Murojaatni ko‘rib chiqayotgan davlat organi, boshqa tashkilot yoki ularning mansabdor
shaxslari o‘z tashabbusiga ko‘ra yoxud murojaat etuvchining iltimosiga ko‘ra uni eshitishni
tashkil etishi mumkin.
Davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari murojaat etuvchiga
murojaatda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bildirish va murojaat bo‘yicha qo‘shimcha
axborot taqdim etish imkoniyatini beradi. Davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor
shaxslari murojaat etuvchini eshitishga ekspertlarni, mutaxassislarni va manfaatdor
tashkilotlarning vakillarini jalb etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: