Taqrizchilar:
R.Matkarimov, 0 ‘zDJTI “Og‘ir atletika” kafedrasi mudiri,
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
I.Morgunova, ToshDShI “ Jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri,
ISBN - 978-9943-362-31-4
№ 1511-6311
®«TAFAKKUR-BO‘STONI»
Mustaqil davlatimizning ertangi kuni, uning gullab-yashnashi va
rivojlanishi ko‘p jihatdan o‘sib kelayotgan avlodning sog‘lom b o ‘lishiga
bog‘liq.
Bu
esa
o‘z
navbatida
Vatanimizning
kelajagi
-
farzandlarimizning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol top ishi uchun
qulay sharoitlar yaratishni taqozo etadi.
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Islom
Karimov:
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi majlisidagi
ma’ruzasida «Biz sog‘lom avlodni tarbiyalab yetkazishimiz kerak.
Sogiom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki
sharqona axloq-odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan
insonni tushunamiz»,- deydi. “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis
etilganligi, xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkil qilinganligi ham
kelgusida sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalab yetkazishga xizmat
qiladi.
Qo‘lingizdagi qo‘llanmada jismoniy tarbiya fanining nazariy va
amaliy masalalari yoritib berilgan. Nazariy bo‘limda u yoki bu
mintaqaning o'ziga xos xususiyatlari, jismoniy tarbiya va sport tarixi,
respublikaning ju g‘rofik iqlim sharoitiga moslab qurilgan mavjud sport
inshootlari, yoshlami milliy sport o‘yinlariga o‘rgatish hamda ularda
zarur harakat ko‘nikmalari hosil qilib borish masalalari bayon qilingan.
Qo'llanmada nazariy ma’lumotlar bilan birga issiq iqlim
sharoitini inobatga olib, jismoniy tarbiya va sportning amaliy
mashg‘ulotlarini,
milliy
sport
turlarini,
bayram
marosimlarida
qo‘llanishini ko‘rsatib o‘tishga urinib ko‘rdik.
Kitobning maqsadi jismoniy tarbiya va sportni davlat dasturi asosida
yoshlarga jismonan tarbiya berish, talabalarda sport bo‘yicha amaliy
ko‘nikmalar hosil qilishda yengillik berib, ularning sport mahoratini
oshirish, shu bilan birga olgan bilim va ko‘nikmalarini tanlagan kasbi
bo‘yicha keyingi ish faoliyatida qo‘llashga o‘rgatishdir.
0 ‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport
to‘g‘risida”gi Qonuni (1992-yil 14-yanvar, 2000-yil yangi tahririyati).
0 ‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentini
mamlakatimiz aholisi sog‘ligiga bo'lgan g‘amxo‘rligidan va yoshlarimiz
salomatligiga bo‘lgan e’tibordan dalolat beradi.__ _
_
“0 ‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish
to 'g ‘risida',gi
farmon
0 ‘zbekiston yoshlarini sog‘lomlashtirishga
bo'lgan g ‘amxo‘rlikning yana bir namunasidir.
1993- yil 11- m artda 0 ‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va
sport institutida bo‘lib o ‘tgan respublikadagi shu soha faollarining
yig‘ilishida 0 ‘zbekistonda mazkur sohaning ahvoli va uni yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.
1993-yilning 14-15 mayida 0 ‘zbekiston Respublikasi oliy
o ‘quv muassasalari rektorlari, o‘rta maxsus maktablaming direktorlari,
jismoniy tarbiya kafedralari mudirlari, o'qituvchilari yig‘ilishib,
talabalar hamda o ‘quvchi yoshlar sog‘ligini mustahkamlash, jismoniy
tarbiya va sportni yoshlar hayotiga singdirish, turli kasalliklarning oldini
olish, yoshlarga sportning xohlagan turi bilan shug‘ullanishga sharoit
yaratib berish masalalarini ko‘rib chiqishdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yilning
mayidagi 271-sonli “0 ‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada
rivojlantirish
to ‘g‘risida”gi
qarori
(yangi
tahriri
2005-yilning
mayidagi.), hamda O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“0 ‘quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz
sport musobaqalari tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2003-yil 3-
iyunidagi 244-sonli Qarori, mamlakatda sog‘lomlashtirish va yuqori
malakali sportni rivojlantirishga, o‘quv maskanlarida.korxonalarda,
qishloqlarda
va
mahallalarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini
tashkillashtirishga e’tiborni yanada kuchaytirdi.
Mana shu va boshqa shunga o‘xshash amaliy tadbirlar “Sog‘lom
avlod uchun” dasturini bajarishga xizmat qilmoqda.
Q o‘llanmaning davlat tilida nashr etilishi o ‘zbek talaba yoshlari
orasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar sonining
ko‘payishiga, bu esa o ‘z navbatida talabalar sog‘ligini mustahkamlab,
mustaqil 0 ‘zbekistonning farovonligini oshirishga hissa qo‘shadi deb
umid qilamiz.
M uallif o‘quv q o‘llanmaning sifatini yaxshilashga qaratilgan
barcha
taklif va mulohazalarni
m am nuniyat
bilan qabul qiladi.
KIRISH
Jismoniy tarbiya 0 ‘zbekiston Respublikasi xalqlari milliy
madaniyatining ajralmas qismi, jismoniy va m a’naviy kamolotning
muhim vositasi bo‘lib, 0 ‘zbekiston Respublikasining xalqlari o ‘rtasida
do'stlikni mustahkamlash, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot ishiga xizmat
qiladi.
1991-
yilning
sentyabrida
0 ‘zbekiston
Respublikasi
mustaqillikka erishib, yangi demokratik davlat sifatida butun dunyoga
tanilgach, ta’lim bo‘yicha o‘quv muassasalarida ham keng miqyosda
iqtisodiy islohotlami amalga oshinshga kirishildi. Shu bilan birga
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan
Farmonlar Respublika aholisini sog‘lomlashtirish, xalq sog‘ligini
mustahkamlash uchun jismoniy tarbiya va sport katta vositaga aylanib
qoldi.
1992- yilning 14- yanvarida 0 ‘zbekistonda “Jismoniy tarbiya -'a
sport haqida”gi Qonun (yangi tahriri 2000- yilning 26- mayi) qaix.!
qilindi.
Shunga asosan Milliy Olimpiada Qo‘mitasi 1992- yilning ? !-
yanvarida tuzildi, va 1993- yil 17- sentyabrda Xalqaro Olimpia.' ,.
Qo‘mitasi 101-sessiyasida tan oldi. Shundan so‘ng respublika spo;
federatsiyalarini Osiyo va jahon federatsiyalari tan olib, o‘z tarkibiga
a ’zo qilib oldi. Shundan so‘ng 0 ‘zbekiston sportchilari Osiyo va jahon
birinchiliklarida, Olimpiada o‘yinlarida mustaqil ravishda 0 ‘zbekiston
bayrog‘i ostida qatnashish huquqiga ega bo‘ldilar.
1993- yildan boshlab har yili aprel
oyining uchinchi
yakshanbasi jismoniy tarbiya va sport xodimlarining kasbiy bayram
sifatida nishonlanadigan bo‘ldi.
0 ‘zbekiston
sportchilari
jahon
miqyosida
bo‘layotgan
musobaqalarda yuqori natijalarga erishmoqda. Masalan, 1991- yil
Manila (Filippin) shahrida shaxmat bo‘yicha bo‘lib o ‘tgan Olimpiada
o'yinlarida respublika shaxmat jamoasi a ’zolari jahonda kuchli
hisoblangan AQSh, Yugoslaviya, Angliya, Isroil jamoalarini ortda
qoldirib, Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. 1993- yilning
yanvarida Minsk (Belorus) shahrida sambochi-kurashchilarimiz jamoasi
jahon birinchiligida faxrli uchinchi o‘rinni egallashdi. 1993-yilning
fevralida Praga (Chexiya) shahrida muz ustida raqs bo‘yicha jahon
chempionatida hamyurtlarimiz A.Stervadu va Yu.Razgulyaevlar faxrli
uchinchi o ‘rinni egallashdi. Shu yili Avstriyaning poytaxtida va
Yaponiyada freystal bo'yicha jahon chempionatida Yelena Cheryazova
oltin medal sovrindori bo‘ldi.
O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil
fevralda chiqargan «Iqtidorli yoshlarni izlab topish va ularni tarbiyalash
to ‘g ‘risida»gi farmoni sportchilarga ham taalluqlidir.
1993- yilning
19- martida e’lon qilingan “0 ‘zbekiston
Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmon
davlatim iz rahbariyatining O ‘zbekiston yoshlarini sogMomlashtirishga
b o ‘lgan g ‘am xo‘rlikning yana bir namunasidir.
1993-
yilning 14-15- mayida 0 ‘zbekiston Respublikasi oliy
o ‘quv muassasalari rektorlari, kollejlaming direktorlari, jismoniy tarbiya
kafedra mudirlari va o‘qituvchilari yig‘ilishib talabalar hamda o ‘quvchi
yoshlar sog‘ligini mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sportni yoshlar
hayotiga singdirish, kasalliklarning oldini olish, yoshlarga sportning
o ‘zlari xohlagan turi bilan shug‘ullanishga sharoit yaratib berish
m asalalarini ko‘rib chiqishdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999- yil
27- mayidagi “0 ‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni
yanada rivojlantirish to‘g‘risida” hamda 2003-yil 3- iyundagi “O'quvchi
va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport
m usobaqalari
tizimini
tashkil
etish
to‘g‘risida”gi
qarorlarida
m aktabgacha o‘quv maskanlaridan boshlab mamlakat aholisining
sog‘ligini
saqlash
va
mustahkamlashga
e’tiborni
kuchaytirish
ta ’kidlangan.
Yuqorida zikr etilgan va boshqa shunga o‘xshash amaliy
tadbirlar “Sog‘lom avlod uchun” dasturini bajarishga xizmat qilib
kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |