Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi


Elektron ta’lim resurslari



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/222
Sana31.12.2021
Hajmi1,25 Mb.
#231883
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   222
Bog'liq
tarbiya va sport nazariyasi (Bo'riboyev)

Elektron ta’lim resurslari  
1. www.tdpu.uz 
2. www.pedagog.uz 
3. www.ziyonet.uz 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
? 
 
+ 
V 


 
 
 
56 
 
  Mavzu.      Talabalar bilimlari, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish tizimini. 
Reja: 
  1.Talabalar bilimini aniqlash va baholash. 
 2.Ularni bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish tizimi.  
 3.Nazariy bilim, amaliy harakat ko'nikma va malakalarini rivojlantirish hamda 
takomillashtirish.  
  4.O'sish darajalarini monitoringini yuritish haqida ma'lumotlarga ega qilish.
 
ifokor 
nazorati. 
1.Talabalar bilimini aniqlash va baholash. 
Jismoniy tarbiya jarayonida o’rgatishning asosiy xususiyati - bu o’rgatishning harakat malakalari 
va  maxsus  bilimlarni  egallashga  qaratilganidir.  O’rgatish  shug’ullanuvchilarning  jismoniy 
rivojlanishi  bilan  uzviy  bog’liq  bo’ladi.  Ta’lim-tarbiya  amaliyotining  har  qanday  sohasida 
bo’lganidek,  jismoniy  tarbiya  jarayonida  ham  o’qitish  o’qituvchi  va  o’quvchilarning  birgalikdagi 
ijodiy faoliyatlaridan tashkil topadi va bunda, albatta, o’qituvchi etakchi rol o’ynaydi. 
Harakatlarga o’rgatish umumiy o’qitish tamoyillariga asoslanadi, bu tamoyillar jismoniy tarbiya 
sohasida  o’z  maxsus  ifodasini  topadi.  Bu  maxsuslik  harakat  ko’nikmalari  va  malakalarini  hosil 
qilish qonuniyatlaridan kelib chiqadi. 
 O’quvchiga  bilim  berishda  jismoniy  tarbiya  ta’limi  muhim  o’rinni  egallaydi.  Bu  jarayonda 
harakat  faoliyatini  yoki  uning  ma’lum  bo’lagini  bajarishga  o’rgatiladi,  jarayon  mashq  qilish-
takrorlash  orqali  amalga  oshiriladi  va  shug’ullanuvchida  shu  harakat  haqida  nazariy  bilimning 
shakllanishiga, jismoniy sifatlarni rivojlantirish-tarbiyalashga olib keladi. Demak, jismoniy tarbiya 
jarayonida  ta’lim  maxsus  bilimlarni  va  harakatni  bajara  olishni  o’zlashtirish  va  uni  o’quvchiga, 
shug’ullanuvchiga uzatishning uyushtirilishini yo’lga qo’yishdan iboratdir. 
O’qitish  amaliyotida  “harakat  faoliyati  ta’limi”,  “harakatga  o’rgatish”,  “harakat  malakasi”, 
“harakat  ko’nikmasi”,  “nazariy  bilim”  kabi  atamalardan  foydalaniladi  hamda  yuqorida  qayd 
qilinganidek jismoniy ma’lumot berish  maqsadi amalga oshiriladi. 
Harakat  faoliyatini  (yoki  jismoniy  mashqni)  o’rgatish  nisbatan  qisqa  pedagogik  vazifadir. 
Harakat  faoliyatini  o’rgatish  atamasi  harakat  faoliyati  aniq  bo’lib,  uning  nazariy  bilimi  ham 
berilganda  qo’llaniladi.  Harakat  faoliyatini  o’qitishda  harakat  malakasi  shakllanadi,  ko’nikma 
vujudga  keladi,  bir  vaqtning  o’zida  muvofiq  jismoniy  harakat  sifatlari:  kuch,  tezlik,  chidamlilik, 
chaqqonlik,  mushaklar  egiluvchanligi  va  bo’g’imlar  harakatchanligi  rivojlanadi.  Shu  sababli 
pedagogik  jarayonda  e’tibor  bir  narsaga  –  ta’limga,  ya’ni  malakani  shakllantirishga  yoki  harakat 
sifatlarini rivojlantirishga qaratilishi lozim. 
Harakat faoliyatini o’qitish jarayonida faqatgina bilim berish va tarbiyalash vazifalari birgalikda 
hal  qilinmay,  sog’lomlashtirish  xususiyatiga  ega  bo’lgan    vazifalar  ham  amalga  oshiriladi.  Hech 
qaysi umumta’lim predmetida bunchalar yaqqol namoyon bo’lmaydigan sog’lomlashtirish vazifasi 
harakat faoliyatini o’qitishda yorqin namoyon bo’ladi. 
Harakat  faoliyatini  o’qitishda  bilim  berish  vazifalari  ham  o’zining  xususiyatlariga  ega.  O’quv 
materiallarini egallash jarayonining etakchi tarkibiy qismi o’quvchilarning faol harakat faoliyatidir. 
Ularning  o’quv-mehnat  faoliyati  hammadan  avval    jismoniy  kuch  sarflashni  talab  qiladi. 
O’quvchining  o’quv  faoliyatiga  oid  ayrim  qonuniyatlarni  bilish  insonning  ish  qobiliyati    umumiy 
qonuniyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Individning ish qobiliyati bir necha omillarga bog’liq: 
ajdodlaridan  meros  qobiliyatlar,  hayotiy  jarayonda  to’plangan  tajribalar  va  ma’lum  belgilangan 
sharoitda  aniq  faoliyatni  boshqara  olish.  Bu  omillar  qanchalar  yaxshi  rivojlangan  bo’lsa,  inson 
shunchalar katta ishchanlik qobiliyatini namoyon qila oladi. 


 
 
 
57 
 
Odatdagi  sharoitda  inson  o’z    ish  qobiliyatlarining  bir  qismidangina  foydalana  oladi,  xolos. 
Zahirada  deb hisoblangan boshqa qismi faqat oshirib qo’yilgan maksimal talablarga javob berishda 
namoyon  bo’lishi  mumkin.  Noodatiy  tashqi  sharoit  zahiradagi  ish  qobiliyatining  namoyon 
bo’lishiga  imkoniyat  yaratibgina  qolmay,  inson  qobiliyatlarining  maksimal  darajada  rivojlanishini 
tarbiyalaydi.  
Harakat  faoliyatini  o’qitishning  ikkinchi  xususiyati  harakat  malakalari  tizimini  shakllantirish 
hisoblanadi.  Faqat  harakat  faoliyati  tizimigina  o’quvchi  jismoniy  tayyorgarligining  xususiyatini 
belgilaydi.  Masalan,  30  metrga  yugurish  60  metrga  yugurish  bilan  taqqoslanganda,  uning  boshqa 
harakat  faoliyatlari  bilan  ko’p  marotaba  bog’lanishlarga  ega  ekanligi  ma’lum  bo’ladi.  Tirmashib 
chiqish  va  muvozanat  saqlash  mashqlari  esa  boshqa  harakat    faoliyatlari  tizimiga  nisbatan  qaram 
emas.  Bu faoliyatlarning ta’siri natijasi boshqa faoliyatlarnikidan yuqori yoki past bo’lishi mumkin. 
Uchinchi  xususiyati  –  ta’limni  ikki  yo’nalishda  amalga  oshirishda  harakat  sifatlarini  kompleks 
rivojlantirish bilan aloqadorligi: 
a)  harakat  malakasi  harakat  sifatlarining  rivojlanishi  bilan  bog’liqdir.  eng  avvalo,  aynan  o’sha 
harakat malakasiga oid harakat sifatlari rivojlanadi; 
b)  harakat  malakasi  uchun  maxsus  xususiyatga  ega  bo’lgan  harakat  sifatini  rivojlantirish  bir 
vaqtning o’zida boshqa sifatlarni rivojlantirishdan samaraliroq kechadi. 
Masalan, qisqa masofaga yugurishda tezlik rivojlanadi, lekin tezlik kuch, chidamlilik va boshqa 
sifatlarni optimal rivojlantirganidagina natijaliroq rivojlanadi. 
Harakat  faoliyatlarini  o’rgatishning  samaradorligi  jismoniy  bilim  va  jismoniy  rivojlanganlik 
darajasi ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi. Bilimlar tizimi va harakat faoliyatlari egallanishini to’g’ri 
tashkil etgan  pedagogik jarayon, albatta, jismoniy rivojlanganlik ko’rsatkichlarining oshishiga olib 
keladi. 
Bilim  berish  vazifalarining  hal  qilinishi  tarbiyaviy  vazifalarning  amalga  oshirilishi  bilan  birga 
yuz  beradi.  O’quv  fani  tarbiyaning  umumiy  vazifalarini  hal  etishga  o’z  ta’sirini  o’tkazmay 
qolmaydi, ayni paytda jismoniy tarbiya uchun xos bo’lgan  ayrim xususiy  vazifalarni ham oldinga 
suradi: 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish