Jismoniy tarbiya



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/199
Sana26.09.2021
Hajmi4,31 Mb.
#186229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   199
Bog'liq
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

Jismoniy  tarbiya  —  tushunchasi  keng  m a’noda  umumiy 
,,tarbiya“  tushunchasining  ichiga  kiradi.  Bu  esa,  jismoniy 
tarbiya,  boshqa  turdagi  tarbiyalar  singari,  pedagogika  jarayoni 
bo ‘lib,  umumiy  ko‘rinishi  bo‘yicha  (pedagogning  boshqaruvchi 
roli,  pedagogik  prinsiplar  bo'yicha  tarbiyachi  va  tarbiyalanuv- 
chilar  faoliyatining  mos  kelishi  va  h.k.)  hisoblanadi.  Jismoniy 
tarbiyaning  boshqa  tarbiyalardan  farqi  shundaki,  bu  jarayonda 
shug‘ullanuvchilar  harakat  ko‘nikmasi  va  malakalarini  hamda 
jismoniy  sifatlarini  rivojlantiradi,  bularning  birlashishi  esa, 
jamiyatning  jismoniy  salohiyatini  oshiradi.  Shuning  uchun 
jismoniy  tarbiyada  ikki  maxsus  tom oni  farqlanadi:  insonni 
sog‘liq  uchun  foydali  harakatlarga  o'rgatish  (harakat  faoliyati) 
va  jismoniy  sifatlarini  tarbiyalash.
11


Harakatlarga  o ‘rgatish  o ‘zini  asosiy  mazmuni  bilan  —  jis­
moniy  ma'lumotni  —  o ‘z  harakatini  boshqarishning  ratsional 
usullarini  izchil  ravishda  o'rganish  bilan  hayotda  kerak  bo ‘la- 
digan  harakat  ko‘nikmalari  hamda  shular  bilan  bog‘liq  boMgan 
bilimlar  fondini  egallashdan  iborat.  Jismoniy  tarbiyaning 
ikkinchi  tomoni  maqsadga  muvofiq  ravishda,  odamlarning 
harakat  qobiliyatlarini  yo‘naltirilgan  ravishda  rivojlantirishga 
qaratilgan  jismoniy  sifatlar  (kuch,  tezkorlik,  harakat  uyg‘un- 
ligi,  chidamlilik  va  h.k.)  ni  egallashga  ta ’sir  ko‘rsatishdir.
Shunday  qilib,  jismoniy  tarbiya,  umumiy  tarbiyaning  bir 
turi  bo ‘lib,  uning  maxsus  mazmuni  sog‘liq  uchun  foydali 
harakatlarga  o ‘rgatish  va  kishini  jismoniy  sifatlarini  tarbiyalash- 
dan  iborat.
Um um iy  pedagogik  tizimni  ratsional  tashkil  qilganda, 
jismoniy  tarbiyaning  maxsus  mazmuni  axloqiy,  estetik  va 
mehnat  tarbiyasi  bilan  uzviy  ravishda  bog‘liq  bo‘ladi.
Jismoniy  tarbiya  mana  shunday  bogMiqlikda  shaxsni  har 
tomonlama  tarbiyalashning  asosiy  oniili  sifatida  muhim  aha- 
miyatga  ega  bo‘Iadi.
„Jismoniy  tarbiya“  termini  bilan  oldin  eslab  o ‘tilgan  „jis­
moniy  tayyorgarlik“  termini  ham  qo‘llaniladi.  Bular  mazmuni 
b o ‘yicha  o ‘xshasa-da,  ikkinchi  termin,  jismoniy  tarbiyani 
mehnat  yoki  boshqa  faoliyatga  nisbatan  talab  qiluvchi  jismoniy 
tayyorgarlikni,  amaliy  yo‘nalishni  ko‘rsatish  uchun  ishlatiladi.
Jismoniy  madaniyat  —  erishilgan  umumiy  ishchanlikning, 
amaliy  harakatdagi  k o ‘nikma  va  malakalarning,  maqsadli 
faoliyatini  samaradorligiga  ta ’sir  ko‘rsatishi  b o ‘yicha  tashkil 
topgan  jismoniy  tayyorgarlik  natijasidir.
„Jism o n iy   ta rb iy a “  a tam asin i  „jism o n iy   m a d a n i y a t” 
atamasi  bilan  taqqoslaganda  ularning  bir-biri  bilan  cham- 
barchas  bog‘liqligini  ko ‘ramiz.  Lekin  bularni  bir-biri  bilan 
q o ‘shib  yuborish  yoki  birini  ikkinchisining  bir  qismi  deb 
qarash  no to ‘g‘ridir.
Chunki  jismoniy  madaniyat,  jismoniy  tarbiyaga  nisbatan, 
u n in g   qism i  em as,  balki  p ed ag o g ik   to m o n d a n   ta rb iy a  
tizimidagi  boyliklarni  yo‘naltirilgan  holda  ishlatish,  yoki  jis­
moniy  madaniyatdan,  pedagogik  tashkil  qilingan  jarayonda 
foydalanishdir.  Jismoniy  tarbiya  bu  yerda  jismoniy  madaniyat 
boyliklarini  katta  yoshdagi  avlod,  kichik  avlodga  berish  yo‘li 
hisoblanadi.  Bir  vaqtning  o ‘zida  bu  m adaniy  boyliklarni 
ko‘paytirish  yolidir,  chunki  yosh  avlod  faqatgina  ulargacha
12


b o ‘lgan  narsalarni  tushunib  olish  bilan  birga,  uni  rivoj- 
lantiradi,  yangi  ko‘rsatkichlarga  intiladi.
Sport  —  qisqa  m a ’noda  shaxsiy  musobaqa  faoliyati  deyilsa, 
keng  m a’noda,  shu  faoliyat  asosidan  kelib  chiqadigan  maxsus 
tayyorgarlik  hamda  uning  norma  va  yutuqlarini  o ‘z  ichiga  oladi.
Har  bir  fan  o ‘zining  aniq  ilmiy  va  o ‘quv  vazifasiga  ega 
boMadi.  Uni  o ‘rganish  predmeti,  obyekt  va  subyekt  qidiruvidan 
iborat  bo ‘ladi.  Fanni  o'rganish  jarayonida  to'plangan  natijalar 
m a’lum  tizimni  vujudga  keltirib,  maxsus  o ‘quv  fanini  tashkil 
qiladi.
Jismoniy  madaniyat  fanida  obyekt  izlanish  deyilganda  u 
yoki  bu  pedagogik  faktor  tushuniladi 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish