Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi


Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/139
Sana22.07.2022
Hajmi1,32 Mb.
#836123
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   139
Bog'liq
4aac197b9862bee10c3328de4cd64a92 JISMONIY TARBIYA VA SPORT NAZARIYASI VA METODOLOGIYASI

 
Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar
1. Саломов Р.С. Спорт машғулотнинг назарий асослари – Тошкент., Ўз ДЖТИ, 2005 йил - 
238 б.
2. Mahkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., “Iqtisod -moliya” 
2008 yil - 300 b.
3. Матвьев Л.П. Теория и методика физического воспитание Москва – 2005 г. 
Qo’shimcha adabiyotlar 
1. Гончарова О.В. Ёш спортчиларнинг жисмоний қобилиятларини ривожлантириш Тошкент., 
Ўз ДЖТИ, 2005 й - 171 б.
2. Махкамджонов К, Туленова Х.Б. Мактабгача таълим муассасалари учун умумий ва 
кенгайтирилган «Жисмоний тарбия» дастури. Илм-зиё Тошкент., 2006 й 
3. Туленова Х.Б. Малинина Н.Н., Умумривожлантирувчи машқларни ўргатиш методикаси, 
ТДПУ, 2005 й 
4. Абдуллаев А., Хонкелдиев Ш. Жисмоний маданият назарияси ва методикаси Тошкент., 
ЎзДЖТИ, 2005 йил - 300 б.
Xorijiy adabiyotlar
1.Campboll S.B. Benaviour problems in preschool children: clinical and developmental issues. New 
York: Guilford Press, 1990. 
2. Domann G., Domann D., Hagy B. How to teach your baby be physically " supperb.- Garden City 
Park, New York.- 1994. 
 


64 
Mavzu Mutaxassislarni tayyorlashda turli sport tadbirlari va musobaqalarini tashkil qilish hamda 
o'tkazish bilimlarini shakllantirish.
Reja: 
1.Jismoniy tarbiya o'qituvchilarini tayyorlashda talabalarni maktabda o'quv kun tartibini 
tashkil etish. 
2. Sport turlari bo'yicha musobaqalarni tashkil qilish va o'tkazish, musobaqa nizomlarini tuzish 
va hakamlik qilish malakalarini shakllantirish haqida ma'lumotlarga ega qilish. 
 
1.Jismoniy tarbiya o'qituvchilarini tayyorlashda talabalarni maktabda o'quv kun tartibini 
tashkil etish. 
 
Gigienik gimnastika quyidagi vazifalarni echishga xizmat qiladi: organizmning asosiy fiziologik 
(mushak, asab) tizimlarini ishga tayyorlashni tezlashtirish; xizmatchining hissiy tonusini ko’tarish;
organizmning mehnat faoliyatiga moslashish fazasi davomiyligini qisqartirish; butun mehnat kuni 
mobaynida yuksak ish qobiliyatini saqlashga xizmat qilish. 
Gigienik gimnastika ish kunining boshida 4-10 daqiqa davomida o’tkaziladi. Uni faqat birinchi 
smenadagina emas, balki ikkinchi smenada ham o’tkazish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga, 
kechki smenadagi kirishish gimnastikasi organizmning mehnat jarayonida asosiy yuklama 
tushadigan organlari va tizimlari faolligini oshirishga yo’naltirilgan bo’lishini inobatga olish kerak. 
Gigienik gimnastikada mehnat jarayonida bajariladigan harakatlar xususiyatiga mos jismoniy 
mashqlardan foydalanish tavsiya etiladi. Shuning uchun mashqlarni tanlashda mehnat jarayoni 
harakatlarini yaxshi o’rganish va jismoniy tarbiya mashqlari majmuasiga shunday mashqlarni 
kiritish kerakki, ular organizmning aniq mehnat turi jarayonida etakchi rol o’ynaydigan fiziologik 
funksiyalarini tezlashtirishga yordam bersin. 
Xususan, boshlang’ich gimnastikada harakat sur’ati o’sib boruvchi mashqlardan foydalanish 
lozim. Shu bilan birga, harakatlarning ishchi sur’atini tez o’zlashtirish uchun oddiydan ancha 
yuqori sur’atni rivojlantirish tavsiya etiladi. 
Mehnat xususiyati va shart-sharoitlariga bog’liq holda gigienik gimnastika jismoniy mashqlari 
majmuasining quyidagi uchta varianti o’zaro farqlanadi: chigal yozish mashqlari, profilaktik faol 
dam olish va yaxlit ta’sirli mashqlar majmuasi. 
Chigal yozish mashqlari variantidan og’ir jismoniy mehnat bilan shug’ullanadigan ishchilar 
uchun majmualar tuzishda foydalaniladi. Ularga mehnat jarayonida asosiy yuklama tushadigan 
mushak guruhlarini ketma-ket jadal faoliyatga jalb qiladigan, koordinatsiyasi bo’yicha oddiy 
dinamik mashqlar kiritiladi. Mashqlarni bajarish sur’ati – o’rtacha yoki tezkor. Mashqlar 
majmuasida yuklama asta-sekinlik bilan ortib boradi va majmua oxirida minimumga tushadi.
Profilaktik dam olish varianti harakatlanish stereotipi aniq qayd etilgan (masalan dastgohda 
ishlovchi) ishchilar uchun gigienik gimnastika majmuasi asosini tashkil etadi. Mehnat 
operatsiyalarida bevosita ishtirok etuvchi mushak guruhlari faoliyatini jalb etadigan dinamik 
mashqlardan foydalaniladi. Majmuaning o’rtasigacha jismoniy yuklama tobora orttirilib, keyin 
asta-sekinlik bilan pasaytirib boriladi. Harakatlanish sur’ati – o’rtadan yuqori. To’g’ri nafas 
olishga, mushaklarning cho’zilishiga va harakatchanligining ortishiga e’tibor qaratish kerak. 
Yaxlit ta’sir ko’rsatuvchi variant mehnat faoliyati uzoq muddat kuchli diqqat-e’tiborni talab 
etadigan (aqliy mehnat xizmatchilari, transport haydovchilari, konveer xizmatchilari va b.) 
xizmatchilar uchun mo’ljallangan. Mashqlar, asosan, bo’lajak ishlab chiqarish faoliyatida bevosita 
band bo’lmagan mushak guruhlariga, organizmning tizim va organlariga ta’sir etadi. Bunday 
mashqlar murakkab koordinatsiyali bo’ladi, chunki qo’llar, gavda, oyoqlarning qo’shimcha 
harakatlarini o’z ichiga oladi va diqqat-e’tiborning jamlanishini talab qiladi. Sur’at – oldingi 
ishdagi singari. Mehnati aniq harakatlar bilan bog’liq bo’lgan shaxslar uchun (masalan, mayda 
mexanizmlarni yig’uvchi yoki transport haydovchilari) maksimal jismoniy yuklama birinchi 


65 
mashqlarga to’g’ri keladi, qolgan kontingent uchun katta yuklama majmuaning 4-6-mashqlariga 
to’g’ri keladi.
Gigienik gimnastika majmualarida quyidagi jismoniy mashq guruhlari qo’llanadi: kerishish 
(cho’zilish), yon tomonga egilishlar, o’tirib turishlar, hamla qilish, sakrashlar, sport yurishi, 
yugurish, oldinga egilish, bo’shashish elementlari ishtirok etgan siltanish harakatlari, orqaga 
egilishlar, qo’l va elka kamari mushaklarini bo’shashtirish, koordinatsiyaga, aniqlikka va diqqat-
e’tiborga yo’naltirilgan mashqlar. 
Turli kasb egalari uchun boshlang’ich gimnastika majmualarini tuzishda mehnat faoliyatining 
quyidagi xususiyatlarini inobatga olish tavsiya etiladi: 
1) ishlash (o’tirib, turib) holatini, gavda vaziyatini (egilgan yoki to’g’ri, erkin yoki kuchlanishli); 
2) ish harakatlari (tezkor yoki sekin, kuchlanishli yoki kuchlanishsiz, katta yoki kichik 
amplitudali, simmetrik yoki asimmetrik, bir xil yoki turli xildagi harakatlar va b.); 
3) mehnat faolligi xususiyati (harakatlar aniqligi, harakatlarning takrorlanuvchanligi, reaksiya 
tezligi, diqqat-e’tiborning kuchliligi va konsentratsiyasi, sezish organlariga yuklama, mehnatning 
bir maromliligi va b.); 
4) sub’ektiv ko’rsatkichlar bo’yicha charchashning darajasi va xususiyati (diqqat-e’tiborning 
tarqoqligi, mushaklarda og’riq sezish, bosh og’rishi, asabiylashish va boshqalar); 
5) jismoniy mashqlar bilan shug’ullanuvchilar orasida salomatligida og’ishi bo’lgan shaxslar 
mavjudligi (ular uchun xususiy mashqlar tanlash maqsadga muvofiq); 
6) sanitariya-gigienik omillar (yoritilganlik, shovqin, keragidan ortiq gaz mavjudligi). 

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish