42
2. Mahkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., “Iqtisod -moliya”
2008 yil - 300 b.
Qo’shimcha adabiyotlar
1. Гончарова О.В. Ёш спортчиларнинг жисмоний қобилиятларини ривожлантириш Тошкент.,
Ўз ДЖТИ, 2005 й - 171 б.
2. Малинина Н.Н., Туленова Х.Б. Методика обучения общеразвивающим упражнениям,
ТДПУ, 2003 й
3. Абдуллаев А., Хонкелдиев Ш. Жисмоний маданият назарияси ва методикаси Тошкент.,
ЎзДЖТИ, 2005 йил - 300 б.
Xorijiy adabiyotlar
1.Bcunen G., Claessens A., Lefere J., Ostyn M, Reuson R., Simons J. So-matotype as related to age
peak velosity in height, weight and static strength in boys // Hum. Biol.- 1987.- №4.- P.
2. Domann G., Domann D., Hagy B. How to teach your baby be physically " supperb.- Garden City
Park, New York.- 1994.
Elektron ta’lim resurslari
1. www.edu.uz
2. tdpu.INTRANET.uz
Mavzu: Harakatlantiruvchi harakatni tusbunib olish va faollik tamoyillari,
ko'rgazmalilik
tamoyillari, tushunarli, individuallashtirish, tizimli, ketma-ketlik tizimlarini pedagogik
asoslari.
Reja:
1.Ko'rgazmalilik tamoyili. Hammani qoiidan keladigan yoki hammabop va individuallashtirilgan
tamoyil.
2.Muntazamlilik tamoyili.
3.Ketma-ketlik tamoyili.
4.O'rgatishni mustahkamlash tamoyili haqida ma'lumotlarga ega qilish
1.Ko'rgazmalilik tamoyili. Hammani qoiidan keladigan yoki hammabop va individuallashtirilgan
tamoyil.
Ko’rsatmalilik tamoyili o’rgatish (o’qitish)da va tarbiyalashda ko’rgazmali qurollardan keng
foydalangan holda jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishni taqozo qiladi. Ko’rsatmalilik
insonning sezgi organlarini bilish jarayoniga jalb qilishni anglatadi.
Jismoniy tarbiya jarayonida amaliy ko’rsatmalilik ko’rish, eshitish va harakat shakllarida amalga
oshiriladi.
Ko’rsatmalilikning ko’rish shakli (mo’ljallar, ko’rgazmali
qurollar, o’quv videofilmlari va h.k.
yordamida harakatlarni yaxlit va qismlarga bo’lib namoyish qilish) asosan harakatlarning fazoviy
hamda fazo-vaqt tavsiflarini aniqlab olishga yordam beradi. Yangi harakatlarni o’rganishning
dastlabki bosqichida ko’rgazmalilikning ko’rish shakli katta ahamiyatga ega.
Shuningdek,
harakatlarni juda aniq tabaqalashtirish sport-texnik mahoratni takomillashtirishda ham juda
qimmatlidir.
Ko’rsatmalilikning eshitish shakli (turli xil tovushli signallar ko’rinishida)
harakat aktlarining
vaqt va ritmik tavsiflarini aniqlashda ustuvor ahamiyatga ega. U ko’rish orqali ko’satmalilikni
43
ancha to’ldiradi, harakatlarni o’rgatishning yakuniy bosqichida u bilan birgalikda etakchi
ahamiyatga ega bo’ladi.
E’tirof etish lozimki, ko’rish tizimi orqali idrok etish uchta darajada kechadi: sezish, idrok etish
va
tasavvur qilish; eshitish tizimi orqali esa – faqat tasavvur qilish darajasida kechadi.
(B.G.Akanaev). Inson nutq shaklida olinadigan axborotning 15% ni, ko’rish orqali esa 25 % ni
eslab qoladi. Agar axborot uzatishning bu ikkala usulidan bir vaqtning o’zida foydalanilsa, u bu
axborotning 65% gacha mazmunini idrok etishi mumkin (N.V.Krasnov).
Harakat shaklidagi ko’rsatmalilik jismoniy tarbiyaga xos bo’lgan shakl hisoblanadi.
Uning
ahamiyati juda katta, ayniqsa, eng murakkab harakatlarni o’zlashtirishda. Bunda yo’naltirib
turuvchi yordam va “harakat bo’ylab olib o’tish” eng etakchi metod sanaladi.
Harakat shaklidagi
ko’rsatmalilikning xususiyati shundan iboratki, u harakatlarni fazo
va vaqtda aniqlab olishdan
tashqari, ichki va tashqi ta’sir kuchlari, ayniqsa, inersiya va reaktiv kuchlar dinamikasida mo’ljal
ola bilish imkoniyatini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: