Sport — jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi
20
— jamiyat a ’zolarining salomatlik darajasi va jismoniy
tayyorgarligi;
— jismoniy tarbiya mashg'ulotlari moddiy-texnik jihatdan
ta ’minlanganligining ko‘lami va sifati;
— jismoniy tarbiya harakatiga rahbarlik qiluvchilar va
jamoatchi faollar;
— jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida eng yangi ilmiy-texnik
jihatdan yutuqlarini qo ‘llash darajasi;
— jamiyat a ’zolarining sport sohasidagi yutuqlari.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti fani,
uning o ‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqadorligi
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati o ‘quv fani
sifatida mutaxassislarni amaliy faoliyat jarayonida o ‘z oldiga
q o ‘ygan vazifalarni hal ctishlarida bilimlar bilan qurollanti-
radi.
Uning vujudga kelishi va rivqjlanishida alohida odamlar va
bir butun jamiyat tom onidan yaxshi jismoniy tayyorgarlik
zarurligini ongli ravishda tushunib yelildi. Bu ehtiyoj tabiat va
organizm o ‘sishi qonunlarini o ‘rganishga undadi, mehnatda va
harbiy ishda yuqori natijalarga erishisli uchun, odamning
jismoniy rivojlanishini boshqarishning asosiy yo‘li topildi.
Amaliyotning rivojlanishi asosida, nazariy bilimlar beruv-
chi maxsus fanlar vujudga keldi. Bu fanlami ikki guruhga
b o ‘lish mumkin:
1. Insonparvarlik ruhida (gumanitar) fanlar. Bu fanlar
jismoniy tarbiyaning ijtimoiy qonuniyatlarini o'rganadi (sotsio-
logiya, tarix va jismoniy madaniyatni tashkil etish, sport
psixologiyasi va boshqalar);
2. Biologik turkumdagi fanlar esa jismoniy tarbiya sha-
roitida organizm ning rivojlanish qonuniyatlarini o ‘rganadi
(dinamik anatomiya, fiziologiya, biokimyo va jismoniy mashq-
lar biomexanikasi va boshqalar).
Bu fanlar erishgan yutuqlar asosida, jismoniy tarbiya
qonuniyatlarining m a ’lumotlarini umumlashtirish bilan jismo
niy madaniyat nazariyasi sluig'ullanadi.
Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi jismoniy
tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini pedagogik jarayon sifatida
21
o ‘rganishga qaratilgan. Bu qonuniyatlar har qanday aholi
tabaqasining jismoniy tarbiyasiga taalluqlidir.
Jismoniy madaniyat uslubiyatining predmeti: jismoniy
tarbiyaning qonuniyatlarini o^rganish, shug‘ullanuvchilarning
yoshini hisobga olish, ularning kasb faoliyati, sport mutaxas-
sisligiga aniq yo‘naltirishdan iborat. Modomiki, jismoniy mada-
niyatni o ‘qitish uslublari ko‘p.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyatining uslubiy
asosi dialektik va evolutsion taraqqiyot qonunlaridir. Bu
amaliyotchilarga o ‘z harakat faoliyatlarini baholash, tahlil
qilish, rivojlanish qonuniyatlarini ochish, ilg‘or uslublarni
ishlab chiqish, o ‘rgatish usuli, umumlashtirish, jismoniy m a
daniyat ilg‘or tajribalardan foydalanish imkoniyatini beradi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubi sport — pedagogik
fanlar bilan cham barchas bo g ‘langan, nazariy to m o n d a n
ishlab chiqarilgan qonuniyatlarga tayanadi. Sport — pedagogik
tomondan erishilgan aniq m a’lumotlar keyinchalik nazariya-
ning umumlashtiruvchi predmeti bo‘lib qoladi.
Jismoniy tarbiya jarayonida umumiy pedagogik va psixologik
yutuqlari o ‘sib kelayotgan yosh avlodga ta ’lim va tarbiya berish
vazifalari amalga oshiriladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati mazm uni
quyidagi savollarga javob beradi: jismoniy madaniyat ijtimoiy
hodisa ekanligi; uning tarbiyaning boshqa sohalari bilan
aloqasi; maqsadi, jismoniy tarbiyaning um um iy vazifasi va
asoslari; mazmuni jismoniy madaniyat manbalarining tavsifi,
harakat faoliyatlariga o ‘rgatishning uslubiyat asoslari, usullari;
jismoniy sifatlarni rivojlantirish, jismoniy mashqlarga o ‘rgatish
jarayonining tarkibi, mashg‘ulotlarni tashkil qilish uslublari,
rejalashtirish va hisob, jismoniy m adaniyat uslubiyatining
xususiyatlari hamda maktab yoshigacha va maktab yoshidagi
bolalarning sport mashg‘uloti, jismoniy madaniyat nazariyasi
va uslubiyatida ko‘rib chiqiladigan masalalardir.
22
Jismoniy madaniyat o'zining qonuniyatlariga, rivojlanishiga,
tuzilishiga ega. Bularni bilish o'sib kclayotgan yosh avlodning
jismoniy tarbiyasini to ‘g‘ri amalga oshirish uchun zanjrdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |