Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi



Download 0,62 Mb.
bet6/6
Sana09.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#761574
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5202113677959894914

Tezkor-kuch sifatlarni tarbiyalashning asosiy uslublariga quyidagilar mansubdir: tezkor-kuch mashqini og’irliksiz takroriy bajarish uslubi; Tezkor-kuch mashqini kichik va o’rta vazndagi uslub bilan takroriy bajarish uslubi, mushaklar ishining aralashgan (auksotonik) rejimida bajariladigan mashqlar uslubi.
Malakali yosh sportchilarda tezkor-kuch sifatlarini asosan, tezkor-kuch mashqlarini qo’llash yo’li bilan rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Bu mashqlarni bajarganda kuch mushaklarni qisqarish tezligi oshgani hisobiga maksimumga intiladi.
Chidamlilik insonni uzoq yuklangan holda va sport holati jarayonida ishni bajarishga bo’lgan qobiliyati bo’lib, sportchi organizmining harakat funktsiyasining muhim sifatlaridan biridir. Chidamlilik umumiy va maxsus bo’linadi. Umumiy chidamlilik bu sportchini nisbatan uzoq payt har qanday mushak ishini bajarish qobiliyatidir. Umumiy chidamlilik asosida maxsus chidamlilik rivojlanadi. Maxsus chidamlilik bu sportchini ma’lum sport faoliyati jarayonida toliqish, charchashga qarshi tura olish qobiliyatidir. Umumiy chidamlilik shug’ullanuvchining organizmiga jismoniy mashqlarning uzoq muddatli va odatda, intensiv bo’lmagan ta’siri tufayli shakllanadi. Maxsus chidamlilik esa sportchi ixtisoslashgan asosiy mashqni ko’p marotaba bajarish yo’li bilan rivojlanadi hamda bundan tashqari, maxsus mashqlar ham bajariladi. Maxsus chidamlilikni tarbiyalashning eng keng tarqalgan uslublari bu o’zgaruvchan, takroriy va intervaldir.
Chaqqonlik bu insonni o’z harakatlari bilan boshqara olish va harakat faoliyatini o’zgarayotgan vaziyat talabiga muvofiq, tez o’zgartira olish qobiliyatidir. Chaqqonlik koordinatsion jihatdan murakkab harakatlarni o’zlashtirish qobiliyatlarini tarbiyalash yo’li bilan rivojlanadi. Buning uchun yosh sportchi doimiy ravishda tobora yangi va xilma-xil harakat, ko’nikma va mahoratini o’zlashtirish lozim. Chaqqonlik xilma-xil jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish asosida rivojlanadi. Bular ichida ma’lum koordinatsiya, qiyinchilik va murakkabliklarini o’ziga kiritgan va yangilik unsuriga ega bo’lgan mashqlar alohida ahamiyatga ega. Bu maqsadda harakatchang va sport o’yinlaridan foydalanish hamda suvga sakrash, slalom va tashqi holat kutilmagan holda o’zgaradigan sharoitlarda bajariladigan boshqa jismoniy mashqlarni qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Egiluvchanlik – bu katta amplituda bilan bo’g’imlarda harakatlarni bajarish qobiliyatidir.
Bo’g’imlardagi yaxshi harakatchanlik sportning xilma-xil turlarida yuqori natijalarga erishish uchun zaruriy shartlardan biridir. Yetarli darajada bunday sifatga ega bo’lgan sportchi tezlik-kuchi va uddaburonligini tejamkorroq qo’llaydi, tezroq ratsional sport texnikasini o’zlashtiradi. Bo’g’imlardagi harakatchanlikning etishmovchiligi ba’zi bir texnik uslublarni qo’llashga halaqit beradi va samarasizlarni qo’llashga majburlaydi. Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun maxsus vositalar sifatida tortilishga mashqlar qo’llaniladi, ularni bajarish jarayonida harakatlar amplitudasi mazkur mashg’ulotda imkoniyatli bo’lgan chegaraga qadar asta-sekin kattalashadi, tortilishga, cho’zilishga mashqlar aksariyat hollarda asosiy va yordamchi gimnastikaga oid murakkab bo’lmagan harakatlar bo’lib, ular u yoki bu mushaklar guruhiga yoki bog’lovchi apparatga ta’sir qiladi, ular koptoklar, gantellar, amortizator va boshqa buyumlar bilan hamda gimnastik devorda va boshqa snaryadlarda hamda hamkor bilan birgalikda bajarilishi mumkin.
Nazorat savollari
1.Yosh sportchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib boorish kim tomonidan amalga oshiriladi?
2. Yosh sportchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borishning asisiy vositalari deganda nimalarni tushinasiz?
3.Sport musobaqalarining pedagogik ahamiyati nimalardan iborat?
4.Sport mashgulotlari jarayonida intelektual fkrlashga o’rgatishning asosiy maqsadi nimalardan iborat?


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish