi: y a’ni,
1 Qarang: 0 ‘shajoyda.
8 7
bunda yangiliklaming yaratilishini belgilab beruvchi yoilam ing
ochilishini ifodalovchi - o ‘zgaruvchanlik tendensiyalari va ij'timoiy
jipslikni ta’minlovchi taqlid qilish tendensiyalari muhim ahamiyatga
egaligi ta’kidlanadi.
Bejgot tomonidan bildirilgan fikrlardan farq qilib, Avstriyalik
sotsiolog va huquqshunos olim - Lyudvig Gumplovich (1838-1909)
tomonidan bevosita evolyutsion nazariyadan kelib chiqmaydigan
konsepsiya ishlab chiqilgan. U biologik o‘xshashlik nazariyasiga
qarshi fikr bildiradi va Kont, Spenser, Sheffle, Lilienfeld kabi
sotsiologlar
tomonidan
ta’kidlangan:
«biologik
o‘xshashlik
sotsiologiyada hech qanday ahamiyatga ega hisoblanmaydi va bu
o‘xshashliklar faqat bizga timsollami solishtirish imkonini beradi,
biroq hech qanday holatlarda ham m a’lum bir aniq bilimlami
ifodalamaydi...»1
ko‘rinishidagi
tanqidiy
izohlashlar
tarafdori
hisoblangan. Bundan tashqari, Gumplovich tomonidan ishlab
chiqilgan konsepsiya sotsiologiya tarixida mutaxassislar tomonidan
ko‘pincha holatlarda sotsial-darvinizm sifatida tasniflanadi va bu
holat, eng avvalo, Gumplovichning jamiyatga nisbatan o‘zaro va
hukmronlik qiluvchi guruhlarga nisbatan ayovsiz kurash olib boruvchi
guruhlar birligi sifatida fikr bildirilishidan kelib chiqadi.
Naturalistik
konsepsiya
tarixida
Gumplovich
tomonidan
«insoniyat - Koinot va tabiatning bir qismi hisoblanadi va unga
tegishli bir butunlikni
aks ettiruvchi abadiy qonuniyatlarga
bo‘ysunadi»2 fikri ilgari surildi. U quyidagi fikrlami yozib qoldirgan:
«Alfa va omega sotsiologiya, uning oliy mazmun-mohiyati va uning
yakuniy so‘zi (mahsuli) - bu tabiiy jarayon sifatidagi kishilik
jamiyatining tarixi hisoblanadi».3
Gumplovich
tomonidan
keltirilgan
sharhlashlarda
individ
o‘zining erkinligi bilan birgalikda yolg‘on voqelik (psevdorealizm)
sifatida yoki boshqacha aytganda, ikkinchi tartibdagi voqelik sifatida
ahamiyatga ega hisoblanadi. Aksincha, jamiyat, ijtimoiy guruhlar - asl
va oliy voqelik hisoblanib, individning determinatsion xulq-atvorini
belgilab beradi. Ushbu holatda jamiyat nafaqat uni tashkil qiluvchi
1 Qarang- Гумплович Jl. О снования социологии // Западно-европейская социология XIX — начала
XX веков: Тексты. - М., 1996 - С. 30.
2
Q arang: Гоф м ан А.Б. Семь лекций по истории социологии: У чебное пособие для вузов. - 5-е
изд. — М.: Книжный дом «Университет», 2001. Лекция № 5.
3 Qarang: A H istory o f Classical Sociolog}'. Translated by H. Cam pbell Creighton, M .A (Oxon).
Progress Publishers. - P. 59.
88
tarkibiy qismlar - individlardan tashkil topgan umumiylik sifatida
emas, balki ushbu tuzilish darajasidan yuqori tartibdagi holat sifatida
qarab chiqiladi.
Gumplovich fikriga ko‘ra, sotsiologiya - bu barcha sotsiologik
fan sohalarini o'zaro bog‘lovchi, ulaming asosini tashkil qiluvchi
falsafiy asos sifatida o‘rin tutadi. Falsafa tarixidan (uning maqsadi -
ko'plab dolzarb masalalami hal qilishga yo'naltiriladi) farq qilib,
uning asosiy vazifasi - insoniyat qayerdan kelib chiqqanligi va qaysi
yo'nalishda harakatlanayotganligiga oydinlik kiritishdan iborat va
sotsiologiya - ijtimoiy guruhlar va ular o ‘rtasidagi o ‘zaro
munosabatlarni o‘rganuvchi fan hisoblanadi.
U tomonidan ta’kidlanishicha, turli xil ijtimoiy guruhlar
o‘rtasidagi uzluksiz va ayovsiz amalga oshuvchi kurash ijtimoiy
hayotning asosiy omili hisoblanadi. Gumplovich asosiy ijtimoiy
qonuniyat sifatida - «har bir ijtimoiy guruhning o‘z yo‘lida uchrovchi
har bir boshqa ijtimoiy guruhlami bo‘ysindirishi va o‘z faoliyatini
kengaytirishga, hukmronlikka intilishi»ni ko‘rsatib o‘tadi.
Gumplovich tomonidan ta’kidlanishicha, tarixda qayd qilingan
dastlabki ijtimoiy guruhlar - bu antropologik va etnik belgilami o ‘z
tarkibiga
birlashtiruvchi
o ‘rdalar
hisoblanadi.
Shuningdek,
Gumplovich o‘rdalar o ‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni izohlashda
Samner tomonidan bildirilgan fikrlarga asoslanadi. U tomonidan
Samner ishlab chiqqan «etnosentrizm» tushunchasidan foydalaniladi
va ushbu tushunchani «har bir xalqning o‘z ishonch-e'tiqodidan kelib
chiqib, nafaqat zamonaviy xalqlar va millatlar orasida eng yuksak
darajada o‘rin tutishga intilishi, balki tarixda mavjud bo‘lgan barcha
xalq va millatlardan ham yuksalishga intilishini» izo’nlab beruvchi
tushuncha sifatida qayd qilib o‘tadi.
Gumplovich tomonidan o ‘rdalar o‘rtasida uzluksiz ta’sir
ko‘rsatuvchi o‘zaro qarama-qarshilik kurashlarining holatlari tavsiflab
beriladi. Agar, dastlab ular o‘rtasidagi o ‘zaro to‘qnashuvlar natijasida
mag‘lubiyatga
uchraganlaming jismoniy jihatdan yo‘q
qilib
tashlanishi amalga oshirilsa, u holda g‘olib chiqqanlaming kelajakda
ijtimoiy evolyutsiya davomida g‘oliblar sifatida faoliyati kengayishi
amalga oshadi. Natijada, asta-sekin davlat tuzilmalari shakllanadi.
Biroq, gumhlar o‘rtasidagi o'zaro ziddiyatlar yo‘q bo‘lib ketmaydi.
Tamoyil jihatidan gumhlar o‘rtasidagi o‘zaro kurashlar yangi shaklda
davom etadi: «...boshlang‘ich davrlarda antropologik jihatdan turli xil
89
tavsifga ega bo‘lgan o'rdalar o‘rtasida kurash amalga oshgan bo‘lsa...,
u holda biz erishgan rivojlanishning oliy darajasida ijtimoiy guruhlar,
sinflar, harakatlar va siyosiy partiyalar o‘rtasida kurash davom etadi».
Gumplovich tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya tarkibida
ijtimoiy guruhlaming nisbatan umumiy tavsifda va asosiy bo‘lib
chiqilishi - hukmronlik qiluvchi va ularga bo‘ysinuvchi ijtimoiy
guruhlar ko‘rinishida ifodalanadi. Bunda keltirilgan har ikkala guruh
ham hokimiyatga intilishi kuzatiladi, ya’ni «hukmronlik qiluvchi
ijtimoiy guruhlarda bu intilish unga bo‘ysinuvchi sinflarning jadal
tarzda ekspluatatsiya qilinishi shaklida amalga oshirilsa, bo'ysinuvchi
ijtimoiy guruhlarda esa - intilish jarayoni qarshilik ko‘rsatish
kuchining oshirilishi va o‘ziriing tobelik darajasini kamaytirishga
harakat qilish tarzida amalga oshiriladi». Nima uchun guruhlar
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar antagonistik ziddiyatlar tavsifida
amalga oshadi? Bu savolga javob topishda Gumplovich vulgar
iqtisodiy materializm va naturalizm nuqtai nazaridan fikr bildiradi.
Barcha ijtimoiy jarayonlar, jumladan har qanday ziddiyatlaming
yakuniy holatdagi sababi - bu vulgar iqtisodiy materializm
mazmunidan kelib chiqadi, bu holat odamning o‘zining moddiy
ehtiyojlarini to‘liqroq qondirishga intilishidan kelib chiqadi. Ushbu
holatga bogiiq ravishda, Gumplovich tomonidan quyidagi fikrlar
bildiriladi: «har doim va barcha joyda iqtisodiy motivlar har qanday
ijtimoiy harakatlaming sababini tashkil qiladi, o‘z navbatida davlat va
jamiyatning rivojlanishi, taraqqiyotining barcha shart-sharoitlarini
belgilab beradi».
Gumplovich
tomonidan
qayd
qilinishicha,
ehtiyoj laming
qondirilishi bir ijtimoiy guruhning boshqasi ustidan zug‘um
o‘tkazishi, ulami majburlashi yo‘li bilan amalga oshiriladi va
boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas.
Ko‘p holatlarda, Gumplovich «irq» tushunchasidan foydalanadi
(ayniqsa, bu holat uning ijodining boshlang‘ich davrlarida yaqqol
ko‘zga tashlanadi) va hatto, o'zining asosiy asarlaridan birini - «Irq va
davlat» deb nomlaydi (1875), shuningdek «Irqlar kurashi» (1883)
asarini yozadi. Muallif tomonidan irq - bu biologik va shuningdek,
ijtimoiy-madaniy fenomen sifatida ta’riflanadi. 0 ‘zining «Irqlar
kurashi» asarida Gumplovich irqlar kurashini - «bir jinsli tarkibiga
ega bo‘lmagan (geterogen) ijtimoiy va etnik birliklar, guruhlar va
90
jamoalaming o‘zaro kurashi» sifatida keltiradi1. Muallif tomonidan
biologik irsiyatning taraqqiyotda kam ahamiyatga ega hisoblanishi,
bunda odamning xulq-atvori determinatsiyasida ijtimoiy shart-
sharoitlar va muhitning muhim o ‘rin tutishi qayd qilinadi, jumladan
hozirgi vaqtda sof holatdagi irqlar mavjud emasligi va shuningdek,
irqlaming o‘zaro aralashish jarayoni
ijobiy ahamiyatga ega
hisoblanadi.
Demak,
bu
holat
uning
ijtimoiy
evolyutsiyada
irqlar
farqlanishlarining
(jismoniy-antropologik
nuqtai
nazardan)
ahamiyatini umuman tan olmaydimi? Bu savolga «yo‘q» javobini
berish
mumkin.
Jumladan,
Gumplovich
bu
ko‘rinishdagi
farqlanishning jamiyat rivojlanishida boshlang‘ich bosqichlarda
muhim ahamiyatga ega hisoblanishini ta ’kidlaydi. Irqlarga bog'liq
omil bu holatda ijtimoiy-ruhiy begonalishish omili sifatida o‘rin tutadi
va ijtimoiy rivojlanishning navbatdagi bosqichlari esa - boshqa
sabablar asosida amalga oshadi.
Gumplovich tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyada ko‘pgina
jihatlar bir-biriga zid keluvchi mazmunga ega hisoblanadi. Shunday
qilib,
u tomonidan ta’kidlanishicha, jamiyat rivojlanishining
boshlang‘ich bosqichlarida qayd qilinuvchi masalalar sotsiologiya
fanining
va
boshqa
sotsiologik
fanlaming tadqiqot
ob'ekti
hisoblanmaydi. Shu bilan bir vaqtda, muallif tomonidan ushbu
rivojlanishning boshlang‘ich bosqichlariga katta e'tibor qaratish
amalga oshiriladi, jumladan umumiy holatda Spenser tomonidan ilgari
surilgan evolyutsionizm g‘oyasi asosida murakkab tavsifga ega
bo‘lgan ijtimoiy tuzilmalar nisbatan odiy tuzilmalaming umumiy
yig‘indisi sifatida qarab chiqiladi.
Gumplovich tomonidan sotsiologiyaning tadqiqot ob'ekti (falsafa
tarixidan farq qilib) - insoniyat emas, balki ijtimoiy guruhlar
hisoblanishi qayd qilinadi va shu bilan birgalikda, «sotsiologiyaning
xususiy predmeti, ilmiy tadqiqot ob'ekti sifatida insoniyat ko‘rsatib
o‘tilishi mumkinligi» ta’kidlanadi.
Gumplovich tomonidan ishlab chiqilgan nazariyada asosiy
ziddiyatli jihat - bu bir tomondan, ijtimoiy hodisalaming o‘ziga xos
xususiyatlarga egaligini qayd qilish va uning odamlarda individual va
irqlarga oid jihatlarga bog‘liq emasligi ta ’kidlansa, boshqa tomondan
1 Бачинин В. А., Сандулов Ю. А И стория западной социологии. - СПб, 2002. - С. 224-225.
91
esa - ijtimoiy hodisalaming yakuniy asosi sifatida hamma joyda va
har doim o‘zgarmas tavsifga ega bo‘lgan inson tabiati, uning o‘z
ehtiyojlarini qondirishga intilishga moyilligi, hokimiyatga intilishi va
hokazo holatlar ko‘rsatib o‘tiladi.
Gumplovich
tomonidan
mavjud
haqiqiy
hodisalardan
farqlanuvchi, ijtimoiy hodisalaming alohida tavsifga ega boigan
sinflari mavjudligi ta’kidlanadi, bu sinfga mansub ijtimoiy hodisalar
deklerativ tavsifga egaligi qayd qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy
jarayonlaming naturalizatsiyasi biopsixik reduksionizmga olib kelishi
ta’kidlanadi.
Gumplovich tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyada ijtimoiy
guruhlaming funksiyasi va rivojlanishini ta’minlovchi ichki omillar
to‘liq baholanmagan. Gumplovich tomonidan ijtimoiy guruhlaming
funksiyasi va rivojlanishini ta ’minlovchi ichki omillar tizim sifatida
o‘rin tutishi qayd qilinadi va bir butunlik, shuningdek ma’lum
darajada o‘zini o‘zi determinatsiyalovchi tavsifga ega hisoblanishi
keltirib o'ffladi. Bu holatlar Gumplovich tomonidan bir qator sotsial
jarayonlami noto‘g‘ri baholanishiga olib keladi. Ziddiyatlar va
zo‘ravonlikning ijtimoiy hayotda asosiy omillar sifatida qarab
chiqilishida
Gumplovich
hamjihatlik
asosida jipslashish
va
hamkorlikning ahamiyatiga e'tibor qaratmagan.
Gumplovich tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya boshqa bir
Avstriyalik sotsiolog - «Siyosatning mohiyati va maqsadi» (1893),
«Ijtimoiy ong» (1898) va uning vafotidan keyin nashr qilingan
«Sotsiologiya. Insoniy munosabatlar haqida pozitiv ta’limot» (1907)
asarlarining muallifi hisoblangan Gustav Ratsenxofer (1842-1904)
tomonidan ilgari surilgan konsepsiya bilan hamohangdir.
Ratsenxofer tomonidan ijtimoiy hayotning asosiy hodisalari va
jarayonlari sifatida quyidagilar ko‘rsatib o ‘tiladi: individlaming o‘zini
o‘zi saqlab qolishi va ko‘payishi, individual va ijtimoiy tiplaming
o‘zgarishlari, hayot uchun kurash, irqlaming mutloq raqiblik
kurashlari, makon bo‘ylab tarqalish va joylashish, irqlarga oid
ajralishlar,
hukmronlik
va
tobelik,
individualizatsiya
va
ijtimoiylashish
strukturalarining
ketma-ketlikda
kelishi,
manfaatlaming o‘zgarishlari, davlat, global jamiyat.
Shunday qilib, Gumplovich singari Ratsenxofer ham o‘z fikrlarini
monizm tarafdori sifatida bildiradi, ya’ni - jamiyat ham tabiat kabi
umumiy qonuniyatlar asosida faoliyat olib borishi ta’kidlanadi, ushbu
92
holatga bogiiq ravishda tabiat va ruhiy-ma’naviy olam haqidagi
fanlarning o‘zaro qarama-qarshi qo‘yilishini rad etadi. Shuningdek,
Ratsenxofer tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy qonuniyatlar kimyoviy
qonuniyatlarga, ayniqsa biologik qonuniyatlarga juda yaqin tavsiflarga
ega hisoblanadi. Sotsiologiya - bu falsafiy fan hisoblanib, barcha
ijtimoiy fanlar va siyosatning asosini tashkil qilishi ta’kidlanadi.
Ratsenxofer ziddiyatlami asosiy ijtimoiy jarayon sifatida qarab
chiqish orqali, asosiy burchakka manfaatlar kategoriyasini qo‘yadi.
Manfaat - bu ijtimoiy jarayonlarni boshqaruvchi asosiy tamoyil
hisoblanadi, shuningdek ijtimoiy jarayonlaming mazmun-mohiyatini
ochib beruvchi kalit vazifasini bajaradi. Ratsenxofer tomonidan
sharhlanishiga ko‘ra, sotsial hayot - bu turli xil manfaatlarning o‘yini
hisoblanadi. U manfaatlarning quyidagi ko'rinishdagi asosiy beshta
turini ajratib ko‘rsatadi:
-
Do'stlaringiz bilan baham: |