104
152.
Bakteriyalar – asosan bir hujayrali prokariotlarga mansub mikroskopik organizmlar
guruhi
153.
Qayta duragaylash – takroriy chatishtirish, bekross – birinchi avlod duragayini ota yoki
ona individi bilan qayta chatishtirish.
154.
Biogeografiya – tirik mavjudotlarning yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini o’rganadigan
fan
155.
Biologik ritm – organizmda ro’y beradigan biologic hodisalar va jarayonlar xarakteri
hamda intensivligining davriy o’zgarishi
156.
G’uncha – gul kurtak – ularning kattalashib yaproq yozishidan, gul hosil bo’ladi
157.
Gameta – jinsiy hujayra – gaploid to’plamli xromosomalarga ega tuxum hujayra va
spermatozoid, hayvonlar va o’simliklarning urug’lanish jarayonida bir-biri bilan qo’shilish
xususiyatiga ega
158.
Gametogenez – jinsiy hujayralarning hosil bo’lish va yetilish jarayoni
159.
Gametofit – jinsiy bo’g’in – gameta hosil qiluvchi o’simlik
160.
Gametogoniya – sodda hayvonlarning jinsiy ko’payishi
161.
Gastrula – pusht rivojlanishidagi bosqich. Ko’p hujayrali hayvonlarning embrion
taraqqiyotidagi bosqichlardan biri bo’lib, blastuladan shakllanadi
162.
Glyukagon – oshqozon osti bezi gormoni.
163.
Daltonizm – rang farqlarining buzilishi
164.
Derma – umurtqali hayvonlar va odam terisining biriktiruvchi to’qimali qismi
165.
Izolyatsiya-ajratish – bir turga mansub individlarning erkin chatishishiga nisbatan
qarshilik. Natijada tur ichida har xil shakllar, yangi turlar vujudga kelishiga zamin yaratiladi
166.
Kokklar, donador bakteriyalar – sharsimon bakteriyalar turi.
167.
Fagotsitlar – hayvonlar va odamning biriktiruvchi to’qimalaridagi himoya vazifasini
bajaradigan maxsus hujayralar
168.
Xloroplast – yashil donachalar – o’simlik hujayrasining organellasi. Xloroplastlarda
quyoshning yorug’lik energiyasi ximiyaviy energiyaga aylantirilib, uglevodlar sintezlanadi
169.
Xromoplastlar – rangli tanachalar – hujayra sitoplazmasidagi sariq rangli pigmentlar.
Bularning rangi kartinoidlarga bog’liq
170.
Xromatin – DNK va yadro oqsillari hisoblangan gistonlardan tashkil topgan
nucleoprotein tolalar
171.
Xromosoma – hujayra yadrosidagi o’zidan ko’payadigan xromatin iplaridan hosil bo’lgan
yaxshi bo’yaluvchi donachalar. Ular DNK va oqsil molekulalaridan tashkil topgan
172.
Fotosintez – quyosh yorug’lik energiyasi ta’sirida yashil bargli o’simliklar
xloroplastlarida va ayrim mikroorganizmlarda anorganik (suv, karbonat angidrid) moddalardan
organic moddalarning hosil bo’lish jarayoni. Bunda atmosferaga erkin kislorod ajratiladi
Do'stlaringiz bilan baham: