Jismoniy va psixik rivojlanishda orqada qolgan bolalar bilin berishda axborot texnologiyalari va zamonaviy yondashuv
Psixik va jismoniy rivojlanishda nuqsonga ega bo`lgan bolalar diagnostikasi kursi maxsus fan bo`lib, bolalarning rivojlanishdagi nuqsonlarni erta aniqlash, boshqa unga o`xshash holatlardan farqlashga, diagnozini aniqlashga, tegishli maxsus muassasalarga yuborishga va u yerda o`zlariga mos taalluqli korreksiyalarga yo`naltirilgan o`quv-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishga imkon beradi.

Rivojlanishda nuqsoni bo`lgan bolalarni iloji boricha erta aniqlash va tegishli maxsus muassasalarga yuborishning zarurligi shundaki, umumta`lim maktablarida rivojlanishda turli nuqsonlari bo`lgan bolalarning ko`pchiligi o`qiydilar va ushbu maktab dasturini o`zlashtirishga qiynaladilar, o`zlashtirib olmaydilar
Tegishli organlar va defektologlarning vazifalari shundan iboratki, bolalar o`zlarining aqliy, bilim imkoniyatlariga va hissiy-idoraviy doiralarining xususiyatlariga mos sharoitda ta`lim olishlari, tarbiyalanishlariga imkoniyat yaratib berishlari lozim. «Psixik va jismoniy rivojlanishda nuqsonga ega bo`lgan bolalar diagnostikasi» kursining vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Aqli zaif bolalar uchun maxsus muassasalarni komplektlash tizimining nazariy asoslarini yoritib berish.
2. Rivojlanishda nuqsoni bo`lgan maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni psixolog-pedagogik diagnostika metodlarini amalda qo`llash bo`yicha bilim va ko`nikmalar bilan qurollantirish.
3. Aqli zaif bolalarni maxsus muassasalarga saralash ishlarni olib borish bo`yicha amaliy malakalarni shakllantirish.
Kursning mazmuniga bolalarning rivojlanishdagi nuqsonlarni diagnostika qilish, bolalarni maxsus muassasalarga saralash prinsiplari, klinik-psixologik-pedagogik diagnostika (yoki tekshirish) metodlari, tibbiy pedagogik komissiya ishini tashkil qilish masalalari va maslahatlar berish va shu kabi komissiyalarda turli metodikalardan foydalanish kiradi.
«Psixik va jismoniy rivojlanishda nuqsonga ega bo`lgan bolalar diagnostikasi» kursi oligofrenopedagogika fani bilan ham bog`liqdir. Oligofrenopedagogika nuqson tizimini e`tiborga olish asosida bolalarga ta`lim-tarbiya berish jarayonida ularning tipologik, individual xususiyatlarini ko`rib chiqib korreksiyalashning samarali usullarini tanlashga yordam beradi. Logopediya fani bolaning nutqidagi nuqsonlarini aniqlash, logopedik tekshirishni amalga oshirish imkonini beradi.

«Psixik va jismoniy rivojlanishda nuqsonga ega bo`lgan bolalar diagnostikasi» kursi aqli zaiflikni aniqlash, uni boshqa o`xshash holatlardan farqlash imkonini beradi, bu esa nazariy jihatdangina emas, balki muhim amaliy ahamiyatga ham ega. Shuning uchun aqli zaiflikni to`g`ri tushunish nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Nazariy ahamiyati shundaki bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarning jiddiy klinik-psixologik belgilarni ajratishga va uning mohiyati va sabablarini yanada chuqurroq tushunishga imkon beradi. Aqli zaif deganda bosh miyaning organik jihatdan jarohatlanishi natijasida psixik, birinchi navbatda intellektual rivojlanishning turg`un pasayishi tushuniladi. Aqli zaif bolalar umumta`lim maktablarida o`qishga qodir bo`lmaydilar. Og`ir darajadagi aqli zaif bolalar maktabda bilim va ko`nikmalarni o`zlashtirib ololmaydilar.
Ontogenezning ilk bosqichlarida markaziy nerv tizimining sistemasining jarohatlanishida (1,5-2 yoshgacha) birinchi navbatda po`stloq tizimining shakllanishiga zarar yetadi. Jarohatlanishning morfologik ko`rinishda va psixik nuqsonning klinik namoyon bo`lishida rivojlanmay qolish ustun bo`ladi. Bunday hollarda oligofreniyalarning turli variantlari haqida gapirish mumkin.

Kattaroq yoshda, ya`ni bosh miyaning po`stloq tizimining nisbatan yetilganroq davrida yuz bergan salbiy ta`sir natijasidagi nerv tizimining morfologik va klinik ko`rinishda demensiyaning turli ko`rinishlari ustunlik qiladi