Gigienik tarbiya.
Gigienik tarbiya nafaqat bola dunyoga kelganda so`ng,balki bola ona qornidaligida ona tomonidan gigienik qoidalariga rioya qilish yo`li bilan sog`lom bola dunyoga kelishini ta`minlaydi.
Qadim-qadim zamonlardan ham xalqimiz yoshlarga gigienik tarbiya asosida boshqa tarbiyalarni bargan.Gigienik tarbiyaning boshlang`ich uchog`i bu oila,shuning uchun ota-ona va uydagi boshqa kattalar bolalarda gigienik bilimlar shakllanishida namuna rolini o`ynashlari kerak.
Gigienik tarbiyaning boshlang`ich bosqichi va asosida shaxsiy gigiena e`leientlari yotadi.
Bolaning birinchi ongli faoliyatlaridan ana shu shaxsiy gigienik qoidalariga rioya qilish i muntazam o`rgatib borilsa bu keyinchalik bolalarda ma`lum bir tseriotinga aylanib turmush tarzi shakllanadi.
Bunda bolalarni birinchi kundan vaqtini to`g`ri taqsimlashga ,faol faoliyati va uyquni o`z vaqtida bajarishi,oqilona ovqatlanishga,o`z vaqtida yuvinish,kiyimlarni almashtirish, badan gigienasi, teri, soch, yuz,og`iz, bo`shlig`i gigienasi, tirnoq, qo`l gigienasi,oyoq kiyim va boshqa gigiena qoidalariga to`g`ri va o`z vaqtida o`rgatish bu kelajakdagi shu bola salomatlik darajasining garovi sanaladi.
Bolalarda birinchi kundan boshalab mana shu tarbiyalarning barchasi organizmda biror bir kasallikning kelib chiqisho`ini oldini olishga qaratilganligini tushuntirish zarur.
Bolalarni yaslisi va bog`chasini borganda tarbiyaning yangi turi umumiy gigiena turiga duch keladilar.Bunday o`tish davri bolalarda boshqa bir yangi muxitga o`tishi bilan qiyinroq kechadi.Bu erda shaxsiy gigienik ko`nikmalar asosida umumiy gigienik malaka va ko`nikmalar shakllana boshlaydi.Ana shu olgan ko`nikmalar uyda bo`zilmasdan, balkim mutsaxkamlanishi va mukammallanishi lozim bo`ladi.
Gigienik tarbiya asosida insonning onggi o`sadi,organizmdagi zararli ta`sirlarni o`rganadi va e`ng asosiysi “Moral”ni anglab oladi.
“Moral” bu inson faoliyatida keng ma`nodagi tushuncha-bu mehnatdagi marom, ovqatlanishdagi marom,yashash sharoitidagi marom,tashqi muxitdagi belgilangan maromlar yig`indisidir.Bolalar maktabga borganlarida yana bir yangi gigienik tarbiya iuxitiga tushadilar.Bunda ular ko`proq bu xolatlar bilan mutsaqil holda to`qnashadilar.Har bir sinfda tozalikka javobgar o`axs saylanadi.Ular har kun e`rtalab bolalarning qo`llarini, tirnoqlarini, yoqalari, kiyimlarining holatini va boshqa gigienik sifatlarini ko`zdan kechiradilar va sinfdagi gigienik xolatni ham saqlashga javob beradilar. Maktablarda maxsus gigienik darslar bo`yicha ma`lumotlar maxsus datsurlar asosida amalga oshiriladi. Bolalarga shaxsiy va umumiy gigienik talablarga rioya qilmaganda har xil yuqumli kasalliklar kelib chiqishi muntazam tushuntib borilishi kerak.Ms: soch yuvilmaganda,tirnoqlar o`tsirilganda,teri yuvilmaganda va boshqalar.Bolalarda barcha gigienik bilim va ko`nikmalarning shakllanishi-bu ularda o`ziga xos turmush tarzini shakllanishiga olib keladi.
Umumiy barcha gigienik ko`nikmalarga e`ga bo`lib unga hayotga rioya qilish , insonning umumiy tarbiyalanganligini yanada aniqroq ko`rsatadi.Demak gigienik tarbiya ham umumiy tarbiyaning ajralmas bir qismidir.
Sog`lom turmush tarzi va uning shakllanishida vrachlarning roli.
Aslida turmush tarzi-bu insonlarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida ular hayot faliyatining moddiy va ma`naviy tomonlarida ma`lum bir tip, turdagi yashash usuliga e`ga bo`lish tushuniladi.Bu xolat biz yuqorida aytgandek yoshlikdan shakllanib boradi.
Bolalarda turmush tarzining shakllanishi 4 ta kategoriyani o`z ichiga oladi:
1.Iqtisodiy kategoriya-/hayot darajasi/
2.Daromad
-uy-joy
-tibbiy xizmat
-ma`lumot darajasi/ota-onasining va b/
2.Ijtimoiy kategoriya /hayot sifati/
Bunda shu yuqorida keltirilgan kategoriyalarning sifat darajasi nazarda tutiladi.
3.Ijtimoiy psixologik /ruxiy/ hayot uslubi,tsil/-bu xususiy hayot faoliyatiga oid omillar.
4.Ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya-bunda jamiyat xayotining tartib,turmushi,madaniyati/xar joydagi o`z Xalqining shakllanishiga ta`sir e`tadi/.
VOZ/BDSTS/ sog`lom turmush tarzi uch muxim e`lemeentdan iborat deydi:
1.Jismoniy tarbiya va sport.
2.Oqilona ovqatlanish.
3.Har bir kishi o`z salomatligiga o`zi javobgar.
Yoshlarga gigienik tarbiya berib,ularga sog`lom turmush tarzini shakllantirishda albatta ularga turmush tarzining salomatlik uchun ahamiyatini aytish lozim.
Turmush tarzining salomatlikdagi ahamiyati 49-53% ni tashkil e`tadi./chekish,ichish, noto`g`ri ovqatlanish,zararli mehnatsharoiti, tsress,adinamiya, gipodinamiya, yomon moddiy turmush, narkamaniya, oila barqarorligi, yolg`izlik, ma`lumot va madaniyatining patsligi va boshqalar.
O`quvchilarni kasb tanlashga yunaltirish umumta`limning tarkibiy qismidir.Agar kasb to`g`ri tanlansa bu inson uchun mehnat quvonch, ijodiy ilxom manbaiga aylanadi. Bu jarayonda birinchi navbatda bolaning qobiliyati, salomatlik darajasi,ayniqsa bajaradigan ishiga nisbatan organlar sog`liq darajasiga katta e``tibor berish lozim.
Kasbga yunaltirish tizimi-shaxsgakasbniva uning shaxsiy sifatlarini o`rganishda yordam beruvchi maqsadlar,moxiyat va printsiplar,uslub va vositalar birligidir.
O`quvchini u yoki bu kasbga maqsadli yunaltirishdan avval uning shaxsini o`rganish lozim./so`raq, kuzatish,suxbat,tets, intervyu olish yo`llari bilan/ kasb tanlash-jiddiy va ma`suliyatli ishdir.Kasb tanlashda maktabdagi tashkil qilingan ko`pgina krujoklar ham asosiy o`rinni e`gallaydi./fan tugaraqlar,e`lektronika, radiotexnika, avtomabil,traktor,pillachilik, tikuvchilik va b/.Bu tadbirni amalga oshirish uchun maktabda proforientatsiya kengashlari to`zilgan.
Kengashga quyiladigan talablar.
1.O`quvchilarni faolligini, proferentatsiya ishini tashkil e`tishning ilmiy asoslarini e`gallashga intilishni shakllantirish.
2.Maktabdagi kasbga yunaltirish ishini o`quv ishlab chiqarish kombinati bazaviy korxona,madaniy muassasalar, o`quvchilar va yoshlar markazlari bilanmuvofiq lashtirishda proferentatsiya ishlarini rivojlantirish.
3.Kasbga yunaltirish ishlarini nazorat qilish .
Kengash ishlari.
1.Har xil kasb e`galari bilan uchrashuvlar tashkil qilish .
2.Maktabda profirentatsiya kabineti tashkil e`tish,uni jixozlash,rejasini tasdiqlaydi.
3.Kengash majlislarida o`quvchilar brigadasi ishlarini muxokama qilish .
4.Ota-onalar bilan aloqa o`rnatadi.
Kasbga yunaltirish buyicha maslaxatlar uyushtirish.tibbiy ko`rik,ota-onaning,oilaning roli,reklama, burchak tashkil e`tish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |