Davlat organlarining, tashkilotlarning rahbarlari yoki vakolat berilgan boshqa
mansabdor shaxslari o‘z tuzilmaviy bo‘linmalari tomonidan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi
ustidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshiradi, ularning to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida
ko‘rib chiqilishini ta’minlash choralarini ko‘radi.
Murojaat u qaysi rahbar yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan
nazoratga olingan bo‘lsa, o‘sha shaxs tomonidan nazoratdan va ijrodan olinadi.
Oraliq javoblar berilgan va to‘liq ko‘rib chiqilmagan murojaatlar nazoratdan olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: