3. Jismoniy madaniyatning ijtimoiy asoslari
,Kirish“da jismoniy madaniyatning ijtimoiy taraqqiyotga
muvofiqligi, pedagogik jarayonligi haqida so‘z yuritilgan edi.
Bu jarayonning ijtimoiy asoslari haqida gapirilganda ijtimoiy
maqsadlarga erishish tushuniladi, ya’ni shaxsni rivojlantirish
jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Bunday ijtimoiy tashkil
etishlik tizim nomini oladi. Jismoniy tarbiya tizimi jismoniy
madaniyat tarkibiy qismlarining maqsadga yo‘naltirilganligi deb
tushuniladi.
Jismoniy tarbiyadagi ijtimoiy tizimni quyidagicha ajratish
mumkin:
1) ma’lum tizim va uning tarkibiy qismlarining vujudga
kelishi; 2) vazifa; 3) jamiyatning boshqa tizimlari bilan o‘zaro
bogiiqligi tarzi.
Jismoniy tarbiya tizimining tarkibiga jismoniy madaniyatning turli qismlari kirishi mumkin, ya’ni jismoniy takomillashgan, ishlab chiqarish bilan bog'liq bo‘lgan, har qanday moddiy va m a’naviy madaniyat omillari va boshqalar.
Ammo bu yerda faqat jismoniy tarbiyaga taalluqli qisnilar
ko‘zda tutiladi. Bularsiz tizim yagona ijtimoiy tana sifatida
yashay olmaydi.
Har qanday tizimning yashash omili, uning amaliyotda
qo‘llanilishidan iborat. Vazifaning mazmuni, jismoniy tarbiyaning vazifasini to ‘g‘ri belgilash bilan aniqlanadi. Jismoniy
tarbiyaning ichki va tashqi vazifalari farqlanadi.
Jismoniy tarbiya tizimining tashqi vazifasi odamlarga qaratilgandir. Ularning obyekti — odamlar; nazariy asosi — salomatlik, jismoniy kuch va odamlarning qobiliyati. Ichki vazifa
tizimning tarkibiy qismlarining o'zaro ta’sirini o‘rganadiJismoniy tarbiya tizimi jamiyatning boshqa asosiy tizimlari
bilan bog‘liqdir (iqtisodiy, madaniy, ilmiy tarbiyalar bilan
aloqadorlik).
Bizning jismoniy tarbiya tizimi tarixiy-ijtimoiy tashkil
topgan bo‘lib, maqsadi barcha aholining jismoniy kamol
topishiga xizmat qilishdir.
Bu ilmiy-uslubiy rejali-normativ asosdir. Jismoniy tarbiya
tizimi, ijtimoiy taraqqiyot davomida tarixiy yangi tizimdir.
0 ‘quvchilar jismoniy tarbiyasining tizimi jismoniy madaniyat
tizimining ajralmas qismidir. Bu yerda jismoniy tarbiya
tizimining asosiy bo‘g‘inlarini chizmali ravishda ko‘rib chiqish.
Jismoniy tarbiyada uchta asosiy yo'nalishni ajratish mumkin: umumiy jismoniy tayyorgarlik, professional jismoniy
tayyorgarlik, sport tayyorgarligi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik salomatlikni mustahkamIashga, harakat qila bilish va malakalarni keng doirada
o ‘zlashtirib olishga, asosiy harakat sifatini rivojlantirishga, keyingi maxsus tayyorgarlikni tezroq o'zlashtirib olishga qaratilgandir. Umumiy jismoniy tayyorgarlik maqsadida, jismoniy
tarbiyaning xilma-xil manbalaridan: jismoniy mashqlar,
tabiatdagi tabiiy sogMomlashtirish kuchlaridan va gigiyenik
faktorlardan foydalaniladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlikda, jismoniy tarbiyaning
hamma bosqichlari amalga oshirilib boriladi, ammo maktab
jismoniy tarbiyasida, ommaviy jismoniy tarbiya ishlarida
guruhli va alohida jismoniy mashqlar shakllaridan ko‘proq
foydalaniladi.
Professional jism o n iy tayyorgarlik bu — jism oniy
tarbiyaning maxsus jarayonidir, ya'ni yoshlarni aniq mehnat
turiga va mudofaa faoliyatiga tayyorlashdan iborat. Bu yerda faqat
professionallikka qaratilgan jismoniy mashqlar berib boriladi.
Umumiy va professional jismoniy tayyorgarlikni bir-biridan
ajratish shartlidir, chunki ular bir-birini o‘zaro to‘ldirishga,
kengaytirishga, boyitishga qaratilgan (XII bobga qaralsin).
Sport tayyorgarligi — jismoniy tarbiyada asosiy yo‘nalishdan iborat. Uning vazifasi odam tanlab olgan sport bo‘yicha
yuqori mahoratlarga erishuvini ta’ininlashdir. Jismoniy tarbiyada
sport tayyorgarligi keng qo'llash bosqichiga ega. Bu organizmning funksional imkoniyatining takomillashuvi bilan bogliq.
Jismoniy tarbiya yana bir spetsifik yo‘nalishga ega — bu
ham bo‘lsa, davolash jismoniy mashg‘ulot reabilitatsiyasi,
ya’ni sog‘liqning tiklanishidir. Uning vazifasi — ba’zi ish faoliyatini yo'qotgan kasal a'/.olarni jismoniy mashqlar orqali
sog‘aytirish, tiklashdan iborat.
Jismoniy ta’lim — jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi
hamda pedagogik jarayon bo'lib, mazmuni harakatga o‘rgatish
va jismoniy madaniyat bilimlarini o ‘zlashtirishdir. Atamani
birinchi marta P. F. Lestgoft (1837—1909) kiritgan.
Sobiq Ittifoq davrida, ya’ni 30- yillarning boshida jismoniy
tarbiya bo‘yicha metodik qo'llanmalarni ishlab chiqarish
bosqichi bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |